|
Operatsion · � � tizimlar o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti u
|
bet | 67/129 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 4,88 Mb. | | #100808 |
Bog'liq a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 штTarmoq qobig‘i - bu mustaqil dasturiy mahsulot sifatida ishlab chiqilgan, qoida tariqasida, o‘zaro muvofiqlashtirilgan tarmoq xizmatlari to‘plamidir. Tarmoq qobiqlarini mijoz va serverga bo‘lish mumkin. Qobiq tarmoq xizmatlarining mijoz qismlarini o‘z ichiga olsa, mijoz qobig‘i deyiladi. Server qobig‘i kamida ikkita asosiy tarmoq xizmatlarining server komponentlarini o‘z ichiga oladi – fayl va chop etish xizmatlari. Hozirda faqat tarmoqda ishlash uchun yaratilgan maxsus operatsion tizimlar mavjud. Ushbu operatsion tizimlarning tarmoq funksiyalari tizimning asosiy modullariga joylashtirilgan, bu operatsion tizimning mantiqiy uyg‘unligini, shuningdek, yaxshiroq ishlashini ta’minlaydi. Agar barcha tarmoq xizmatlari yaxshi integratsiyalangan bo‘lsa va operatsion tizimning ajralmas qismi deb hisoblansa, unda bunday operatsion tizimning barcha ichki mexanizmlari tarmoq funksiyalarini bajarish uchun optimallashtirilishi mumkin.
Tarmoq OT lariga qo‘yiladigan talablar
Masshtabiylik;
Moslashuvchanlik;
Oxirgi qurilmalardagi turli OT larni qo‘llab-quvvatlash;
Protokollar stekini qo‘llab-quvvatlash (TCP/IP, IPX/SPX, NetBIOS, DECnet, AppleTalk, OSI);
Ko‘p serverli tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash va boshqa OT lar bilan samarali integrallashish;
Markazlashgan ma’lumotnomalar xizmatini bo‘lishi;
Servislar tizimini rivojlanishi: fayl-servis, print-servis, ma’lumotlar xavfsizligi, arxivlash, ma’lumotlar bazasi va boshqalar;
Turli standartlardagi tarmoq qurilmalarini (Ethernet, Token Ring, ARCnet, FDDI) va tarmoqni boshqarish standartlarini qo‘llab- quvvatlash.
Tarmoq OT larining turlari
Kompyuterlar o‘rtasida funksiyalarni taqsimlanishiga qarab, ular ajratilgan server yoki klient tuguni rolida namoyon bo‘lishadi. Tarmoq quyidagi sxemalar asosida qurilgan bo‘lishi mumkin:
Server va klient funksiyalari birlashtirilgan kompyuterlardan tashkil topgan tarmoq – birrangli tarmoq;
Klient va server asosida qurilgan tarmoqlar – ajratilgan serverli tarmoq;
Barcha turdagi tugunlardan tashkil topgan tarmoq – gibrid tarmoq deb nomlanadi.
Birrangli tarmoqda operatsion tizim
Birrangli tarmoqlarda barcha kompyuterlar bir-birlarining resurslaridan foydalanishda tengdir. Har bir foydalanuvchi, uning hohishiga binoan, kompyuteridagi har qanday resursni umumiy deb e’lon qilishi, shundan so‘ng boshqa foydalanuvchilar undan foydalanishlari mumkin. Birrangli tarmoqlarda barcha kompyuterlarga operatsion tizim o‘rnatilgan bo‘lib, u tarmoqdagi barcha kompyuterlarga teng imkoniyatlarni taqdim etadi. Ushbu turdagi tarmoq operatsion tizimlari birrangli operatsion tizimlar deb nomlanadi. Shubhasiz, birrangli operatsion tizimlar tarmoq xizmatlarining ham server, ham mijoz komponentlarini o‘z ichiga olishi kerak. Birrangli operatsion tizimlar sifatida Windows 2000 Professional, Windows XP/Vista lar xizmat qilishi mumkin. O‘z navbatida tarmoqda o‘z resurslarini bo‘lishishni istamaydigan foydalanuvchilar ham uchraydi. Bunday holda, ularning operatsion tizimlarining server imkoniyatlari faollashtirilmaydi va kompyuterlar faqat mijoz rolini o‘ynaydi.
Ajratilgan serverli tarmoqda operatsion tizim
Ajratilgan serverlari bo‘lgan tarmoqlarda maxsus server roli uchun optimallashtirilgan tarmoq operatsion tizimlari qo‘llaniladi. Ushbu tarmoqlarda foydalanuvchi kompyuterlari mijoz operatsion tizimlari boshqaruvida ishlaydi. Server sifatida ishlash uchun ixtisoslashgan operatsion tizimlar, server operatsiyalari
samaradorligini oshirishning tabiiy usulidir. Agar tarmoqda yuzlab va hatto minglab foydalanuvchilar bo‘lsa, umumiy resurslarga yuboriladigan so‘rovlarning intensivligi juda katta bo‘lishi mumkin va server ushbu so‘rovlar oqimini hech qanday kechiktirmasdan bajara oladi. Ushbu muammoning aniq yechimi, server sifatida kuchli qurilma platformasi va server funksiyalari uchun optimallashtirilgan operatsion tizimga ega kompyuterdan foydalanishdir. Ajratilgan serverli operatsion tizimlar sifatida Windows server NT/2008/2012/2016/2019, Solaris, Linux, FreeBSD va boshqalarni aytishimiz mumkin.
Taqsimlangan ilovalar va tarmoq xizmatlari modellari
Tarmoqlardagi ilovalar ishlashini tashkil etishga ko‘ra uchga bo‘linadi:
Ilova qismlari turli tarmoq kompyuterlariga taqsimlanadigan tarmoqlar;
Maxsus serverlarda barcha ilovalar uchun bir qancha umumiy funksiyalar bajaradigan tarmoqlar;
Turli kompyuterlarda taqsimlanib bajariladigan funksiyalarni o‘zaro birgalikdagi harakatli tarmoqlar.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Operatsion · � � tizimlar o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti u
|