Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari




Download 1,43 Mb.
bet44/63
Sana13.05.2024
Hajmi1,43 Mb.
#228404
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   63
Bog'liq
Majmua 4-k Ona tili va o`qish sav.2023 (1)

Tayanch tushunchalar: Rivojlantiruvchi ta’lim, faoliyatni rivojlantirish modeli, rivojlantiruvchi ta’limning siklik modeli, shaxsiy faoliyat, faoliyat refleksiyasi, metodologik muhit.
Bugungi zamonaviy ta’limning asosini tashkil etayotganda shaxs o‘qitishning diqqat markazida bo‘lib, shunga binoan, ta’lim maqsadi, mazmuni va shakllari o‘quvchiga, uning shaxsiga qaratilganligi bilan o‘zgacha mazmun kasb etadi.
Bu ta’limning maqsadi mazmunida shaxsning qiziqishlari va ehtiyojlari asosiy ko‘rsatkichlar sifatida qabul qilinib, ushbu jihatlar bo‘lajak mutaxassis shaxsida kasbiy bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini takomillashtirish bilan birga, o‘quv topshiriqlari, ularni tahlil etish va yechish borasidagi zaruriy ko‘nikma hisoblangan ijodiy tafakkur operatsiyalarini rivojlantirish kabi vazifalarni amalga oshiradi.
Didaktika ta’lim jarayonining quyidagi uchta funksiyasini ajratib ko‘rsatadi: ta’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash.

Ta’lim berish funksiyasi ta’lim jarayonining o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Ta’lim natijasi sifatida bilimlarining to‘laligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilganligini ifodalaydi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarda ular tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko‘nikma va malakalarning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega.
Ta’limning rivojlantiruvchi funksiyasi ta’lim jarayonida bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchining rivojlanishi sodir bo‘lishini ko‘rsatadi. Rivojlanish quyidagi yo‘nalishlarda sodir bo‘ladi: nutqi rivojlanishi, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional-irodaviy va ehtiyoj-sababli sohalari rivojlanadi.
Ta’limning o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi “rivojlantiruvchi ta’lim” tushunchasi bilan ifoladanali. XX asr 60-yillaridan boshlab rivojlantiruvchi ta’limni tashkil etishga nisbatan turli yondoshuvlar yuzaga keldi.
Tarbiyalash funksiyasi. Ta’limning tarbiyalovchilik xususiyati turli ijtimoiy tuzum hamda sharoitda ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Tarbiyalash funksiyasi ta’lim mazmuni, shakli va metodlarining mohiyati bilan belgilanadi va o‘qituvchi hamda o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tashkil etish jarayonida etakchi o‘rin tutadi.
O‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi faoliyatlari.
O‘qituvchi faoliyatining vazifasi va tuzilishi. Ta’lim muassasasi (umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalari)da tashkil etiluvchi ta’lim jarayonida o‘quvchining faoliyati o‘qituvchi rahbarligi ostida kechadi. O‘qituvchi faoliyatining vazifasi o‘quvchilarning ijtimoiy borliqni ongli va faol idrok etishga yo‘naltirilgan faoliyatlarini boshqarishdan iboratdir.
Ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat:
-rejalashtirish;
-tashkil etish;
-boshqarish (rag‘batlantirish);
-nazorat;
-natijalarni baholash va tahlil qilish.
Rivojlantiruvchi ta’limning asosiy tamoyillaridan biri o‘qitishda ko‘proq axborot shaklidan ilmiy izlanish, o‘quvchilarning mustaqil ishlari, imkoniyatlaridan keng foydalanish asosida o‘qitishning faol metod va shakllariga o‘tishni, boshqacha qilib aytganda, “qayta takrorlash”dan “tushunish, fikrlash”ga o‘tishni ko‘zda tutadi. Bu o‘zgarishlarni:
- mavjud ta’lim mazmunini modernizatsiyalash;
- uning tashkiliy shakllariga nisbatan texnologik yondashuvni shakllantirish;
- ta’lim oluvchi shaxsining individualligi, o‘ziga xosligi va ehtiyojlari doirasidan kelib chiqib o‘kitishni tashkil etishga xizmat qiluvchi yangicha ta’lim shakllari tizimini yaratish tamoyillari tashkil etadi.
Zamon talablariga mos holda ma’ruzalarning rivojlana borishi an’anaviy ta’lim modeli doirasida cheklangandir. Chunki ma’ruzaga faqat o‘qitishning bir tashkiliy shakli sifatida emas, balki oʻquvchilar mustaqil fikrlashini, muammoli vaziyatlardan chiqishda mustaqil qarorlar qabul qilishlarida amaliy ko‘nikmalar hosil qilishlarining boshqaruvchi vositasi sifatida ham qarash lozimdir. Buning uchun rivojlantiruvchi ta’lim, ushbu ta’lim modelida ma’ruzaning tutgan o‘rni va funksional vazifasi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tish lozim hisoblanadi. Zamonaviy ma’ruzalarni ta’lim jarayonida tutgan o‘rni, mohiyati va funksional vazifasini aniqlash uchun rivojlantiruvchi ta’limning quyidagi ikki modelini qisqa tahlil qilib chiqamiz.
1. Rivojlantiruvchi ta’limning siklik modeli.
2. Faoliyatni rivojlantirish modeli.
Rivojlantiruvchi ta’limning siklik modeli. Andragogikaning asosiy konsepsiyasiga muvofiq katta yoshdagilarni o‘qitish bir necha sikllarni o‘z ichiga oladi.
O‘qitish va ta’limni rivojlantirish siklik jarayon davomida yuzaga kelib, tajribalarga asoslanadi va quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
> aniq tajribalar o‘quvchining shaxsiy tajribasi va kuzatishlari natijasida olingan ma’lumotlarni to‘plashdan boshlanadi.
> refleksiv kuzatish to‘plangan ma’lumotlarning ma’nosini va mohiyatini izlash, tahlil qilish va fikrlash jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
> abstrakt konsepsiyalashda aniqlangan muammolarni hal qilish modeli va yo‘llari konsepsiyasi yaratiladi.
> faol tajriba- amaliy tajribalar o‘tkaziladi.
O‘qitish sikli modeli (Kolb, Fray) o‘ziga xos muhim xususiyatlarga ega bo‘lib, bunda o‘qitish bir-biri bilan ketma-ket bog‘langan bosqichlardan iborat siklik jarayon shaklida tashkil etiladi. Jarayon tajribadan boshlanadi va hech vaqt bosqichlar o‘rtasida uzilish bo‘lmaydi. Sikllar nafaqat ma’lum ketma ketlik asosida bir-birini almashtiradi, balki bir-biriga qarama-qarshi ham turadi. Masalan, aniq tajribalarga abstrakt konsepsiyalash qarshi tursa, faol tajribaga refleksiv kuzatish qarshi bo‘ladi. O‘qitish jarayonida turli pedagoglar ushbu siklning u yoki bu boqichiga ko‘proq e’tibor qaratishadi va bu holatni Kolb va Fray “o‘qitish stili” deb ko‘rsatadi.
Ushbu modelga muvofiq o‘quvchi o‘z tajribasi va bilimining qaysi sohada yetarli emasligini aniqlashtiradi, qiynalayotgan muammolarini shakllantiradi hamda Ushbu muammolarni hal etish vositalari va yo‘llarini belgilaydi, o‘quv maqsadini aniqlab oladi.
Faoliyatni rivojlantirish modeli. Oddiy o‘qitishdan farqli o‘laroq, oliy ta’limda oʻquvchilarga nafaqat fan bo‘yicha yangi bilim va ma’lumotlar beriladi, balki olingan bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilish, bilimlarni rivojlantirish va qayta ishlashga ham o‘rgatiladi. Ta’lim berish jarayonida modellar o‘rni almashadi - kasbiy faoliyat ko‘rinishi o‘zgaradi, oʻquvchining qobiliyati, uquvi rivojlanadi, o‘quv maqsadi o‘zgaradi. Ta’lim faoliyatining rivojlanish samarasi ham aynan shu bilan harakterlanadi.
Rivojlanuvchi faoliyat quyidagi uch xil yo‘nalishda amalga oshadi:
1. Shaxsiy faoliyatda
2. Faoliyat refleksiyasida
3. Metodologik muhitda
Bu yerda metodologiya bilim olishda yuzaga keladigan qiyinchiliklarga qaratilgan g‘oyalar, konsepsiyalar, uslublar va vositalar majmui sifatida qaraladi. Ta’lim jarayoni nuqtayi nazaridan ushbu modelni quyidagicha o‘qish mumkin: oʻquvchi o‘z faoliyati davomida refleksiv holatga olib chiquvchi bir qancha muammolarga duch keladi va ketma-ket ravishda quyidagi uch jarayonni amalga oshiradi:
- tahlil - o‘z faoliyatini tadqiq qilish, ya’ni faoliyatni qayta shakllantirish va o‘zlashtirishdagi muammoli vaziyatlarni aniqlash;
- tanqid - o‘zlashtirishdagi muammolar sababini aniqlash;
- me’yorlashtirish -faoliyatni rivojlantirish. Muammoni barataraf etishga qaratilgan g‘oyalar, gipotezalar va usullarni o‘ylab topish, yangi me’yorlarni tuzish.
An’anaviy va rivojlantiruvchi ta’lim modellarini taqqoslab quyidagilarni aniqlashimiz mumkin:
An’anaviy ta’lim modelining maqsadi va natijasi standart vazifalarni yechish bo‘yicha bilimlar berish hamda amaliy ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat.
Rivojlantiruvchi ta’limning maqsadi va natijasi bo‘lajak mutaxassislarni aniq ishlab chiqarish sharoitida muvaffaqiyatli faoliyatini amalga oshirishga qaratilgan kompetentligini rivojlantirish, nafaqat standart vaziyatlarda, balki o‘zgaruvchan nostandart vaziyatlarda ham mustaqil qarorlar qabul qilish bo‘yicha bilimlar berish va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Rivojlantiruvchi ta’lim modelida ma’ruza dialog shaklida olib boriladi va oʻquvchida ma’ruza mazmuni bo‘yicha tahlil qilish, izlanish, yangi g‘oyalar hosil bo‘lish, o‘z g‘oya va fikrlarini bayon etish, boshqa oʻquvchilarning ushbu muammo bo‘yicha fikrlarini tinglash va unga o‘z munosabatlarini bildirish imkoniyati yaratiladi.



Download 1,43 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   63




Download 1,43 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari

Download 1,43 Mb.