• Sinkveyn tuzish
  • Bumerang” texnologiyasi
  • Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari




    Download 1,43 Mb.
    bet38/63
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #228404
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   63
    Bog'liq
    Majmua 4-k Ona tili va o`qish sav.2023 (1)

    Sinkveyn (fr. “besh qator”) – ma’lumotlarni sintezlash (alohida ma’lumotlar asosida yaxlit g’oyalarni shakllantirish)ga yordam beradigan qofiyasiz she’r boʻlib, u asosida oʻrganilayotgan mavzu (tushuncha, hodisa, voqea)larga oid ma’lumotlar toʻplanadi; har bir oʻquvchi ushbu ma’lumotlar yig’indisi (qofiyasiz she’r)ni oʻz soʻzlari bilan turli variant yoki qarashlar orqali ifodalash imkoniyatiga ega.
    Sinkveyn tuzish – murakkab g’oya, sezgi va hissiyotlarni bir necha soʻz orqali yaqqol, yorqin ifodalash malakasi boʻlib, bu jarayon mavzuni puxtaroq oʻzlashtirish, ma’lumotlarni yaxshiroq anglashga yordam beradi
    Sinkveyn tuzish murakkab jarayon boʻlib, uni samarali tashkil uchun muayyan qoidalarga amal qilish talab etiladi. Odatda, sinkveyn tuzish besh bosqichli harakatlarni tashkil etish orqali amalgaoshiriladi. Misol uchun:
    1-bosqich. Mavzu bir soʻz bilan ifodalanadi (odatda ot tanlanadi).
    2-bosqich. Mavzu ikkita sifat bilan ifodalanadi (odatda 2 ta sifat tanlanadi).
    3-bosqich. Mavzu doirasida tashkil etiladigan xatti-harakat uchta soʻz bilan ifodalanadi (3 ta fe’l yoki ravishdosh yoziladi). Mavzu doirasida tashkil etiladigan xatti-harakat uchta soʻz bilan ifodalanadi (3 ta fe’l yoki ravishdosh yoziladi).
    4-bosqich. Mavzuga nisbatan munosabatni anglatadigan toʻrtta soʻzdan iborat fikr yoziladi (4 ta soʻzdan iborat jumla yoziladi).
    5-bosqich. Mavzu mohiyatini takrorlovchi, ma’nosi unga yaqin boʻlgan bitta gap yoziladi (mavzuga doir sinonimlar asosida gap yoziladi).
    Bumerang” texnologiyasi (strategiyasi). Bu texnologiya oʻquvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, oʻrganilgan materialni yodida saqlab qolish, soʻzlab berish, fikrini erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt ichida koʻp ma’lumotga ega boʻlish hamda dars mobaynida oʻqituvchi tomonidan barcha oʻquvchilarni baholay olishga qaratilgan.
    Strategiyaning maqsadi - oʻquv jarayoni mobaynida tarqatilgan materiallarni oʻquvchilar tomonidan yakka va guruh holatida oʻzlashtirib olishlari hamda suhbat - munozara va turli savollar orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada oʻzlashtirilganligini nazorat qilish va baholash hamda oʻquv jarayoni mobaynida har bir oʻquvchi tomonidan oʻz baho (ball) larini egallashga imkoniyat yaratishdan iboratdir. Uning qoʻllanishi – amaliy mashgʻulotlar, seminar yoki laboratoriya mashgʻulotlari hamda suhbat-munozara shaklidagi darslarda yakka tartibda, kichik guruh va jamoa shaklida foydalanishi mumkin.
    Mashgʻulotda foydalaniladigan vositalar. Oʻquvchi dars jarayonida mustaqil oʻqishlari, oʻrganishlari va oʻzlashtirib olishlari uchun moʻljallangan tarqatma materiallar (oʻtilgan mavzu yoki yangi mavzu boʻyicha qisqa matnlar, suratlar, ma’lumotlar).
    Mashgʻulotni oʻtkazish tartibi: 1) oʻquvchilar kichik guruhlarga ajratiladi; 2) oʻquvchilar dars (mashgʻulot)ning maqsadi va tartibi bilan tanishtiriladi; 3) oʻquvchilarga mustaqil oʻrganish uchun mavzu boʻyicha matnlar tarqatiladi; 4) berilgan matnlar oʻquvchilar tomonidan yakka tartibda mustaqil oʻrganiladi; 5) har bir guruh a’zolaridan yangi guruh tashkil etiladi; 6) yangi guruh a’zolarining har biri guruh ichida navbati bilan mustaqil oʻrgangan matnlari bilan axborot almashadilar, ya’ni bir-birlariga soʻzlab beradilar, matnni oʻzlashtirib olishlarishga erishadilar; 7) berilgan ma’lumotlarni oʻzlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruh ichida ichki nazorat oʻtkaziladi, ya’ni guruh a’zolari bir-birlari bilan savol-javob qiladilar; 8) yangi guruh a’zolari dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar; 9) darsning qolgan jarayonida oʻquvchilar bilimlarini baholash yoki toʻplagan ballarini hisoblab borish uchun har bir guruhda “guruh hisobchisi” tayinlanadi; 10) oʻquvchilar tomonidan barcha matnlar qay darajada oʻzlashtirilganligini aniqlash maqsadida oʻqituvchi oʻquvchilarga savollar bilan murojaat etadilar, ogʻzaki soʻrov oʻtkazadilar; 11) har bir guruh a’zosi tomonidan guruhdagi matnning mazmunini hayotga bogʻlagan holda bittadan savol tuziladi; 12) guruhlar tomonidan tayyorlangan savollar orqali savol-javob tashkil etiladi (“guruh hisobchilari” berilgan javoblar boʻyicha ballarni hisoblab boradilar); 13) guruh a’zolari tomonidan toʻplangan umumiy ballar yigʻindisi asosida gʻolib guruh aniqlanadi.

    Download 1,43 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   63




    Download 1,43 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari

    Download 1,43 Mb.