• Optik flltrlar
  • -bob. OPTIK ATTENYUATOR, OPTIK FILTRLAR, IZOLATOR VA SIRKULATORLAR




    Download 1 Mb.
    bet99/160
    Sana13.01.2024
    Hajmi1 Mb.
    #136728
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   160
    Bog'liq
    Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)

    8-bob. OPTIK ATTENYUATOR, OPTIK FILTRLAR,
    IZOLATOR VA SIRKULATORLAR


      1. Optik attenyuatorlar

    Ayrim hollarda, o'zgarmas sathli yoki raqamli yoxud analog signal ko‘rinishda mujassamlashgan nurlanish quwatini birmuncha susaytirish zarurati tughladi. Chunonchi, katta sathh raqamli optik signal qabul qiluvchi optoelektron modulning asosiy element! bo‘lgan fotoqabulqilgichning to‘yinish rejimiga o‘tishiga olib kelishi mumkin. Analog ko'rinishli optik signallarni uzatish chog'ida quwat sathining haddan tashqari ortib ketishi fotoqabulqilgich chiqishidagi elektr signali shaklining nochiziqli buzilishlari va tasvirning yomon- lashuviga sabab bo‘ladi [1].
    Ana shunday hollarda optik nurlanish yoki optik signal quwatini susaytiruvchi passiv elementlar — attenyuatorlardan foydalaniladi.
    Attenyuatorlar ko‘pincha lazer uzatkichdan keyin joylashtiriladi. Attenyuatorlar lazer diodining chiqish quwatini, undan keyingi EDFA kuchaytirgichlari kabi qurilmalar talab etadigan sath bilan moslashtiradi.
    Yorug‘lik intensivligi fotodiodning dinamik diapazoni doirasidan chiqadigan darajada katta bo‘lgan qisqa optik tolali seksiyalarda attenyuator o'rnatish mumkin. Ular intensivlikni fotoqabulqilgich­ning dinamik diapazoniga mos keladigan sathgacha kamaytiradi.
    Ishlash prinsipiga ko‘ra attenyuatorlar so'nish qiymati bo‘yicha o'zgaruvchan va so‘nish qiymati qayd etilgan (o'zgarmas bo‘lgan) turlarga bo‘linadi.
    0‘zgaruvchan attenyuatorlar so‘nish qiymatini 0 — 20 dB oraliq- gacha o‘zgartirish imkonini beradi.
    0‘zgarmas attenyuatorlarda so‘nish qiymati ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi. Bu qiymat 0, 5, 10, 15 yoki 20 dB ni tashkil etishi mumkin [1].
    Attenyuatorlar tomonidan kiritiladigan so‘nish qiymati ±15 foizdan, optik aks etish sathi esa —40 dB dan ortmasligi kerak. Attenyuatodarning ishchi to‘lqin uzunliklari diapazoni eng ko‘pi


    227


    www.ziyouz.com kutubxonasi


    I




    bilan 1360 nm dan 1580 nm gachani va eng kami bilan 1200 nm dan 1480 nm gachani tashkil etishi kerak. Ularning odatiy ishchi to‘lqin uzunligi 1310 — 1580 nm oraliqda yotadi. Attenyuatorlarda QMDga bog‘liq bo‘lgan yo‘qotishlar 0,3 dB dan yuqori bo‘lmasligi kerak.

      1. Optik flltrlar

    Optik filtr uzatilayotgan umumiy nurlanish spektridan muayyan to'lqin uzunlikli nurlanishni ajratish uchun ishlatiladigan optik element bo‘lib, spektr bo‘yicha zichlashtirilgan tolali optik aloqa tizimlarida undan optik tola bo'ylab tarqalayotgan turli to'lqin uzunlikli optik signallar majmuini to'lqin uzunligi bo‘yicha alohida kanallarga ajratish maqsadida foydalaniladi.
    Yarimo‘tkazgichli fotoqabulqilgichlarning г»Д Жм.е-б/ь chas- totali nurlanish ta’sirida spektral tanlash xususiyatiga ega emasligini e’tiborga olsak, qo‘shni optik kanallarni bartaraf etib, faqat muayyan to‘lqin uzunlikli kanalni uzatish imkonini beruvchi optik filtrlarning muhim ahamiyatga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi.
    0‘zlarining shu xususiyatlariga ko‘ra optik flltrlar nafaqat alohida element sifatida, shuningdek, spektr bo'yicha zichlashtirilgan aloqa tizimlarida turli to‘lqin uzunlikli alohida signallarni guruhiy optik signalga birlashtiravchi multpleksorlar va bu guruhiy signalni alohida signallarga ajratuvchi demultipleksorlarning asosiy tarkibiy element! sifatida ham ishlatiladi.
    Hozirgi vaqtda optik filtlarning bir necha turidan foydalaniladi. Quyida ularning, ba’zilari haqida qisqacha to‘xtalib o'tamiz.

    Download 1 Mb.
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   160




    Download 1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. OPTIK ATTENYUATOR, OPTIK FILTRLAR, IZOLATOR VA SIRKULATORLAR

    Download 1 Mb.