|
Guruhiy signalni demultpleksorlash uchun ishlatiladigan
yupqa pardali filtrlaming ko‘p pog'onali tizimi
|
bet | 108/160 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #136728 |
Bog'liq Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)9.3-rasm. Guruhiy signalni demultpleksorlash uchun ishlatiladigan
yupqa pardali filtrlaming ko‘p pog'onali tizimi
Difraksiya panjaralaridan foydalanishga asoslangan
optik multipleksor/demultipleksorlar
Katta tezlikli DWDM turidagi spektr bo‘yicha zichlashtirilgan tolali optik aloqa tizimlarida difraksiya fazaviy panjaralaridan foydalanishga asoslangan multipleksorlar keng ishlatiladi.
Bu turdagi multipleksorlarda difraksiya fazaviy panjarasi sifatida uning Maykelson esheloni deb atalgan xilidan foydalaniladi. Maykelson esheloni turli xil uzunlikdagi, bir-birining ustiga qat’iy tarzda parallel qilib joylashtirilgan shaffof plastinalardan iborat bo‘lib, bu plastina bir tomoni yassi, qarama-qarshi tomoni esa zinasimon tuzilishga ega bo‘lgan va zinalarining o'lchamlari bir xil bo'lgan prizmani tashkil etadi. Yorug'lik nurlari prizmadan o‘tib, mana shu zinalarda difraksiyalanadi. Difraksiyalanish burchagi to‘lqin uzunligiga bog'liq. Tolali optik tizimlarda Maykelson eshelonli plastina vazifasini planar yoki tolali to'lqin uzatkichlar bajaradi. ■
Fazaviy panjaralardan foydalanishga asoslangan multiplek- sorlami to'lqin uzatkichli spektral multipleksorlar (TUSM) yoki to'lqin uzatkichli spektral tahlillagich (analizator)lar (TUST) deb ataladi. ' '
rasmda Maykelson eshelonining tolali to'lqin uzatkichli nusxasi tasvirlangan. Rasmdan ko'rinadiki, har bir yorug'lik oqimi
245
www.ziyouz.com kutubxonasi
to‘lqin uzatkichlarning barcha uchlariga tushishi kerak. Buning
uchun yorug‘lik oqimini yig'uvchi (fokuslovchi) maxsus optik
elementlardan foydalaniladi.
rasmda multipleksorning tuzilishi ko‘rsatilgan. Xt, X2, . . . .
Xn to'lqin uzunlikli alohida oqimlarning yig'indisidan iborat yorughik
oqimi yig‘uvchi elementga (1-plastinaga) tushadi va unda matritsa
(Maykelson eshelonini) hosil qiluvchi to‘lqin uzatkichlarning
barcha uchlarida energiya taqsimoti yuz beradi. Uning chiqishida
yorughik oqimi har birining to‘lqin uzunligi Xi, X2, . . . . Xn
bohgan alohida oqimlarni tegishli tolalarning uchiga taqsimlovchi
ikkinchi plastinaga tushadi. Barcha sanab o‘tilgan elementlar kvars
taglikka joylashtiriladi.
Rasmdan ko‘rinadiki, bunday multipleksorda energetik yo‘qo-
tishlar nurlanishni 1-va 2-to‘lqin uzatkich plastinalarga kiritish
yoki ulardan chiqarishda (bu plastinalarning to'lqin uzatkichlar
matritsasi bilan ulangan joyida) hamda matritsani tashkil etuvchi
to'lqin uzatkichlarning bukilgan joylarida ro‘y beradi.
Rasmdan va tolali optik multipleksor ish mexanizmining
tavsifidan kohinadiki, bu qurilma qaytarlik — o‘zaro almashuv-
chanlik xossasiga ega, boshqacha aytilganida, bitta qurilmaning
o‘zi Xi, X2, . . . . Xn to'lqin uzunlikli fazoviy ajratilgan yorug‘lik
oqimlarni bitta oqimga birlashtirish (multipleksor) yoki aksincha,
bitta yorughik oqimini tegishli to‘lqin uzunlikli alohida oqimlarga
fazoviy ajratish (demultipleksor) vazifalarini bajarishi mumkin (9.5-
rasm).
9.4-rasm. Maykelson eshelonining tolali turi
WDM tizimlari uchun tolali optik multipleksorlar bir qator horijiy firmalar tomonidan ishlab chiqariladi. 9.1-jadvalda NEL firmasi (Yaponiya) tomonidan, 9.2-jadvalda esa ECI TELECOM Ltd PROPRIATY firmasi tomonidan ishlab chiqilgan multiplek- sorlarning asosiy texnik ko'rsatkichlari keltirilgan [8].
246
ашшшШШ
Kirish to'lqin uzatkichlari
Chiqish to'lqin uzatkichlari
Yarimto'lqin To'lqin uzatkichlar
plastinasi matritsasi
rasm. Tolali optik multipleksorning tuzilishi
9.1-jadval
|
|
| |