|
Yulduzsimon tuzilishli yoki
|
bet | 96/160 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #136728 |
Bog'liq Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)Yulduzsimon tuzilishli yoki X tusdagi tarmoqlagich (star coupler). Bu turdagi tarmoqlagichlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning optik kirishlari va chiqishlari soni bir xil boMadi (7.6-d rasm). Optik signal n ta kirishlardan biriga kirib, n ta chiqishlar o‘rtasida teng taqsimlanadi. Bugungi kunda 2x2 va 4x4 tuzilishli yulduzsimon tarmoqlagichlar keng tarqalgan. Chalkashtirib yubormaslik uchun optik kirishlar lotin harflari bilan, optik chiqishlar esa raqamlar bilan belgilanadi. Yulduzsimon tarmoqlagichlar optik quwatni barcha chiqishlar o'rtasida teng taqsimlaydi.
7.7-rasmda daraxtsimon yoki У-tusdagi tarmoqlagichlarning tuzilish sxemasi keltirilgan.
Bu turdadi tarmoqlagichlar aksari ko‘pchilik hollarda nurlanish quwatini ikkiga bo‘lish uchun ishlatiladi (bunda ajratilgan nurlanish quwatlari o'zaro teng bo'lmasliklari mumkin).
Shu sababdan ularni ajratuvchi elementlar yoki ajratkichlar deb ham ataladi. Ajratkichlardan ko‘p kanalli optik tizimlarni tuzish va turli xil interferometrlar tayyorlash chog‘ida negiz element sifatida foydalaniladi.
219
www.2iyuu2.cemKB!BBxenasF
1
Chiqish
Chiqish
4
Chiqish
rasm. Optik tarmoqlagichning turlari:
a — daraxtsimon tarmoqlagich;
b — shahoblagich; d — yulduzsimon tarmoqlagich
-rasm. Daraxtsimon yoki Y-tusdagi tarmoqlagichning
tuzilish sxemasi
Nurlanishni optik tolaga kiritish va uni qaytadan chiqarishning samaradorligini oshirish uchun tuzilish sxemasi 7.8-rasmda keltirilgan nosimmetrik tuzilishli У-tusdagi tarmoqlagichdan foydalanish mumkin.
220
www.ziyouz.com kutubxonasi
D
7.8-rasm. Y-tusdagi nosimmetrik tarmoqlagichning
tuzilish sxemasi
Taglik (D)da konussimon tuzilishga ega bo'lgan (2) tola (tarmoqlagichning (1) yon yelkasi), konussimon tuzilishli (3) tola (tarmoqlagichning (2) yon yelkasi) va silindrik tuzilishli (4) tola (tarmoqlagichning umumiy yelkasi) mahkamlangan. Uchta tolaning uchrashish nuqtasi taglik teshigi (1) ning markazida joylashgan. Bu nuqtada ular bir-biri bilan qotgan holdagi sindirish ko'rsatkichi 1- , 2-, 3- tolalar o‘zaklarining sindirish ko'rsatkichiga yaqin bo‘lgan maxsus yelim bilan ulanadi.
Diametri 2 mm bo'lgan teshikka yaqin joyda yuqorida sanab o‘tilgan tolalarning uchlaridan yemirish yo‘li bilan qaytaruvchi qobiqlar olib tashlanadi. Nurlanish kichik diametrli (J2) 2-tolaning uchidan kiritiladi. Tolaning katta diametrli chiqish uchi, sxemada ko‘rsatilganidek, 3- va 4- tolalarning uchlari bilan biriktiriladi. Konussimon tuzilishga ega bo‘lgan 2-tolaning yig‘uvchi ta’siri tufayli nurlanishning uning chiqishidagi tarqalish darajasi kamayadi, natijada u qotib qolgan yelim hosil qilgan konussimon qatlamning ichki sirtiga burchak ostida tushadi va bunda to‘la ichki qaytish hodisasi ro‘y beradi.
Shunday qilib, nurlanish kichik diametrli 4-tolaning uchiga kiradi va shu sababdan 3-tolaga uning katta qismi qaytadi. Yuqorida tafsivlangan tarmoqlagichdagi yo‘qotishlar quyidagi qiymatlarga ega:
221
www.ziyouz.com kutubxonasi
nurlanish quwatini 2-toladan umumiy yelka — 4-tolaga uzatishda 1,5 dB, 4-toladan 3-tolaga uzatishda 2 dB, 2- va 3- tolalarning ajratilganlik darajasi 40 dB.
rasmda yulduzsimon tuzilishli yoki X-tusdagi tarmoqlagichning tuzilish sxemasi ko‘rsatilgan. Bu holda tarmoqlovchi element optik tolaning ikkita alohida bo‘lagidan tayyorlanadi. Bu tolalarning har birida ma’lum L uzunlikdagi ishchi qobiqning bir qismi yedirilib yoki yemirilib, so‘ng ikkala tola maxsus apparat yordamida kavsharlanadi.
Bunday texnologik jarayon natijasida tolalarning o‘zaklari L uzunlikda o‘zaro parallel holda joylashadi. Optik tola o‘zaklarining markazlari orasidagi masofa (H) va L uzunlikka bog‘liq ravishda o‘zaro ta’sirlashuv yuz beradi.
Chunonchi, A nuqtadan В nuqta tomon ma’lum masofada Bi yorug'lik uzatkichining modalar energiyasi B2 yorug'lik uzatkichiga o‘tadi.
Shundan keyingi tarqalish chog‘ida u yana Bi yorug‘lik uzatkichiga qaytadi. Muayyan oraliq — L masofada nurlanish quwati ikkala kanal bo'yicha teng ikkiga bo‘linadi. (Z kattalik II oraliqning o'lchamlariga va nurlanishning to‘lqin uzunligiga bog‘liq).
Aksari ko‘pchilik hollarda Jf-tusdagi tarmoqlagichlar xuddi shu maqsadda tayyorlanadi. Biroq aloqa kanal parametrlarini nazorat qilish uchun mo'ljallangan qurilmalarda tarmoqlash koeffitsiyenti 10 foizdan kichik bo'lgan Y-tusdagi tarmoqlagichlardan ham foydalaniladi.
Tolali optik tarmoqlagichlarning
parametrlari
Yuqorida ko‘rib chiqilgan har ikki turdagi tarmoqlagichlar qu- yidagi parametrlar bilan tafsivlanadi:
— uzatish koeffitsiyenti:
|
| |