Akustooptik qayta sozlanuvchi filtrning tuzilishi




Download 1 Mb.
bet104/160
Sana13.01.2024
Hajmi1 Mb.
#136728
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   160
Bog'liq
Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)

rasm. Akustooptik qayta sozlanuvchi filtrning tuzilishi


Shu munosabat bilan optik signalning tolaning nobirjinsliklari- dan aks etishini bartaraf etish zaruriyati tug‘iladi. Raqamli va keng polosali optik tarmoqlarda bu zaruriyat ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu muammo optik izolatorlar yordamida hal etiladi.
Optik izolator
optik signalning mujassamlashtirgan nurlanish oqimini bir yo‘nalishda deyarli yo‘qotishlarsiz, boshqa (teskari) yo‘nalishda esa katta so‘nish bilan uzatishga mo‘ljallangan optik qurilma bo‘lib, u hozirgi kunda ko‘pgina lazerli tizimlar va tolali optik kuchaytirgichlarning asosiy tarkibiy qurilmalaridan biri sifatida ishlatiladi. Optik izolatorlardan, shuningdek, optik aloqa liniyasi- ning alohida qurilmasi sifatida ham foydalaniladi.
Optik izolatorning ish prinsipi ayrim shaffof modalarda magnit maydoni ta’sirida sindirish ko‘rsatkichining o‘zgarishi natijasida yorug‘lik to‘lqini qutblanish tekisligining burilishi hodisasidan — Faradey effektidan foydalanishga asoslangan. Bunda qutblanish tekisligining burilishi magnitooptik modalar deb nomlanadigan modalarda magnit maydoni ta’sirida sindirish ko‘rsatkichining vertikal va gorizontal yo‘nalishlarda turiicha bo‘lib qolishi, natijada


235


www.ziyouz.com kutubxonasi




yorug‘lik elektromagnit to‘lqini elektr va magnit tashkil etuvchilari tezliklarining o‘zaro farqlanishi tufayli yuzaga keladi. •
Qutblanish tekisligining burilish burchagi quyidagi munosabat bilan aniqlanadi:
Q =VH
zd, (8.1)
bunda Нг — magnit maydon kuchlanganligining bo‘ylama tashkil etuvchisi;
d — yorug‘likning shaffof moda bo‘ylab tarqalish yo‘lining uzunligi — Faradey yacheykasi o‘lchami;
V — magnitooptik modaning tabiati, yorag‘likning to‘lqin uzunligi va atrof-muhit harorati bilan bog‘liq o‘zgarmas kattalik. Yorug‘lik qutblanish tekisligining solishtirma burilish burchagim ifodalovchi bu kattalik Verde doimiysi deb yuritiladi.
Qutblanish tekisligi burilishining to‘lqin uzunligiga bog‘liqligi hodisasi aylanma dispersiya deb ataladi. Qutblanish tekisligining burilishi hodisasini Faradey kashf qilgani uchun ayrim hollarda optik izolatorlar Faradey izolatorlari deb ham ataladi.
Optik izolator 3 ta element — qutblagich (1), Faradey yachey­kasi (2) va tahlillagich (analizator) (3) dan tarkib topadi (8.6- rasm).
Optik izolatorning ish prinsipini quyidagicha tafsivlash mumkin.
Qutblanmagan yorug‘lik nuri uning tekislik bo‘yicha qutblangan tashkil etuvchisini o‘tkazadigan qutblagich (1) ga yo‘naltiriladi. Qutblangan nurlanish so‘ngra perpendikulyar yo‘nalishdagi magnit maydoniga joylashtirilgan, Verde doimiysi Kga teng bo‘lgan Faradey yacheykasi o‘tadi, Bu elementning chiqishida nurlanishning qutblanish tekisligi V doimiyning qiymati, elementning uzunligi va magnit maydon kuchlanganligi lining kattallgiga bog‘liq ravishda 0 burchakka buriladi. Bu parametrlarning qiymati yorug‘likning qutblanish tekisligi o‘zining dastlabki holatiga nisbatan 45° ga buriladigan qilib tanlab olinadi. Qutblagichning qutblanish tekisligi ham shunday burchak ostida o‘rnatiladi. 3-element bu holda qutblanish tekisligi qutblanish tekisligi bilan 45° ga burchak hosil qilgan tahlillagich (analizator) vazifasini o‘taydi. Shu sababdan to‘g‘ri yo‘nalishda, ya’ni qutblagichdan analizator tomon tarqalayotgan nurlanish undan to‘siqlarsiz o‘tadi. Agar endi


236


www.ziyouz.com kutubxonasi




nurlanish teskari yo‘nalishda, ya’ni tahlillagich (analizator)ning chiqishi tomonidan qutblagichning chiqishi tomon yuborilsa, uning tahlillagich qutblanish tekisligi bilan mos keluvchi tashkil etuvchisi u orqali o‘tadi va Faradey yacheykasiga kiradi va bunda uning qutblanish tekisligi yana 45° ga buriladi. Shunday qilib, qutblagichga teskari yo'nalishda tushgan nurlanishning qutblanish tekisligi kirish nurlanishining qutblanish tekisligiga nisbatan 90° ga burilib qoladi, natijada u qutblagich orqali o‘tmaydi.
Shuni takidlash joizki, optik tola bo‘ylab tarqalayotgan nur­lanish, odatda, qutblanmagan bo‘ladi. Shu sababdan qutblagich orqali o'tganida uning quwati yarmiga kamayadi. (3 dB).

    1. rasmda amalda qo‘llaniladigan optik izolatorning sxemasi keltirilgan. Unda 1-optik element anizotrop xossaga ega. Shu sababdan qutblanmagan nurlanish o‘zaro perpendikular ikkita qutblangan nurlanishga ajraladi. Ulardan biri nurlanishning tarqalish yo‘nalishiga perpendikulyar qutblanish tekisligiga (odatiy nur), ikkinchisi esa parallel qutblanish tekisligiga (noodatiy nur) ega. Bunday element vazifasini, masalan, Nikol yoki Roshon prizmalari o‘tashi mumkin. Ikkala turdagi nurlanish Faradey yacheykasi (2) ga yo‘naltiriladi, bu elementning chiqishida qutblanish tekisligi






Download 1 Mb.
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   160




Download 1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Akustooptik qayta sozlanuvchi filtrning tuzilishi

Download 1 Mb.