O‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim va uning mohiyati




Download 1,43 Mb.
bet19/63
Sana13.05.2024
Hajmi1,43 Mb.
#228404
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   63
Bog'liq
Majmua 4-k Ona tili va o`qish sav.2023 (1)

O‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim va uning mohiyati.
O‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limda dars shakli
Hozirgi vaqtda taʼlim-tarbiya jarayonida pedagogik innovatsiyalarni keng koʻlamda qoʻllash jahon taraqqiyotining global tendensiyasi hisoblanadi. Pedagogik innovatsiyalar koʻlamining ortib borishi, mamlakatda modernizatsiya jarayoni tez surʼatlar bilan rivojlanayotgan ayni davrda taʼlim sohasiga yangiliklarni tizimli ravishda kiritishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ammo koʻplab pedagogik innovatsiyalarning yaratilayotganiga qaramay, taʼlim jarayonlariga oʻqitishning yangi mazmun, shakl, metod va vositalarini tatbiq etish boʻyisha pedagogik tadqiqotlarni joriy etish darajasini hozircha yetarli deb boʻlmaydi.
Darhaqiqat, yangilangan taʼlim tizimini joriy etishda har bir oʻqituvchining oʻz faniga va barkamol avlod taʼlim-tarbiyasiga oid yangiliklarni muntazam oʻrgana borib, ularni oʻz mehnat faoliyatida izshil qoʻllay bilish mahoratiga ega boʻlishi bugungi kunning muhim talabidir. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oʻqituvshi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida shunday deb ta’kidladi: “Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kush ham bu – ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorugʻ istiqboli, birinshi navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarshas bogʻliq. ... Shuning ushun ham keyingi yillarda yurtimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, yangi Oʻzbekistonni yaratish maqsadida barsha sohalar qatori ta’lim tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda.” Shuningdek, bu nutqida Prezidentimiz 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonun va u orqali ta’lim sohasida amalga oshiriladigan vazifalar haqida toʻxtaldi, oʻqituvchilarga mualliflik dasturi va oʻqitish uslublarini joriy qilish, zamonaviy oʻqitish uslublarini erkin tanlash huquqi berilganini ta’kidladi.
Novatorlikka qiziqish uygʻotish, yangilik yaratishga intiluvchan shaxsni tarbiyalash ushun taʼlimning oʻzi yangiliklarga boy boʻlishi, unda ijodkorlik ruhi va muhiti hukm surishi lozim. Ana shunday dolzarblikdan kelib chiqqan holda, bugungi kunda pedagogikaning mustaqil sohasi – pedagogik innovatsiya jadallik bilan rivojlanib bormoqda.



Download 1,43 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   63




Download 1,43 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim va uning mohiyati

Download 1,43 Mb.