• Optik sirkulatorlar
  • Optik sirkulatorning sxemasi
  • Optik izolatorning tuzilish sxemasi va ish prinsipi




    Download 1 Mb.
    bet105/160
    Sana13.01.2024
    Hajmi1 Mb.
    #136728
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   160
    Bog'liq
    Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)

    8.6-rasm. Optik izolatorning tuzilish sxemasi va ish prinsipi:
    a — to'g'ri yo'nalishdagi foydali optik signal undan to‘siqlarsiz o'tadi;
    b — teskari yo ‘nalishdagi zararii signal qutblagich orqali
    о ‘tmaydi


    237


    www.ziyouz.com kutubxonasi


    45° ga buriladi. Shundan so‘ng, ikkala turdagi nurlanish 1-prizmaga nisbatan 45° ga burilgan 2-prizmaga yo‘naltiriladi. 1- va 3-prizmalar qaytuvchanlik xususiyatiga ega bohganliklari uchun 4 — prizmaning chiqishidagi nurlanish qutblanmagan bo'ladi.


    Agar endi nurlanishni 4—3 prizmaga o‘ng tomondan yo'naltirsak, u bu prizma va 2-element orqali o‘tib, har bir (odatiy va noodatiy nur)ning qutblanish tekisligi 45° ga buriladi. Shu sababdan, bu ikki nur 1-elementga qutblanish tekisligi 90° ga burilgan holda yetib keladi va oqibatda 1-prizma orqali o‘tmaydi.
    Hozirgi vaqtda optik izolatorlarning 2-elementi, ya’ni Faradey yacheykasi temir-ittriy granati (YIG) yoki bu maqsadlar uchun yanada yaxshiroq mos keladigan material — titan II-oksidi (TiOi+CaSCh) dan tayyorlanadi.
    .Zamonaviy optik izolatorlarda quvvatning to‘g‘ri yo‘nalishdagi yo'qotishlari 1 dB dan kamroqni, teskari yo‘nalishdagi yo'qotishlar esa 50 dB dan ko'proqni tashkil etadi. Konstruktiv jihatdan optik izolatorlar diametri 30...60 mm bo‘lgan silindr ko‘rinishda tayyorlanadi.

      1. Optik sirkulatorlar

    Faradey hodisasidan yana bir turdagi tolali optik qurilmalar — optik sirkulatorlarni tayyorlashda ham foydalaniladi. Optik sirku­latorlar bitta kirish va bitta chiqishga ega bo'lgan ikki portli optik izolatorlardan farqli ravishda 3 yoki 4 portli qurilma bo'lib, ular bitta kirish va ikkita chiqish yoki ikkita kirish va ikkita chiqishga ega bo‘lishi mumkin. Optik tola bo'ylab tarqalayotgan nurlanishning bu portlar orasidagi taqsimoti uning tarqalish yo'nalishi bilan aniqlanadi.

      1. rasmda 3-portli va 4-portli sirkulatorlarning sxemasi keltirilgan. Sxemasi 8.7-a rasmda keltirilgan У-tusdagi sirkulator quyidagi xususiyatlarga ega. Unda 1-portga kiritilgan nurlanish, 2-portga boradi. Biroq 2-portga kiritilgan nurlanish 1-portga qaytmaydi, balki 3-portga boradi, 3-portga kiritilgan nurlanish 2- portga bormaydi.

      2. b rasmda keltirilgan sxema bo‘yicha tayyorlangan sirkula­tor quyidagi xossalarga ega: 1-portga kiritilgan nurlanish 2-portga


    238
    www.ziyouz.com kutubxonasi




    boradi, 2-portga kiritilgan nurlanish 3-portdan chiqadi, 3-portga kiritilgan nurlanish 4-portga boradi. 4- portga kiritilgan nurlanish 1-portga bormaydi. Boshqacha aytganda, bu turdagi sirkulator ikkiga parallel ulangan У-tusdagi sirkulator vazifasini o‘taydi.





    8.7-rasm. Optik sirkulatorning sxemasi


    Optik sirkulatorning ish prinsipi optik izolatorning ish prin- sipiga o‘xshaydi. Faqat uning tarkibiga izolatordagi elementlardan tashqari uch qirrali prizma kiritiladi.
    Bu prizma nurlanishni bitta yo'nalishda to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yo‘naltirib, qarama-qarshi yo‘nalishda 90° ga buradi. Optik sirqulatorlar quyidagi xarakteristikalarga ega: yo‘qotishlar qiymati < 1,2 dB, izolatsiya darajasi >40 dB, kesishuvchi halaqitlar qiymati <59 dB, teskari yo‘nalishdagi qaytarishlar qiymati <50 dB, qutblanish sezgirligi 0,2 dB dan kam.
    Foydali kirish signali qutblagich (1) orqali o‘tib, gorizontal tashkil etuvchisini bartaraf etib, o'zining vertikal tashkil etuvchisini o'zgarishsiz qoldiradi.
    So‘ng vertikal qutblangan yorug‘lik Faradey yacheykasi (2) orqali o‘tadi, qutblanish tekisligini 45° ga buradi va tahlillagich (3) orqali qarshiliksiz o‘tadi.
    Yorug'likning teskari yo'nalishda tarqalishida (8.6-rasm) u yana tahlillagich (3) tekisligida qutblanadi, so‘ng Faradey yacheykasi (2) orqali o‘tib, gorizontal qutblagan holga keladi. Shu tariqa yorug'lik nurining qutblagich (1) o'qlari burilish burchagi 90° ni tashkil etadi, shu sababdan qutblagich (1) teskari nurlanishni o‘tkazmaydi [1].


    239


    www.ziyouz.com kutubxonasi


    1





    Download 1 Mb.
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   160




    Download 1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Optik izolatorning tuzilish sxemasi va ish prinsipi

    Download 1 Mb.