• Innovation
  • Innovatsiya va innovatsion ta’lim tushunchasining mohiyati




    Download 1,43 Mb.
    bet8/63
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #228404
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63
    Bog'liq
    Majmua 4-k Ona tili va o`qish sav.2023 (1)

    Innovatsiya va innovatsion ta’lim tushunchasining mohiyati.
    Innovatsiya mavjud boʻlgan narsani takomillashtirish, muammoni hal qilish yoki faoliyatni osonlashtirish uchun avvalgi bilimlarga asoslanib, taraqqiyot gʻoyasi va yangi usullarni izlash bilan bogʻlash uchun ishlatiladi. Shu jihatdan mavzuga kirishishdan oldin «innovatsiya» soʻzining ma'nosiga biroz toʻxtalishni lozim topdik.
    Innovatsiya” atamasi lotincha “novatio” so‘zidan olingan bo‘lib, “yangilanish” (yoki “o‘zgarish”), “in” qo‘shimchasi esa lotinchadan “yo‘nalishida” deb tarjima qilinadi, agar buni yaxlit “Innovatio” ko‘rinishida tarjima qilsak – “o‘zgarishlar yo‘nalishida” deb izohlanadi.
    Lugʻaviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. “Innovatsiya” tushunchasi mazmunan aniq holatni ifodalaydi. “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da koʻrsatilishicha, innovatsiya quyidagicha mazmun va tushunchalarga ega: “Innovatsiya (ingl.“innovationas” – kiritilgan yangilik, ixtiro) – 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablagʻlar; 2) ilmiy-texnika yutuqlari va ilgʻor tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qoʻllanishi”.
    Innovation tushunchasi birinchi bo‘lib XIX asrning ilmiy tadqiqotlarida paydo bo‘ldi. “Innovatsiya” tushunchasi o‘zining yangi hayotini “innovatsion kombinatsiyalar”ni tahlil qilish, iqtisodiy tizimlarning rivojlanishidagi o‘zgarishlar natijasida XX asrning boshida avstriyalik va amerikalik iqtisodchi Y. Shumpeterning ilmiy ishlarida boshlagan. Shumpeter 1900-yillarda iqtisodda ushbu terminni ilmiy qo‘llashga kiritgan dastlabki olimlardan edi.
    Innovatsiyaga har qanday turdagi yangilik sifatida emas, balki mavjud tizimning samaradorligini jiddiy ravishda oshiradigan omil sifatida qarashimiz lozim. Keng tarqalgan yanglish fikrlashlarga qaramasdan innovatsiyalar kashfiyotlardan farq qiladi

    Download 1,43 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63




    Download 1,43 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovatsiya va innovatsion ta’lim tushunchasining mohiyati

    Download 1,43 Mb.