|
Optik aloqa asoslari
|
bet | 107/160 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #136728 |
Bog'liq Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)ааиШШМ
Multipleksor
Demultipleksor
9.1-rasm. Spektr bo‘yicha zichlashtirilgan tolali optik aloqa tizimlarida
multiplekslash va demultiplekslash jarayonlari
- to‘lqin uzunligi bo‘yicha kanallar orasidagi masofa 20 nm > dan kam bo'lmagan bir necha (4 tagacha) spektral kanallarni birlashtiruvchi multipleksorlar;
— spektral kanallar orasidagi masofa 0,4, . . . , 1,6 nm oraliqda yotgan hamda 4 tadan ko‘p — 8 ta, 16 ta, 32 ta va undan ko‘p sondagi kanallarni birlashtiruvchi multipleksorlar.
Hozirgi vaqtda qo‘llaniladigan spektr bo‘yicha zichlashtirilgan (WDM) optik aloqa tizimlarida alohida kanallar orasidagi chasto- taviy oraliq 100 GHz (0,8 nm) ni tashkil etadigan optik multipleks- lovchi va demultiplekslovchi qurilmalar eng keng qo‘llaniladi. ,So‘nggi yillarda yaratilgan multiplekslovchi qurilmalar 50 Hz va undan kichik chastotaviy oraliqda joylashgan kanallarni uzatishni ta’minlash imkonini beradi. Zamonaviy multipleksorlar, asosan, yupqa pardali filtrlar va biroz kamroq darajada to‘lqin uzatkichli difraksiya panjaralari matritsalari hamda bregg panjaralari asosida tayyorlanadi.
Spektr bo‘yicha zichlashtirilgan optik aloqa tizimlarida kanallar joylashuvi zichhgini yanada oshirish, multiplekslovchi optik quril- malarga qo‘yiladigan talablarning qat’iylashuvi jarayonida foydala- niladigan texnologiyalarning turi o‘zgarishi mumkin.
242
www.ziyouz.com kutubxonasi
Quyida kanallarni to‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratish maqsadida eng ko‘p qo‘llaniladigan multiplekslovchi va demultiplekslovchi qurilmalarning tuzilishi va ish mexanizmlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Yupqa pardali filtrlar asosidagi optik multipleksorlar/
demultipleksorlar
Yupqa pardali filtrlar, awal ko‘rib o‘tilganidek, optik taglikka ustma-ust joylashtirilgan va sindirish ko‘rsatkichi har xil bo‘lgan shaffof dielektrik modaning bir necha qatlamlaridan tashkil topadi (9.2-rasm).
Sindirish ko‘rsatkichlarining farqi tufayli qatlamlar orasidagi har bir ajratuvchi chegarada tushayotgan yorug‘lik oqimining bir qismi orqaga qaytadi.
Qaytgan bu yorug‘lik to‘lqin uzunligiga bog‘liq ravishda interferensiya hodisasi tufayli tushayotgan yorug‘lik nurlanishini kuchaytiradi yoki susaytiradi.
Sindirish kohsatkichi va har bir qatlam qalinligini tegishli tarzda tanlab olish yo‘li bilan to‘lqin uzunligining istalgan diapazonini
9.2-rasm. Yupqa pardali filtrning tuzilishi va ish jarayoni:
Ii— tushuvchi to'lqin; h — qaytuvchi to'lqin; h — о‘tuvchi to'lqin
243
www.ziyouz.com kutubxonasi
o'tkazadigan va qolgan barcha to‘lqin uzunliklarini qaytaradigan filtrlar tayyorlash mumkin.
Parametrlarni tanlash va dielektrik qatlamlarni olish usullari optik sanoatda yaxshi ma’lum. Yaxshi optik xossalarga ega bo‘lgan ko‘p modalarning fizik sifati talab darajasida bo‘lmaganligi uchun dielektrik materiailarni tanlash imkoniyati cheklangan.
Umumiy hollarda filtrga bo‘lgan talab qanchalik yuqori bo'lsa, taglikda hosil qilinadigan qatlamlaming soni shunchalik ko‘p bo‘ladi. Mavjud murakkabliklarga qaramay, bu texnologiya ishlab chiqarish jarayonini biroz o‘zgartirib, turli maxsus spektral xossali unchalik qimmat bo‘lmagan filtrlar yaratish imkonini beradi.
Bu turdagi mavjud multipleksorlarda ko‘p qatlamli plastina sifatida optik tolaning 30 — 45° burchak ostida qiya qilib yedirilgan va qatlamlar bilan qoplangan uchidan foydalaniladi. Bu turdagi multipleksorlarning asosiy texnik tafsivlari quyidagicha; ishchi to'lqin uzunliklari 1305±0,005 nm va 1552±0,005 nm yoki 980 nm va 1552 nm, yuz beradigan yo'qotishlar — 0,4 dB, kesishuvchi so‘nish ~30 dB.
Multpleksorlar va demultpleksorlarda, odatda, guruhiy sig- naldan bitta kanalni ajratadigan bir pog‘onali yupqa pardali filtrlardan foydalaniladi. Qaytgan yorug'lik qaytadan tizimga tushmasligi uchun filtrlar optik o‘qqa qiya og‘dirilgan holda joylashtiriladi. Filtrlaming bunday joylashuvi qatlamlaming effektiv qalinligini va shu tariqa o‘tkazish oralig‘i (polosasi)ni o‘zgartiradi. Filtrlarni loyihalashda bu holatni hisobga olish zarur. Ko‘p to'lqinli signallarga ishlov berish uchun bir qator filtrlaming ko‘p pog‘onali tizimidan foydalaniladi. .
Bu turdagi filtrlarda har bir filtrdan qaytgan yorug‘lik keyingi filtming kirishiga tushadi. Natijada filtr orqali o‘tgan alohida to'lqin uzunliklariga tegishli yorug‘lik intensivligini tekislashtirish masalasi yuzaga keladi (9.3-rasm). •
Yupqa pardali filtrlar asosidagi multpleksorlar yetarli darajada tor o‘tkazish oralig‘i (polosasi)ga ega va ular 16 yoki 32 kanalli zichlashtirilgan optik aloqa tizimlarida qo‘llaniladi. Kanallarning bunga qaraganda zichroq joylashuviga asoslangan zamonaviy optik tizimlarda multpleksorlarni tayyorlashning boshqa xil texnolo- giyalaridan foydalaniladi.
244
www.ziyouz.com kutubxonasi
|
| |