• ECI TELECOM Ltd PROPRIATY firmasi tomonidan ishlab chiqilgan multipleksorlarning asosiy texnik korsatkichlari
  • STAR
  • 16 kanalli
  • Tolali bregg panjarasida guruhiy signaldan muayyan to‘lqin uzunlikli kanalni ajratish jarayoni.
  • Tolali bregg panjarasidan kanallarni kiritish va chiqarish uchun foydalanish
  • Optik multipleksor/demultipleksorlardan foydalanishga oid ayrim masalalar
  • Tolali optik aloqa tizimlarida invers multipleksorlash
  • NEL firmasi tomonidan ishlab chiqilgan 32 kanalli multipleksorning texnik parametrlari




    Download 1 Mb.
    bet109/160
    Sana13.01.2024
    Hajmi1 Mb.
    #136728
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   160
    Bog'liq
    Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)

    NEL firmasi tomonidan ishlab chiqilgan 32 kanalli
    multipleksorning texnik parametrlari


    Parametrlarning nomi

    Parametrlarning kattaligi

    Izoh

    To'lqin uzunliklar diapazoni

    1500 1600 nm

    Aniqligi <±0,05 nm

    Kanallar soni

    8, 16, 24, 32, 40, 48




    Kanallararo oraliq

    0,4; 0,8; 1,6 nm (50; 100; 200 Hz)

    ITUT tavsiyasiga muvofiq

    Kiritilgan yo'qotishlar

    6 dan 9 db gacha

    Spektral chiziqning 3 dB lik sathida

    Kesishuvchi yo'qotishlar

    < -30 dB




    Qutblanish bilan bog'liq yo'qotishlar

    <0,5 dB

    3db liksathda

    Harorat ta’siridagi o'zgarishlar ’

    0,011 nm/grad





    247


    www.ziyouz.com kutubxonasi





    9.2-jadval


    ECI TELECOM Ltd PROPRIATY firmasi tomonidan ishlab chiqilgan
    multipleksorlarning asosiy texnik ko'rsatkichlari


    Multipleksorlarning turlari va parametrlarining nomi

    WM

    STAR

    8 kanalli

    16 kanalli

    8 kanalli

    16 kanalli

    32 kanalli

    40 kanalli

    Kiritiluvshi yo'qotishlar, dB undan katta emas

    4,5

    7,55

    9,5

    -12,5

    16

    7

    Multipleksor va demultpleksor uchun umumiy yo'qotishlar, dB undan katta emas

    7

    14

    14

    20

    29

    30

    Aks etishdagi yo'qotishlar, dB undan ko‘p emas

    -45

    -45

    -40

    -40

    -35

    -35

    Kesishuvchi yo‘qotishlar, deB undan ko‘p emas

    —55

    —55

    —60

    —60

    -35

    -35


      1. Tolali bregg panjaralari asosidagi
        multipleksorlar


    Tolali bregg panjaralari mohiyat e’tibori bilan optik tolada hosil qilingan interferometrdir. Ba’zi bir element atomlari (odatda, germa- niy elementi atomlari) bilan legirlangan optik tola ultrabinafsha yorug'lik ta’sirida o‘z sindirish ko'rsatkichini o'zgartiradi. Agar bunday tola muayyan fazoviy dayriy tarkibli ultrabinafsha nurlanish bilan yoritilsa, u o‘ziga xos difraksiya panjarasiga aylanadi. Boshqacha aytganda, bu tola oldindan berilgan diapazonli to‘lqin uzunliklarini deyarli to‘liq qaytarib, boshqa to‘lqin uzunlikli yorug‘likni o'tkazadi (9.6-rasm);
    Agar mazkur tuzilma mukammal darajada davriy bo'lmay, uning sindirish ko‘rsatkichi o'zgarish davri monoton tarzda ortsa yoki kamaysa, davri chiziqli qonun bo'yicha o'zgaradigan difraksiya panjarasi hosil bo‘ladi. ‘ •
    Bunday panjaralar xromatik dispersiyani kompensatsiyalash uchun ishlatiladi.


    248


    www.ziyouz.com kutubxonasi




    Muntazam bregg panjarali tola asosidagi filtrning markaziy to‘lqin uzunligi uning davri bilan aniqlanadi. Panjaraning o‘tkazish oralig‘i (polosasi) uning uzunligiga teskari proporsional bo‘ladi. Bu har ikkala parametrlar haroratga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababdan bu turdagi filtrlar termostatga yoki haroratni nazoratlash imkonini beradigan boshqa qurilmaga joylashtiriladi.


    -X, X; X, к J k, I X, X,
    Tolali brvg panjamsi
    yo'rug'lik '-2 ,asvtrt


    Uzatilgan
    yo'rug'lik



      1. rasm. Tolali bregg panjarasida guruhiy signaldan muayyan
        to‘lqin uzunlikli kanalni ajratish jarayoni.



    Tolali bregg panjarasidan multplekslash va demultplekslash qurilmalarida optik fdtr sifatida xromatik dispersiyani kompen- satsiyalash maqsadida yoki sirkulator bilan birgalikda signallarni kanallarga kiritish yoki ulardan chiqarish multipleksorlarida foyda- laniladi.
    Chunonchi, tolali bregg panjaralaridan ikkita sirkulator bilan birgalikda kanallarni kirituvchi va chiqaruvchi multpleksorlarda foydalanish mumkin. Ular alohida tarzda spektr bo‘yicha yuqori darajada zichlashtirilgan (DWDM) optik aloqa tizimlarida kamdan- kam hollarda ishlatiladi. Kanalni chiqarish portida sirkulator qaytgan to‘lqinni ajratadi va chiqish portiga yo‘naltiradi (9.7-rasmning chap tomoni). Kirish, portida sirkulator uzatiladigan guruhiy signalga o‘sha to‘lqin uzunlikli awal chiqarilgan kanalni qo‘shadi (9.7- rasmning o‘ng tomoni).
    Bunday qurilmalar ko‘pincha magistral kanal va shahar yoki mintaqaviy tarmoq chegarasida ishlatiladi. Magistral kanalda, odatda, to‘lqin uzunliklarining soni juda ko‘p, shu vaqtning o‘zida shahar va mintaqaviy tarmoqlarda ularning soni nisbatan kam bo'ladi.
    Tolali bregg panjaralaridan keyingi vaqtda multiplekslovchi va demultiplekslovchi qurilmalarda Max-Tsender interferometrlari va boshqa turdagi filtrlar bilan birgalikda foydalaniladi.


    249


    www.ziyouz.com kutubxonasi







    A., ni chiqarish





    Tolali breg panjarasi





    \ni kiritish











    X, ni chiqarish


    X, ni chiqarish






      1. rasm. Tolali bregg panjarasidan kanallarni kiritish va chiqarish
        uchun foydalanish



    Yuqorida ko‘rib chiqilgan optik kanallarni tor oraliq (polosa)li filtrlash texnologiyasi multiplekslash va demultiplekslash bilan bir qatorda, shuningdek, EDFA optik old kuchaytirgichlarning spekt- rini tekislash, to‘lqinli qurilmalarda to‘lqin uzunligini barqaror- lashtirish maqsadlarida ishlatiladi.

      1. Optik multipleksor/demultipleksorlardan
        foydalanishga oid ayrim masalalar


    Shuni ta’kidlash joizki, spektr bo‘yicha zichlashtirilgan WDM tizimlarida har bir spektral kanal juda tor chastotalar yoki to‘lqin uzunliklari (50 GHz dan yoki 0,4 nm dan kam) oralig'ini tashkil etadi. Shu sababdan, nafaqat nurlanish chastotasi, shuningdek, selektiv (tanlash xususiyatiga ega) optik elementlar chastotaviy xarakteristikalarining barqarorligiga ham katta talablar qo‘yiladi.
    Yuqorida keltirilgan 9.1- jadvalda boshqa xarakteristikalar qatori- da qayta sozlash chastotasining haroratga bog'liqligini ifodalovchi kattalik ham keltirilgan (0,011 nm/grad). Bundan kohinadiki, agar multipleksor harorati 20....40° C ga o'zgarsa, uning qayta sozlash


    250


    www.ziyouz.com kutubxonasi




    chastotasi 0,2....0,4 nm ga, ya’ni kanallar oralig‘i darajasida o'zgaradi va bu hoi spektr bo‘yicha zichlashtirilgan WDM tizimining ishdan chiqishiga olib keladi.
    Bu holatning oldini olish uchun multpleksor haroratini barqarorlashtirish choralari ko'riladi. Haroratni barqarorlashtirish usuliga qarab, multipleksorlar «issiq» va «sovuq» turlarga ajraladi.
    Isitkich va harorat o‘lchagichi (termorezistor) bilan ta’minlangan «issiq» multipleksorlarda harorat ± Г C aniqlik bilan 100° C sathida ushlab turiladi. Bu holatga erishish uchun 5 V li o‘zgarmas kuchlanishli, iste’mol quwati 5 W ga teng elektr ta’minoti talab etiladi.
    «Sovuq» multipleksorlarda harorat 25° C darajada ushlab turi­ladi. Buning uchun 5 V o'zgarmas tok kuchlanishi va 5 W iste’mol quvvatiga ega Pelte elementidan iborat mikrosovitkichdan foydalaniladi.
    Multpleksor/demultipleksorlar haroratini avtomatik tarzda barqarorlashtirib beruvchi elektron sxemalar va qurilmalar ham mavjud.
    Yuqoridagi bayondan ko‘rinadiki, multipleksor/demultiplek- sorlar garchi passiv elementlar bo‘lsa-da, ularni normal tarzda ishlatish uchun elektr ma’minoti talab etiladi.

      1. Tolali optik aloqa tizimlarida invers
        multipleksorlash


    Optik tola bo‘ylab keng polosali signallarni juda uzoq masofalarga (1000 km va undan ortiqqa) uzatishda ularning tolada so‘nishi va dispersiyalanishini hisobga olishga to‘g‘ri keladi. So‘nish oqibat- larini oraliq tugunlarga qo‘yilgan optik kuchaytirgich (EDFA)lar yordamida bartaraf etish mumkin.
    Dispersiyani ham maxsus usullar yordamida ma’lum bir chegaralarda kompensatsiyalash mumkin. Bundan tashqari, optik kuchaytirgichlar qo'shimcha shovqin kiritadi. Ikki optik signaldan shovqin va dispersiya ta’siriga kichikroq chastota bilan modula- tsiyalangani kamroq beriladi. ■
    Hozirgi vaqtda 10/100 Gbit/s tezlikli shahar optik magistrallarining loyihalari ishlab chiqilmoqda. Keng polosali
    251
    www.ziyouz.com kutubxonasi




    signalni bunday katta o'tkazish qobiliyatiga ega bo'lgan tarmoqlar orqali uzatishning yagona yo‘li uni bir qancha past tezlikli kanallarga ajratishdir.
    Natijada katta uzunlikli liniyalarda ko'plab to'lqin uzunliklari orqali mujassamlangan multipleks signal optik kuchaytirgichlar tomonidan kiritiladigan shovqinlar va dispersiya ta’siriga bardosh- liroq bo‘lib qoladi.
    Shunday qilib, mavjud telekommunikatsiya tarmoqlarida yagona bitta kanalga joylashmaydigan keng polosali signalni uzatish uchun invers multplekslash usulidan foydalaniladi. Masalan, sig'imi 384 kbit/s videokonferensiya signalini 64 kbit/s sig‘imli kanal bo‘yicha uzatib bo'lmaydi.
    U holda bu signal alohida tashkil etuvchilarga ajratilib, 6 ta shunday kanallarga joylashtiriladi va kanalning boshqa uchida qaytadan yig‘iladi. Invers multiplekslash, shuningdek, magistral tarmoqning oraliq tugunlaridagi multipleksorlar berilgan, masalan 64 kbit/s dan ortiq, sig'imga ishlov beraolmagan hollarda foydalaniladi.





    Xulosa
    Ushbu bobda bayon etilganlardan xulosa qilib aytish mum- kinki, multipleksor/demultipleksorlar turli to‘lqin uzunlikli yoki to‘lqin uzunliklari diapozonidagi signallami bitta optik tola bo‘yicha birlashtirish yoki, aksincha, bitta tola bo‘yicha uzatilayotgan turli to'lqin uzunlikli signallarni muayyan to‘lqin uzunlikli alohida signallarga ajratish uchun qo‘llaniladigan passiv optik qurilmalar


    252


    www.ziyouz.com kutubxonasi




    bo‘Iib, ular ko‘p sonli axborotlar oqimini bitta tolali optik liniya bo‘yicha uzoq masofalarga uzatishning iqtisodiy jihatdan samarali yechimiga erishish imkonini beradi.

    Download 1 Mb.
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   160




    Download 1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    NEL firmasi tomonidan ishlab chiqilgan 32 kanalli multipleksorning texnik parametrlari

    Download 1 Mb.