|
Milliy oʻquv dasturida “Ona tili va oʻqish savodxonligi”” fanidan qoʻyiladigan malaka talablar
|
bet | 16/63 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #228404 |
Bog'liq Majmua 4-k Ona tili va o`qish sav.2023 (1)Milliy oʻquv dasturida “Ona tili va oʻqish savodxonligi”” fanidan qoʻyiladigan malaka talablar.
Yuqoridagi jadvalda berilganlarga qoʻshimsha izohlar shunday:
Milliy oʻquv dasturi (MOʻD) dagi malaka talablari bilan mosligi. Bunda har bir dars mohiyatidan kelib shiqqan holda jadval koʻrinishida malaka talablari ajratib berilgan. Jadvalda quyidagi qisqartmalardan foydalanilgan:
OTOʻS - ona till va oʻqish savodxonligi.
ON - ogʻzaki nutq.
YN - yozma nutq.
LK - lingvistik kompetensiya.
Har bir nutqiy mavzu boshida uning maqsadi berilgan.
Har bir darsning boshida uning maqsadi berilgan.
Vosita.
Dars jarayoni.
Dars - ijodiy jarayon. Darslarda oʻquvchilarning ijodiy faoliyati qancha taraqqiy yettirilsa, ular oʻz oldiga qoʻyilgan aqliy vazifalarni shuncha qiynalmasdan bajaradilar. Bola topshiriqlarni ishlash sirlarini oʻrganib borgan sari, unda ijodiy fikr yuritish qobiliyati shakllana boradi. Ijodiy fikr yuritish oʻquvchilarda yevristik layoqatni oʻstiradi.
Darsning maqsadi, mazmuni, hajmi ta’lim standartlari (o‘quv dasturi, reja, darslik) asosida belgilanadi. O‘qituvchi uchun dars o‘quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli yekan, o‘qituvchi bu jarayonda quyidagilarga amal qilishi shart:
Har bir sinf yoki guruhda o‘quvchilarning yoshi va bilim darajasi bir xil bo‘lishiga.
Dars qat’iy jadval bo‘yicha belgilangan aniq muddatda olib borilishiga.
Dars o‘qituvchi rahbarligida butun sinf yoki guruh bilan va alohida o‘quvchilar bilan ishlash shaklida olib borilishiga.
4. Dars o‘quv fanining xarakteri, o‘tilayotgan materialning mazmuniga qarab turli usullar va vositalar yordamida olib borilishiga va uzluksiz ta’lim tizimining bir qismi sifatida tugallangan bilim berishiga va navbatdagi bilimlarni o‘zlashtirmoq uchun zamin yaratishiga qattiq rioya qilishi shart.
Dars – ta’limning asosiy shakli yekan, u ilmiy, tizimli, tushunarli, ongli va faol bo‘lishi, bilimlar mustahkam o‘zlashtirilishi, o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlari ye’tiborga olingan holda tashkil yetilishi shart.
Darsga qo‘yiladigan pedagogik tafakkur talablaridan kelib chiqib, psixologiya, fiziologiya, psixolingvistika tavsiyalariga asoslanib quyidagi umumiy talablar qo‘yiladi:
1. Ta’limiy talab. Har bir dars o‘quvchiga ona tili predmeti yuzasidan (boshlang‘ich sinfda savod o‘rgatish darslari, o‘qish darslari, ona tili darslari ona tili predmeti atamasi ostiga birlashtirilgan) dastur talablariga muvofiq bilim berishi lozim.
2. Tarbiyaviy talab. Har bir dars mavzusi, darslikdagi o‘quv materiali va o‘qituvchi tomonidan mavzuni mustahkamlashga xizmat qiladigan qo‘shimcha o‘quv materiallari mazmunidan kelib chiqib o‘quvchilarga ma’naviy-axloqiy tarbiyalar singdiriladi.
3. Didaktik talablar. Dars o‘qituvchi va o‘quvchilarning ijodiy faoliyat shakli bo‘lib, u keng ko‘lamli va serqirra pedagogik hodisa bo‘lganligi uchun ham unga quyidagi didaktik talablar qo‘yiladi: 1) darsning maqsadi va vazifalarini aniq belgilash; 2) darsning turini va shaklini belgilash; 3) darsning vositalarini aniqlash; 4) darsda foydalaniladigan jihozlar, texnik vositalarni tanlash; 5) o‘quvchilarning mavzuni tushunib olishlarini ta’minlovchi o‘quv materiallari ustida ishlash metod va usullarini tanlash; 6) o‘quvchilarning bilimini nazotar qilish va baholash shakllarini aniqlab olish.
“Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsliklari tuzilishi va mazmun-mundarijasi.
Keyingi paytlarda dars va uning tashkiliy qurilishida katta oʻzgarishlar yuz berdi. Juda koʻp olimlar, metodistlar, ilgʻor oʻqituvchilar mahalliy va markaziy matbuot sahifalarida dars qurilishini takomillashtirish, ta’limda oʻquvchilarning ijodiy faolligini oshirish toʻgʻrisida gʻoyat qimmatli fikrlar bildirmoqdalar.
Zamonaviy dars jarayoni ush qismdan iborat: kirish, asosiy qism va xulosa.
Kirishda mavzuga oʻquvshini olib kirish ushun yoʻriqnoma berilgan boʻlib, buni qat‘iy xulosa sifatida qabul qilish kerak yemas, ya'ni bu tavsiyaviy xarakterga yega.
Asosiy qismda mavzu mohiyatini oshishga qaratilgan savollar, mashq va topshiriqlar ustida ishlashga oid metodik tavsiyalar berilgan.
Xulosa qismida oʻquvshilarni ragʻbatlantirish va baholash, darsni xulosalash, keyingi mavzuga oʻtishga qaratilgan tavsiyalar keltirilgan.
Ona tili va oʻqish savodxonligi ushun 1-sinfda 128 soat ajratilgan. Dasturning II boʻlimi “Tabiat ne’matlari” deb nomlanadi va bu boʻlim materiallarini oʻrganishga 24 soat moʻljallangan. Boʻlim materiallari asosida ham 1-sinf oʻquvshilari tovush va harf ustida ishlaydilar.
|
| |