• Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining boshqa fanlar bilan aloqasi.
  • Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari




    Download 1,43 Mb.
    bet1/63
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #228404
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
    Bog'liq
    Majmua 4-k Ona tili va o`qish sav.2023 (1)


    Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari.
    “Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” fanning asosiy maqsadi talabalarni innovatsion ta’lim texnologiyalari, o‘qitishning innovatsion shakl, metod va vositalari bilan tanishtirish orqali ularda boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini zamonaviy yondashuv va innovatsiyalar asosida tashkil qilish bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishdir.
    Fanning vazifasi esa bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida innovatsion xarakterga ega pedagogik faoliyatni tashkil etish; ona tili va o‘qish savodxonligini o‘qitish jarayonini samarali tashkil etishda turli innovatsion ta’lim texnologiyalaridan o‘rinli va maqsadli foydalanish ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi yutuqlarini amaliyotda qo‘llashga o‘rgatishdan iboratdir.
    Mazkur fan boʻlgʻusi pedagog kadrlarni zamonaviy innovatsion ta’lim texnologiyalarining tashkiliy, texnik va didaktik imkoniyatlaridan xabardor boʻlishlari, ta’lim amaliyotida oʻqitishning innovatsion texnologiyalaridan foydalanish, kompetentlik sifatlari va kreativlik qobiliyatini izchil rivojlantirib borish koʻnikma-malakalarini hosil qilish uchun sharoit yaratib qolmay, kasbiy faoliyatda ulardan samarali foydalanish borasidagi malakalarining mustahkamlanishini ham ta’minlaydi.
    Fan doirasida talabalar innovatsion ta’lim texnologiyalarining mohiyati, nazariy asoslari, samarali shakl, metod va vositalari bilan tanishadi, kasbiy faoliyatda pedagogik texnologiyalarni samarali, maqsadli qoʻllash malakalariga ega boʻladi, ta’lim jarayonini oqilona loyihalashtirishga doir tajribalarni egallab boradilar. Shuningdek, talabalar pedagogik innovatsiyalarni asoslash, yaratish va amaliyotga samarali tatbiq etish yoʻllaridan xabaror boʻladilar, innovatsion xarakterga ega mualliflik dasturlarini ishlab chiqish malakalarini muvaffaqiyatli oʻzlashtiradi. Bu esa oʻz navbatida oʻqitish jarayonida talabalarning faolliklarini ta’minlash, ta’lim sifatini yaxshilash, samaradorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
    Ta’kidlash joizki, jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalarini oʻrganish, mahalliy shart-sharoit, iqtisodiy va intellektual resurslarni inobatga olgan holda jamiyat hayotining barcha sohalarida tub islohotlarning amalga oshirilayotganligi yangidan-yangi yutuqlarga erishishni ta’minlamoqda. Turli sohalarda yoʻlga qoʻyilayotgan xalqaro hamkorlik garchi oʻz samarasini berayotgan boʻlsa-da, biroq milliy mustaqillikni har jihatdan mustahkamlash, erishilgan yutuqlarni boyitish, mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etish jamiyat a’zolaridan alohida fidokorlik, jonbozlik, shijoat va qat’iyat koʻrsatishni talab etmoqda.
    Ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiya sohalarining mavjud taraqqiyoti zamonaviy jamiyat qiyofasini belgilab bermoqda. Zamonaviy jamiyatning eng muhim xarakterli jihati uning barcha sohalarida globallashuvning koʻzga tashlanayotganligidir.
    Globallashuv oʻz-oʻzidan tezkor harakatlanish, zarur axborotlarni zudlik bilan qoʻlga kiritish, ularni qayta ishlash va amaliyotga samarali tatbiq qilishni taqozo etadi. Bu tarzda harakatlanish imkoniyatiga oʻz sohasining bilimdoni boʻlgan, kasbiy malakalarni yuqori darajada egallay olgan, boy tajriba va mahoratga ega kadrlargina ega boʻladilar. Shunday ekan, oliy ta’lim muassasalar (OTM)ida kadrlarni tayyorlash jarayonida davrning mazkur talabini inobatga olish maqsadga muvofiqdir.
    Boʻlgʻusi boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining intellektual salohiyatini oshirish, dunyoqarashlarini boyitishda ularni innovatsion ta’lim texnologiyalari, oʻqitishning yangi, innovatsion shakl, metod va vositalari bilan tanishtirish, pedagoglarda kasbiy kompetentlik sifatlari va kreativ qobiliyat mohiyati bilan yaqindan tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtayi nazardan “Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” fanining oʻqitilishi dolzarb hisoblanadi.

    Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining boshqa fanlar bilan aloqasi.


    “Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” fani oʻquv rejasidagi “Ona tili nazariyasi va amaliyoti”, “Ona tili oʻqitish metodikasi”, “Boshlangʻich ta’limda bolalar adabiyoti” hamda bilan uzviy aloqadorlikda olib boriladi.
    Ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiyaning jadal rivojlanishi jamiyat hayotining barcha sohalarida taraqqiyotining yangi istiqbollarini ochib berdi. Insoniyatning davlat va jamiyat qurilishiga doir asriy tajribalari ijtimoiy munosabatlarni yangicha yondashuvlar asosida tartibga solish borasidagi ilgʻor yondashuvlarning qaror toptirilishiga olib keldi. Mazkur yondashuvlarning mohiyati soʻnggi yillarda umumiy tarzda “modernizatsiyalash” tushunchasi yordamida ifodalanib kelinmoqda.
    Modernizatsiya (ingl. “modern” – zamonaviy, ilgʻor, yangilangan) – obyektning yangi talablar va me’yorlar, texnik koʻrsatmalar, sifat koʻrsatkichlariga mos ravishda yangilanishi sanaladi. Odatda modernizatsiya jarayonida mashinalar, dastgohlar, ishlab chiqarish qurollari hamda texnologik jarayonlar yangilanadi. Biroq ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiyalarning rivoji tufayli jamiyat ham rivojlanishning muayyan bosqichidan yanada takomillashgan bosqichga oʻtadi. Falsafiy talqinda ifoda etganda miqdor oʻzgarishlari tub sifat oʻzgarishlariga aylanadi.
    Ijtimoiy modernizatsiya jamiyatning ijtimoiy tizimdan ochiq fuqarolik jamiyatiga aylanishini anglatadi. Ushbu turdagi modernizatsiya negizida jamiyatning ijtimoiy qatlamlarida umumiy yoki xususiy xarakterdagi yangilanishlar sodir boʻladi. Jumladan, ta’lim sohadagi yangilanishlar ham shular jumlasidandir.
    Boʻlgʻusi boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining intellektual salohiyatini oshirish, dunyoqarashlarini boyitishda ularni innovatsion ta’lim texnologiyalari, oʻqitishning yangi, innovatsion shakl, metod va vositalari bilan tanishtirish, pedagoglarda kasbiy kompetentlik sifatlari va kreativ qobiliyat mohiyati bilan yaqindan tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtayi nazardan “Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” fanining oʻqitilishi dolzarb hisoblanadi.
    Ta’kidlash joizki, jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalarini oʻrganish, mahalliy shart-sharoit, iqtisodiy va intellektual resurslarni inobatga olgan holda jamiyat hayotining barcha sohalarida tub islohotlarning amalga oshirilayotganligi yangidan-yangi yutuqlarga erishishni ta’minlamoqda. Turli sohalarda yoʻlga qoʻyilayotgan xalqaro hamkorlik garchi oʻz samarasini berayotgan boʻlsa-da, biroq milliy mustaqillikni har jihatdan mustahkamlash, erishilgan yutuqlarni boyitish, mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etish jamiyat a’zolaridan alohida fidokorlik, jonbozlik, shijoat va qat’iyat koʻrsatishni talab etmoqda.
    Ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiya sohalarining mavjud taraqqiyoti zamonaviy jamiyat qiyofasini belgilab bermoqda. Zamonaviy jamiyatning eng muhim xarakterli jihati uning barcha sohalarida globallashuvning koʻzga tashlanayotganligidir.
    Globallashuv oʻz-oʻzidan tezkor harakatlanish, zarur axborotlarni zudlik bilan qoʻlga kiritish, ularni qayta ishlash va amaliyotga samarali tatbiq qilishni taqozo etadi. Bu tarzda harakatlanish imkoniyatiga oʻz sohasining bilimdoni boʻlgan, kasbiy malakalarni yuqori darajada egallay olgan, boy tajriba va mahoratga ega kadrlargina ega boʻladilar. Shunday ekan, oliy ta’lim muassasalar (OTM)ida kadrlarni tayyorlash jarayonida davrning mazkur talabini inobatga olish maqsadga muvofiqdir.



    Download 1,43 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




    Download 1,43 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari

    Download 1,43 Mb.