|
Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari
|
bet | 6/63 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #228404 |
Bog'liq Majmua 4-k Ona tili va o`qish sav.2023 (1)4 “K” modeli mohiyati.
4 “K” modeli
1. Kritik (tanqidiy) fikrlash (Critical Thinking); 2. Kreativlik (ijodiy yondashuv) (Creativity); 3. Kommunikatsiya (Communication); 4. Kooperatsiya (Coordinating With Others).
4K ko‘nikmalar
Tanqidiy fikrlash
- tahlil – topshiriqni alohida kichik vazifalarga bo‘lish, masalalarni yechishning yakuniy algoritmlarini yaratish qobiliyati;
- baholash – kirish va chiqish ma’lumotlarining sifati va muvofiqligini baholash qobiliyati;
- tushuntirish – o‘z nuqtayi nazarini dalillash, mantiqiy-bog‘liq izchil matnlar qurish;
-maqsadlarni belgilash – erishish mumkin bo‘lgan maqsadlarni to‘g‘ri shakllantirish, zarur ma’lumotlarni va uning yetarliligini aniqlash, shu asosda mustaqil xulosalar chiqarish qobiliyati;
-o‘zini boshqara bilish – o‘z-o‘zini tekshirish, xulosalarni tuzatish va mulohaza yuritish (refleksiya);
-modellashtirish – amaliy vaziyatni sifatli tahlil qilish va vazifalarni hal qilish uchun vaziyatni mavhum modeli bilan almashtirish qobiliyati;
-o‘rganilayotgan predmetga turli nuqtalyi nazardan qarash amaliyoti;
-kuzatish va o‘lchovlarni rejalashtirish va amalga oshirish amaliyoti;
-muammolarni hal qilish malakalarini rivojlantirish;
-dalillarni ajrata olish, ularni shakllantirish va baholash qobiliyati;
-strategik fikrlash.
Kreativlik (Ijodkorlik) ko‘nikmasi
-qiziquvchanlik – tevarak-atrofdagi olamga qiziqish va u haqida ko‘proq bilishga intilish, dunyo obyektlari o‘rtasidagi sabab-natija munosabatlarini aniqlash, axborotni mustaqil izlash va o‘z savollariga javob topish qobiliyati;
-tasavvur – ko‘plab original va nostandart g‘oyalarni ishlab chiqish qobiliyati;
-optimallashtirish – maqsadga tez va samarali erishish uchun bir nechta usullarni solishtirish qobiliyati;
-g‘oyalarni rivojlantirish – g‘oyalarni turli nuqtayi nazardan baholash, ularning kuchli va zaif tomonlarini izlash, o‘zgaruvchan sharoitlarda va yangi ma’lumotlarning paydo bo‘lishida o‘z faoliyatini tezda qayta qurish qobiliyati.
Muloqot qilish ko‘nikmasi
-muloqotdan cho‘chimaslik va muloqotni uyushtira bilish qobiliyati, savollar berish va ularga javob berishga tayyorlik.
-muloqot maqsadi va mazmuniga, shuningdek, suhbatdoshga moslashish qobiliyati;
-muloqotchanlik maqsadlariga erishishda verbal va noverbal vositalardan foydalanish qobiliyati;
-muloqot qoidalari ma’nosini tushunish va ishonch darajasini oshirish;
-boshqa odamlarning fikrini tinglashni o‘rganish;
-o‘zining ijobiy obrazi shakllanishini ta’minlash;
-o‘z fikr va his-tuyg‘ularini ifodalash amaliyoti;
-taqdim etish, qabul qilish va qayta aloqani aks ettirish amaliyoti;
-o‘z fikrlari va mulohazalarini aniq dalillash amaliyoti;
-katta va kichik jamoada boshqalar bilan ishlash amaliyoti.
Jamoaviy ishlash ko‘nikmasi
-umumiy maqsadlarni o‘z maqsadidek qabul qilish qobiliyati, ularga erishish uchun birgalikda harakat yo‘nalishini qurish qobiliyati;
-ijtimoiy o‘zaro ta’sir, ya’ni umumiy maqsadlarni muhokama qilish, muzokaralar olib borish, o‘z harakatlarini boshqa odamlarning harakatlari bilan muvofiqlashtirish;
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari
|