Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari




Download 1,43 Mb.
bet32/63
Sana13.05.2024
Hajmi1,43 Mb.
#228404
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   63
Bog'liq
Majmua 4-k Ona tili va o`qish sav.2023 (1)

Tayanch tushunchalar: Interfaol ta’lim, interfaol ta’limning ustuvor tamoyillari, interfaol ta’limning imkoniyatlari, interfaol metod.

Interfaol ta’lim ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yoʻli sifatida e’tirof etilayotgan ta’lim turi va oʻqitish shakli sanaladi.


Interfaol ta’lim (ingl. “interact”, rus. “interaktiv”; “inter” – oʻzaro, “act” – harakat qilmoq) – talabalarning bilim, koʻnikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni oʻzlashtirish yoʻlidagi oʻzaro harakatini tashkil etishga asoslanuvchi ta’limInterfaol ta’lim (ingl. “interact”, rus. “interaktiv”; “inter” – oʻzaro, “act” – harakat qilmoq) – talabalarning bilim, koʻnikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni oʻzlashtirish yoʻlidagi oʻzaro harakatini tashkil etishga asoslanuvchi ta’lim hisoblanadi.
Mohiyatiga koʻra interfaollik talabalarning bilim, koʻnikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni oʻzlashtirish yoʻlida birgalikda, oʻzaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklarini anglatadi. Mantiqiy nuqtai nazardan esa interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy subyektlarning suhbat (dialog), oʻzaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi.
Ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan har bir mutaxassis yaxshi biladiki, an’anaviy ta’lim ham suhbat (dialog)ga asoslangan va bu suhbat quyidagi oʻzaro munosabat shakllarida tashkil etiladi:1) o‘qituvchi – o‘quvchi; 2) o‘qituvchi – o‘quvchilar guruhi (jamoasi)
Interfaol ta’lim oʻqitish jarayonining asosiy ishtirokchilari – oʻqituvchi, o‘quvchi va o‘quvchilar guruhi oʻrtasida yuzaga keladigan hamkorlik, qizgʻin bahs-munozalar, oʻzaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida tashkil etiladi, ularda erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish, muammoli vaziyatlarda yechimlarni birgalikda izlash, oʻquv materiallarini oʻzlashtirishda talabalarning oʻzaro yaqinliklarini yuzaga keltirish, “oʻqituvchi – o‘quvchi – o‘quvchilar guruhi”ning oʻzaro bir-birlarini hurmat qilishlari, tushunishlari va qoʻllab-quvvatlashlari, samimiy munosabatda boʻlishlari, ruhiy birlikka erishishlari kabilar bilan tavsiflanadi.
Interfaol ta’limda suhbat quyidagi shaxslar oʻrtasida tashkil etiladi:

Download 1,43 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   63




Download 1,43 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari

Download 1,43 Mb.