|
Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari
|
bet | 26/63 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #228404 |
Bog'liq Majmua 4-k Ona tili va o`qish sav.2023 (1)3. Rolli o’yinlar – ma’lum bir shaxsning vazifa va
majburiyatlarini bajarishdagi ruhiy holati, xatti-harakatlar
mohiyatini ochib berishga yo’naltirilgan o’yinlar, ularda rollar
majburiy mazmuni bilan taqsimlanadi. Rolli va ishbilarmonlik
o’yinlari o’quvchilarni muayyan jarayonga tayyorlash, ularda ma’lum
hayotiy voqelik, hodisalar jarayonida bevosita ishtirok etish
uchun dastlabki ko’nikma-malakalarni hosil qilishga xizmat
qiladi. Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (m: o’quvchilar, ota-
onalar, pedagogik jamoa a’zolari, ta’lim muassasalarining
rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlarning vakillari va b.)
sifatida turli rollarni bajarish talabalarga pedagogik faoliyat
mazmuni bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratsa,
o’quvchilarga ma’lum faoliyatni samarali tashkil etishga nazariy,
amaliy, eng muhimi, ruhiy jihatdan tayyorlanishga yordam beradi.
4. Ishbilarmonlik o’yinlari – ma’lum faoliyat, jarayon yoki
munosabatlar mazmunini yoritish, ularni samarali, to’g’ri,
oqilona uyushtirishga doir ko’nikma, malaka hamda sifatlarni
o’zlashtirish maqsadida tashkil etiladigan o’yinlar. Bu turdagi
o’yinlar ta’lim oluvchilarda aniq faoliyat yo’nalishida zarur
BKM va sifatlarni shakllantirish yoki rivojlantirish
maqsadida tashkil etiladi. Shu jihatdan ishbilarmonlik
o’yinlari ishlab chiqarish jarayoni, kasbiy faoliyatining model-
lashtirilishini anglatadi. Ishbilarmonlik o’yini talabalarda
kasbiy sifatlarni hosil qilish bilan birga shaxsiy sifatlarni
ham tarbiyalaydi, ularning ijtimoiylashuvini ta’minlaydi.
5. Imitatsion o’yinlar – ishlab chiqarish korxonalari, ish
o’rinlari, firmalar, tashkilotlarda xodimlar tomonidan amalga
oshiriladigan faoliyatni imitatsiyalash (taqlid qilish, ko’chirish)
asosida talabalarni muayyan amaliy yoki kasbiy faoliyatga
samarali tayyorlashga yo’naltiradigan o’yinlar. Bu turdagi
o’yinlar stsenariyasi, syujetidan tashqari, imitatsiya jarayon,
obyektlarning tarkibiy tuzilmasi va ahamiyatini to’la ochib
berish maqsadia modellashtiriladi. Imitatsion o’yinlar
jarayonida ta’lim oluvchilar muayyan operatsiyalarni, m: masalalar
echish, ma’lum bir usulni o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari
|