• Tayanch tushunchalar
  • -mavzu: Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida didaktik o‘yinli texnologiyalardan foydalanish




    Download 1,43 Mb.
    bet24/63
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #228404
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63
    Bog'liq
    Majmua 4-k Ona tili va o`qish sav.2023 (1)

    9-mavzu: Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida didaktik o‘yinli texnologiyalardan foydalanish
    Reja:

    1. O`yin texnologiyalairi va ularning zamonaviy ta’lim jarayonidagi o`rni.

    2. Oyin texnologiyalarining turlari.

    3. Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida didaktik o‘yinli texnologiyalardan foydalanish.

    4. Fonetik-grafik, grammatik tushunchalarni shakllantirishda didaktik o‘yinlardan foydalanish.

    Tayanch tushunchalar: o’yin, o’yin qoidalari, o’yin texnologiyalarining 
    didaktik mohiyati, didaktik o’yinlar, rolli o’yinlar, ishbilarmonlik o’yinlari.

    Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim turlari orasida o’yinlari ham muhim o’rin tutadi. Ularning mohiyatini to’la anglab olish uchun “o’yin” va “o’yin texnologiyalari” 


    tushunchalarining mazmunidan xabardor bo’lish talab etiladi. Kishilik tarixiy taraqqiyotining barcha davrlarida ham o’yin sub’ekt faoliyatining eng birinchi va muhim turi sifatida tan olingan. Binobarin, shaxs faoliyatining muhim turlari – mehnat, o’qish bilan birga o’yin ham uning shakllanlanishi va 
    rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. O’yinlar vositasida katta avlod tomonidan to’plangan hayotiy tajriba, o’zlashtirilgan bilim, turmush tarzi va ijtimoiy munosabat asoslari, madaniy qadriyatlar yosh avlodga izchil uzatib kelingan.
    O’yin shaxsning tarbiyalash, rivojlantirish, unga ta’lim berish xususiyatlariga ega. Mavjud xususiyatlari tufayli o’yinlar qadim-qadimdan xalq pedagogikasining muhim asoslaridan 
    biri bo’lib kelmoqda. Bevosita o’yinlar bolalarda idrok, sezgi, 
    xotira, tafakkur, nutqni rivojlantirishga yordam berish orqali 
    ularni ma’naviy-axloqiy, aqliy, jismoniy va estetik jihatdan 
    tarbiyalashga xizmat qiladi. “Maktabgacha yoshdagi bola o’yin 
    faoliyatida o’qish va mehnatga tayyorlanadi. Yosh ulg’aygan sari 
    O’yin – kishilik faoliyatining muhim turi hamda ijtimoiy
    munosabatlar mazmunining bolalar tomonidan imitatsiyalash
    (ko’chirish, taqlid qilish) asosida o’zlashtirish shakli. o’yinning roli biroz kamayib boradi. O’yinlarning tarbiyaviy 
    ahamiyati bolaning butun hayoti davomida saqlanib qoladi”. Agarda jismoniy xatti-harakatlarni rivojlantirishga xizmat 
    qiladigan o’yinlar bolalarda chaqqonlik, epchillik, chidamlilik, 
    qat’iylikni tarbiyalasa, intellektual, konstruktsiyali o’yinlar 
    ularni o’ylashga, fikrlashga, mantiqiy tafakkur yuritishga o’rgatadi.
    “O’yin inson hayotining hayotining har bir davri uchun uning 
    ruhiy rivojlanishini belgilovchi etakchi faoliyat turi hisob-
    lanadi. Faqat o’yinda va o’yin orqali bola voqelikni, shu 
    jumladan, kishilar ijtimoiy munosabatlarini, hulqini, xatti-
    harakatlarini bilib oladi”.
    Tarixiy taraqqiyot jarayonida o’yin nafaqat bolalar, balki 
    kattalar hayotidan ham alohida o’rin egallashga muvaffaq bo’lindi. 
    Zamonaviy sharoitda intellektual, kompyuter, iqtisodiy, har-
    biy, kasbiy, sport va maishiy hodiq chiqarishga ko’maklashadigan 
    o’yin modellari ham kattalar orasida keng ommalashgan.
    Zamonaviy pedagogikada o’yinlar ta’lim jarayonining 
    samaradorligini oshirish, ta’lim oluvchilarning o’quv-bilish 
    faolligini kuchaytirish maqsadida quyidagi tarzda qo’llaniladi: 
    – tushuncha, mavzu va alohida bo’lim mohiyatini o’zlashtirishda 
    alohida texnologiya sifatida; 
    – pedagogik texnologiyalarning elementi sifatida; 
    – o’quv mashg’uloti shakli yoki uning bir qismi sifatida; 
    – sinf (auditoriya)dan tashqari ishlardan biri (“Zakovat”, 
    “Bilimon”, “Huquq fani bilimdoni” va b.) sifatida boshqarish, o’z imkoniyatlarini amalga oshirishan iborat asosiy ehtiyojlarni qondirish imkoniyatini yaratadi.
    O’yin ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirish va qayta yaratishga yo’nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi hamda o’yin jarayonida shaxsning o’z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.
    O’quv faoliyatining asosiy motivi – bu o’quv-bilish motivi 
    bo’lsa, o’quv faoliyatining eng muhim motivatsiyasi esa talabada o’zi 
    tanlangan va asoslarini o’zlashtirayotgan kasbga bo’lgan qiziqishi 
    sanaladi. Talaba o’quv jarayonidagi egallagan bilimlaridan, 
    kasbiy malakalari va ko’nikmalaridan hissiy jihatdan qoniqa 
    olishi lozim. Bu vazifani hal qilishda o’qitish jarayonida 
    o’yinli texnologiyalardan foydalanish alohida ahamiyat kasb 
    etadi. O’yinli texnologiyalari, shuningdek, talabalarning ijodiy 
    qobiliyati va kreativ tafakkurini o’stiradi. 
    Pedagogik maqsadda foydalanilayotgan o’yinlar o’yin texnologiyalari deb nomlanadi. 
    O’yin texnologiyalari ta’lim oluvchilarni muayyan jarayonga tayyorlash, ularda ma’lum hayotiy voqelik, hodisalar jarayonida bevosita ishtirok etish uchun dastlabki ko’nikma, malakalarni hosil qilishga xizmat qiladi. Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (m: ta’lim oluvchilar, ota-onalar, pedagogik jamoa a’zolari, 
    ta’lim muassasalarining rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlarining vakili va b.) sifatida turli rollarni bajarish talaba (o’quvchi)larga pedagogik faoliyat mazmuni bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratish asosida ma’lum faoliyatni 
    samarali tashkil etishga nazariy, amaliy va ruhiy tayyorgarlikka erishish nuqtai nazaridan yordam beradi. 
    O’quv mashg’ulotlaridan o’yinlar va o’yinli vaziyatlarni qo’llash 
    quyidagi asosiy yo’nalishlarda amalga oshiriladi: 

    Download 1,43 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63




    Download 1,43 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida didaktik o‘yinli texnologiyalardan foydalanish

    Download 1,43 Mb.