|
Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari
|
bet | 28/63 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #228404 |
Bog'liq Majmua 4-k Ona tili va o`qish sav.2023 (1)1-o‘yin – “So‘z o‘yini“. Qaysi tovush yoki harf so‘zlarning ma’nosini o‘zgartirishga xizmat qilyapti?
1-variant – ogʻzaki ravishda. Bunda o‘qituvchi navbat bilan so‘zlarni ogʻzaki ayta boshlaydi: o‘quvchilar qo‘l ko‘tarib so‘zlarning ma’nosini o‘zgartirayotgan tovushni aytishadi va ma’nosi o‘zgarayotgan so‘zlar ishtirokida ogʻzaki gaplar tuzadilar.
2-variant – yozma ravishda. Bunda 2 guruhdan iborat o‘quvchilar musobaqa tarzida doskada yozilgan so‘zlarning ma’nosini o‘zgartirayotgan harfning tagiga chizib borishadi.
Til, tin, tir, tiz, tim, tish, to‘l, to‘r, to‘n, to‘p, to‘y, to‘k, to‘s, tom, ton, tol, tosh, tob, togʻ, tor, toj, toy, tok, top, tot, tut.
2-o‘yin. “Harflarni o‘zgartirib, so‘z tuzing!”
1-variant – ogʻzaki ravishda. Bunda o‘qituvchi so‘zni ogʻzaki ayta boshlaydi: o‘quvchilar bir so‘z tarkibidagi unli yoki undosh tovushni o‘zgartirib yangi so‘z topishib, bu so‘zlar ishtirokida ogʻzaki gaplar tuzadilar.
2-variant – yozma ravishda. Bunda doskaga so‘zlar qator qilib yozib qo‘yilgan bo‘ladi. 2 guruhdagi o‘quvchilar unli yoki undosh harflarni o‘zgartirib, yangi so‘zlar tuzib yozadilar. O‘yin musobaqa shaklida o‘tkaziladi.
Unlilarni o‘zgartirish.
Kun: ko‘n, kon.
Ko‘z: kuz, kar, kor, kеr.
Dil: do‘l, dol.
Pichoq: pachoq, po‘choq, puchuq.
Undoshlarni o‘zgartirish.
Moy, toy, loy, boy, voy, joy, poy, soy, choy.
Til, dil, bil, jil, zil, yil, fil, shil, qil.
Bir harfni olib so‘z tuzish.
Qo‘y ( o‘y) Kalla ( alla)
Toy (oy) Karra ( arra)
So‘zlarga harf qo‘shib yangi ma’noli so‘zlar toping vva ular ishtirokida gaplar tuzing: Alla ( salla) ayiq (qayiq)
Ayron (hayron) asal (kasal)
Boshlangʻich sinf o‘quvchilari so‘z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe’l) bilan umumiy tanishtirilgandan so‘ng bar bir leksik-grammatik guruh alohida o‘rganiladi. Bu so‘z turkumlarini o‘rganishning boshlangʻich bosqichidayoq ularni taqqoslashga qulay sharoit yaratadi va shakllantiriladigan grammatik tushunchaning asosiy tomonlarini aniqroq ajratishga imkon beradi. Dasturga ko‘ra, boshlangʻich sinfda so‘zlar dastlab javob bo‘ladigan morfologik so‘roqlariga qarab guruhlanadi, “so‘z turkumi” tushunchasi shakllantiriladi.
Grammatik tushunchalar bo‘yicha o‘quvchilar 1-sinfdan boshlab nazariy ma’lumotlarga ega bo‘la boshlaydilar. Ya’ni shaxs va narsa nomlari, narsalarning bеlgisi, narsalarning harakati kabi ma’lumotlarni o‘rganish jarayonida ularda grammatik tushunchalar shakllantirishga asos solinadi.
Boshlangʻich sinflarda grammatik tushunchalarga oid quyida ta’limiy o‘yinlardan samarali foydalanish mumkin.
Mavzu: Narsa va shaxs nomini bildirgan so‘zlar
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari
|