|
Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari
|
bet | 49/63 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #228404 |
Bog'liq Majmua 4-k Ona tili va o`qish sav.2023 (1)Chaqiriq bosqichining maqsadi: dastlabki ma’lumotlarni aniq, erkin namoyon qilish orqali, o‘quvchilarni faollashtirish;
- qiziqishlarni oshirish, o‘qitish matnlarini hosil qilishdan iborat.
Mazmunni anglash bosqichida o‘quvchi yangi tushunchalar, g‘oyalar bilan to‘qnashadi.
Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchilarning dastlabki egallagan ma’lumotlari, tushunchalariga tayanib, ularni yangi bilim bilan boyitishi kerak ya’ni o‘qituvchining bilgan va bilmagan ma’lumoti to‘ldiriladi.
Bunda o‘quvchilar bilmayman, bilmoqchiman, bilib oldim qoidasi asosida ish tutishi lozim. Buning uchun matn mazmunini o‘qish, diafilm, kinofilmdan parchalar namoyish etish, ma’ruza (albatta bolalar tomonidan) va nutq eshitish, tajribalar o‘tkazish kabi ishlar amalga oshirilishi mumkin.
O‘quvchi ushbu ishlarni o‘tkazishi jarayonida mustaqil va faol qatnashib, o‘z bilimlari, fikrlari nuqtai-nazarlariga tayanib, yangi bilimlarni taqqoslaydilar, solishtirib ko‘radilar, mohiyatini tushunib yetishga harakat qiladilar. Oldingi bilimlari bilan yangilarni bog‘laydilar, sintezlaydilar, taqqoslaydilar va tahlil qiladilar shunga ko‘ra mazmunni anglash bosqichining maqsadi:
- dastlabki ma’lumotlarni yangilari bilan to‘ldirish;
- o‘quvchilarda ishlarni bajarishda qiziqishni orttirish;
- taqqoslashga, mohiyatini tushunishga tahlil qilishga o‘rgatish;
- yangi masalani yangicha bayon etish, ya’ni yangi darsni bayon etishdan iborat bo‘lishi lozim.
Fikrlash bosqichida yangi olingan bilimlar tanqidiy fikrlashlar yordamida, yangi g‘oyalar, axborotlar mustahkamlanadi, to‘ldirilgan tushuncha, ma’lumotlar tahlil qilinadi, ular mohiyati ustida fikr yuritiladi.
O‘zaro fikr almashish, o‘zgalar taqdim etgan ma’lumotlar bilan tanishish asosida o‘quvchilarda so‘z boyligi oshish imkoniyatlari yaratiladi.
Bunda o‘quvchilar erkin, mustaqil holda o‘tilgan mashg‘ulot, yangi mavzu to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildiradilar va tanqidiy fikrlashni o‘rganadilar.
«Tanqidiy fikrlash» metodi. O‘rtaga tashlagan masala yoki muammo yuzasidan fikr aytish, o‘zgalar fikrini tanqidiy idrok etish, o‘z nuqtayi nazarini asoslab berish va saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lishga undaydigan texnologiyadir.
Bu metoddan bahs-munozara xususiyatiga ega bo‘lgan masalalar muhokamasida foydalaniladi.
Bahs-munozara xususiyatiga ega bo‘lgan muammo yoki topshiriq qo‘shilib savollar o‘rtaga tashlanadi.
Ta’lim oluvchiga o‘z nuqtayi nazarini aniqlash, fikrlash bir joyga to`plash uchun vaqt beriladi.
Ta’lim oluvchi o‘z nuqtayi nazarini asoslaydi, dalillar keltiradi. Muhokama qiliniyotgan masala yuzasidan o‘z fikrlarini erkin bildirishlari uchun o‘quvchilarga imkon yaratiladi.
Bildirilgan fikrlar, nuqtai-nazarlar ta’lim oluvchilar hamkorligida muhokama qilinadi.
O‘zaro fikr olishish ta’lim oluvchilardan hamsuhbatini diqqat bilan tinglash, uning so‘zini bo‘lmaslik, so‘z qo‘shmaslik talab etiladi.
Muhokama qilingan axborotni tahlil qilish, izohlash, g‘oyalardan yakuniy xulosa chiqarish bilan yakunlanadi.
“Tanqidiy fikrlash” metodini qo‘llash qoidalari:
Tanqidiy fikrlash uchun vaziyat yaratish.
O‘quvchilarning fikr-g‘oyalarini asoslash uchun guruhlarni tashkil qilish.
Har bir guruh fikrini aniq yoxud muhokama jarayoniga axborotlarni tahlil qilish va xulosa chiqarish uchun kuzatuvchi (ekspert)lar tayinlash.
Aniq xulosalar, tahlil fikrlar kuzatuvchilar (ekspertlar) tomonidan rag‘batlantirishga imkon yaratish.
“Tanqidiy fikrlash” metodining ta’lim oluvchiga psixologik ta’siri
«Tanqidiy fikrlash» bahsli-tortishuvlarga sabab bo‘ladigan muammolarni yechishga qaratilganligi sababli, ta’lim oluvchilarda tinglash, o‘zgalar fikrini bo‘lmaslik, unga tanqidiy ko‘z bilan qarash, taqqoslash, tegishli hukm chiqarishga e’tiborni qaratish lozim. Uning natijasida har qanday ta’lim oluvchida:
- o‘ziga ishonch ko‘zi bilan qarash;
- munozarada faol ishtirok etish;
- o‘zgalar fikriga va taqdiriga befarq bo‘lmaslik;
- tengdoshlari, kuzatuvchi (ekspert)lar bilan fikr tortishish;
- o‘z nuqtai-nazarini, fikrini dalillashga intilish his-tuyg‘ulari tarbiyalanadi. Bu o‘z navbatida analitik fikrlash qobiliyatini rivojlanishiga, bosqichma-boqich tafakkur yurgizish bir-birlarini chuqurroq o‘rganish imkoniyatining yaratilishiga hamda o‘zgaruvchan tanqidiy fikrlashga olib keladi. Oqibat-natijada o‘quvchilarning fikrlashi faollashadi, qiziqish kuchayadi, o‘zini ifoda etish ishonchi uyg‘onadi, tanqidiy fikrlash rivojlanib boradi.
Tanqidiy fikrlashning faol metodlarini ishlab chiqishda quyidagi asoslardan kelib chiqadilar:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari
|