Akustooptik qayta sozlanuvchi filtrlar
Akustooptik texnologiya qutblanish tekisligini o‘zgartirishga asoslangan filtrlash texnologiyalarining eng istiqbollisi hisoblanadi. Akustooptik filtr litiy niobatidan tayyorlangan yarimo‘tkazgichli kristall bo‘lib, uning sirtida titanli to'lqin uzatkich shakllantiriladi. Bu kristallga akustooptik to'lqinlaming 170 — 180 MHz chastotali generator bilan boshqariladigan pyezoelektrik vibratori montaj qilinadi (8.4-rasm).
Vibrator qurilmaning markazida asosiy yorug'lik oqimiga burchak ostida joylashgan yupqa pardali akustik to'lqin uzatkich bo'yicha tarqaladigan sirtqi akustik to'lqin (SAT) hosil qiladi. Undan o‘ng va chap tomonga yorug'lik oqimini qutblanish bo'yicha parchalagichlar joylashtiriladi.
233
www.ziyouz.com kutubxonasi
Kirish parchalagichi kirish oqimini akustik to'lqin uzatkichdan o‘tadigan ТЕ (pastda) va TM (yuqorida) modalarga ajratadi. Sirtqi akustik to‘lqinlar bu to‘lqin uzatkichda sindirish ko'rsatkichining sinusoidal qonun bo'yicha o'zgarishini (Bregg akustik panjarasining hosil bo‘lishini) yuzaga keltiradi.
Shu tariqa Bregg «akustik» difraksiyasi yoki to‘lqin uzunlik- laridan biriga tegishli qutblanish tekisligining 90° ga burilishiga sharoit yaratiladi. Bu to'lqin uzunligi chiqishdagi ikkinchi parcha- lagich tomonidan multipleksordan chiqarib olinuvchi optik eltuvchi sifatida filtrlanadi.
Bu turdagi filtrning afzalligi shundaki, u sirtqi akustik to‘lqinlar manbayi bo'lgan boshqaruvchi generator chastotasini va shu tariqa Bregg panjarasi doimiysini o'zgartirish yo‘li bilan filtrlash to‘lqin uzunligini o'zgartirish imkonini beradi.
Eiltrni bitta optik eltuvchi, eltuvchilar guruhi yoki barcha eltuvchilarni ajratish uchun qayta sozlash mumkin. Kiritiladigan yo'qotishlarning pastligi, iste’mol quwatining kamligi, qayta sozlash diapazonining kengligi (3-shaffoflik darchasida 80 nm atrofida) ham bu turdagi filtrlarning afzalliklaridan hisoblanadi. Ularning ish tarzi ma’lumotlarni uzatish tezligiga bog'liq emas, qurilmaning harorat bo‘yicha barqarorligi maxsus barqarorlashtiravchi quril- malar (stabilizatorlar) tomonidan bartaraf etiladi.
Optik izolatorlar
Optik signal tola bo‘ylab tarqalish chog‘ida uning nobirjins- liklaridan, ayniqsa, tolaning ulangan joylaridan aks etishi mumkin. Bunday aks etishlar natijasida nurlanish quwatining muayyan qismi teskari yo‘nalishda qaytadi. Yorug'lik manbayi sifatida lazer diodidan foydalanilgan holda aks etgan nurlanish uning rezonatoriga tushib, majburiy nurlanishlar — foydali signalga qo‘shimcha tarzda zararli signallar, ya’ni shovqin ham hosil qiladi.
Ko‘p sonli ajraluvchi va ajralmas ulagichlar va boshqa xil optik qurilmalar — tarmoqlagich, spektr bo'yicha zichlashtirish qurilma- lari, optik kuchaytirgichlardan tarkib topgan keng polosali tarmoqlarda bunday teskari aloqa xatarli tus olib, nurlanish manbayi shovqin sathining ortishiga olib keladi.
234
www.ziyouz.com kutubxonasi
Sirtqi akustik to ‘Iqinlaridan
foydalanishga asoslangan yupqa pardali to'lqin uzatkich
Optik kirish
signali
A A
I -
—Ko ‘ndalang qutblangan magnit tashkil etuvchi Ko ‘ndalang qutblangan elektr tashkil etuvchi
|