|
Nurlanish quwatini optik tolaga kiritish qurilmasi
|
bet | 94/160 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #136728 |
Bog'liq Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)7.2-rasm. Nurlanish quwatini optik tolaga kiritish qurilmasi:
A — nurlanish manbayi; 1 — sferik linza;
2 — konussimon tuzilishli bir rnodali optik tola;
3 — optik tolaning о ‘zagi
Tolali optik ulagichlar va ularning turlari
Optik tolalarni funksional qurilmalar bilan o'zaro ishonchli ulash tolali optik aloqa liniyalarini tashkil etishning eng muhim masalalaridan birihisoblanadi.
Optik ulagich optik aloqa liniya traktining turli komponenta- larini ulash uchun mo'ljallangan qurilma bo'lib, undan uzatuvchi va qabul qiluvchi optoelektron modullarni optik kabel tolalari bilan, shuningdek, kabelning qurilish uzunliklarini bir-biri ulash uchun foydalaniladi. Optik ulagichlarning ikki — ajralmaydigan va ajraladigan turlari mavjud.
Ajralmaydigan optik ulagichlar kabel tizimlarini doimiy montaj qilish joylarida qo'llaniladi va bu turdagi ulash optik tolalarni o'Zaro payvandlash usuli bilan amalga oshiriladi. Ajraladigan optik ulagichlar (ularni ko'pincha konnektor deb ham ataladi) optik aloqa
214
www.ziyouz.com kutubxonasi
liniyalari komponentalarini ko‘p martalab ulash/ajratish uchun ishlatiladi.
Amaliyotda ajraladigan optik ulagichlar optik kabelning ikki uchini uzatuvchi va qabul qiluvchi optoelektron modullarning asosiy elementlari — yorug‘lik manbayi va fotoqabulqilgichlar bilan ulashda, ajralmaydigan optik ulagichlar esa optik tolaning oraliq bo'laklarini ulashda qo'llaniladi.
Buning sababi shundaki, ajralmaydigan optik ulagichlarda ular tomonidan kiritiluvchi yo‘qotishlar sathi nisbatan past bo'lib, uning son qiymati 0,04 dB ni tashkil etadi.
Bundan tashqari, ajralmaydigan optik ulagichlar ulanishlarda aniq doimiylikni ta’minlaydi.
Ajraladigan optik ulagichlarda esa kiritiluvchi yo'qotishlar sathi nisbatan katta bo‘ladi.
Bu turdagi optik ulagichlardan, yuqorida qayd etilganidek, bir necha va ko'plab marta ulash-ajratish taqozo etiladigan hollarda, masalan, kommutatsiya panellarida yoki optik kanallarni krosslash maqsadlarida foydalaniladi.
Agar biz ulovchi qurilmani almashtirishni istasak, unda buni ajralmaydigan optik ulagichlarga qaraganda ajraladigan optik ulagichlar orqali amalga oshirish qulay.
Ajraladigan optik ulagichlarning tuzilishi
rasmda shtekerli ajraladigan optik ulagichning tuzilishi ko'rsatilgan. Bu ulagich foydalanish chog'ida bir-biri bilan ulanadigan ikki — uya va shtir qismlaridan tarkib topadi. Bu qismlar ulanishdan so‘ng o'zaro gayka bilan mustahkamlanadi (rasmda optik ulagich uyali qismining yuzasidagi rezba va gayka ko'rsatilmagan).
Ulagichlarga quyidagi talablar qo'yiladi: tuzilish jihatidan soddalik, kirituvchi yo'qotishlarining imkon qadar kam bolishi kerakligi, tashqi mexanik, atrof-muhit omillarining ta’siriga va bosh- qa ta’sirlarga bardoshlilik, yuqori darajadagi ishonchlilik, ko‘p martalab takroriy ulanishlarga nisbatan barqarorlik ana shu talablar sirasiga kiradi.
215
www.ziyouz.com kutubxonasi
d)
7.3-rasm. Shtekkerli ulagich:
a — uya; b — shtir; d — ulagichning
ajraladigan qismi; 1 — tola; 2 — kanal; 3 — birlashuvchi yuzalar
Ajralmaydigan optik ulagichlar
Ajralmaydigan optik ulashning keng tarqalgan usullaridan biri shishadan tayyorlangan nay yordamida ulash hisoblanadi (7.4- rasm).
Chizmadan ko'rinadiki, ulashning bu usulida ulanadigan optik tolalalar shisha nay ichiga ko‘ndalang kesimlari bir-biriga zichlash- tirilgan holda joylashtirilib, nay va tolalar o'rtasidagi oraliq kompaund qatlam bilan to‘ldiriladi.
Bii turdagi ulagichlarda kiritiluvchi yo'qotishlarning qiymati 0,29 dB ni tashkil etadi.
Optik tolalarni silindrsimon ariqchali plastina yordamida ulash usulidan ham foydalaniladi (7.5-rasm).
Bu usulda tayyorlangan ulagichlarda optik tolalar uchlarining ko'ndalang kesimlari aniq markazlashtirilib, so‘ng yopishtiriladi yoki payvandlanadi. Bu turdagi ulagichlarda kiritiluvchi yo'qotishlar sathi 0,5 dB ni tashkil etadi.
216
www.ziyouz.com kutubxonasi
|
| |