|
Optik aloqa asoslari
|
bet | 92/160 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #136728 |
Bog'liq Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)3-bo‘lim
TOLALI OPTIK ALOQA TIZIMLARINING
PASSIV ELEMENTLARI
Zamonaviy tolali optik aloqa tizimlarida va bu tizimlarni tek- shirish va nazorat qilish uchun ishlatiladigan o‘lchov texnikasida diskret tuzilishli turli xil passiv optik elementlardan ham keng foydalaniladi.
Yorug‘lik signalini optik tolaga kiritish va undan chiqarish qurilmalari, optik ulagichlar, tarmoqlagichlar, attenyuatorlar, izolatorlar, filtrlar, polarizatorlar va boshqalar shular jumlasidandir. Quyida sanab o‘tilgan bu passiv elementlarga tegishli ma’lumotlarni qisqacha ко‘rib chiqamiz.
7-bob. YORUG'LIK NURLANISHINI OPTIK TOLAGA KIRITISH VA UNDAN CHIQARISH QURILMALARI.
TOLALI OPTIK ULAGICHLAR VA
TARMOQLAGICHLAR
Passiv optik qurilmalarning asosiy
parametrlari
Passiv optik qurilmalar ular uchun umumiy bo‘lgan bir qator parametrlar bilan tafsivlanadi: turg‘un va yuguruvchi to‘lqin koef- fitsiyentlari, passiv optik qurilma tomonidan kiritiluvchi yo'qo- tishlar, to‘lqin uzunligining ishchi diapazoni, ruxsat etilgan quwat sathi shular jumlasidandir.
Turg‘un va yuguruvchi to'lqin koeffitsiyentlari: к >r?. va kyug.
Optik tola bo‘ylab tarqalayotgan turg‘un va yuguruvchi to'lqm- larning ulushlarini ifodalovchi bu koeffitsiyentlar qurilmaning optik trakt bilan moslashish darajasini ko‘rsatadi. Bu koeffitsiyentlarning son qiymati yorug'lik nurlanishining ikki shaffof muhit chega- rasidan qaytishi, ya’ni aks etish koeffitsiyenti p bilan bog'liq va mazkur bog'lanish quyidagi munosabat orqali ifodalanadi:
> - 4„= < I+IpI)/( 1 (7-1)
210
www.ziyouz.com kutubxonasi
bunda - |p|= Vp akse / Ptush; P[ush va Paksc - mos ravishda shaffof muhitlar chegarasiga tushayotgan va undan aks etayotgan nurlanish quwatlari.
Muhitlarning ideal moslashish chog‘ida yorug'lik nurlanishi aks etmaydi, ya’ni Paksc.= 0; p = 0 va = 1; = 0 ga teng
bo‘ladi. Shaffof muhitlarning o'zaro moslashmaganligi uzatilgan optik signal shaklining buzilishiga va qo'shimcha yo‘qotishlarning yuzaga kelishiga olib keladi. Yorugdik impulslarining nurlanishning takroriy aks etishi tufayli buzilish jarayoni 7.1-rasmda ko‘rsatilgan.
Chizmalardan ko'rinadiki, yorug‘likning optik qurilmaning kirish va chiqish chegaralaridan takroriy aks etishi tufayli uning chiqishidagi natijaviy signal shakli kirish signalining to‘g‘ri burchakli ko‘rinishini takrorlamaydi. Mazkur jarayon bundan tashqari nurlanish impulsi kengligining ortishiga olib keladi.
|
| |