|
Lazer diodining nurlanish quwatiga tashqi
omillarning ta’siri
|
bet | 53/160 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #136728 |
Bog'liq Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)3.3.4. Lazer diodining nurlanish quwatiga tashqi
omillarning ta’siri
Shuni alohida aytish kerakli, lazer chegaralangan pik quwatli nurlanish manbayi hisoblanadi. Bu damlash tokining katta qiymatlarida quwatning kamayib borishi bilan bog‘liq. Lazer diodiga xos yana bir muhim xususiyat shundaki, atrof-muhit haroratining o‘zgarishi vatt-amper xarakteristikasi ko‘rinishining o‘zgarishiga olib keladi (3.19-rasm). Bu bo‘sag‘aviy tok va chiqish quwati qiymatlarining o‘zgarishiga olib keladi. Bu kamchilikni bartaraf etish uchun kompensatsiyalashning elektr sxemalari, shuningdek, mikrosovitkichlardan foydalaniladi.
3.20-rasmda lazer diodi nurlanishining yo‘nalganlik diagrammasi ko‘rsatilgan. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, lazer nurlanishining diagrammasi nosimmetrik quwatning yarim sathida o‘lchanganda uning kengligi o‘tishga parallel yuzada 20° dan kichik va perpen- dikulyar yuzada 40° dan katta (3.20-a rasm). 3.18-b rasmda o‘zaro perpendikulyar yo‘nalishlarda nurlanish quwatining burchakka bog‘liqligi ko'rsatilgan.
Yo‘nalganlik diagrammasi ellips konus ko‘rinishiga ega. Generatsiyalanadigan nurlanishning yetarli katta yoyilganligi, uni kichik sonli aperaturali optik tolaga samarali kiritishga to‘sqinlik
113
www.ziyouz.com kutubxonasi
rasm. Lazer diodi vatt-amper xarakteristikasining haroratga
bog'Iiq ravishda o‘zgarishi
rasm. Lazer diodi nurlanishining yo'nalganlik diagrammasi:
a — parallel va perpendikulyar yuzalardagi nurlanish kengligi;
b — о ‘zaro perpendikulyar yo ‘nalishlarda nurlanish quvvatining burchakka bog'liqligi
qiladi. Buning uchun maxsus moslashtiruvchi qurilmalarni qo'llash talab etiladi.
114
www.ziyouz.com kutubxonasi
Magistral tolali optik aloqa liniyalarida, asosan, signallar 1,3 va 1,55 mkm to‘lqin uzunliklarida uzatiladi. 1,55 mkm to‘lqin uzunligida so'nish qiymatlari kichik bo‘lganligi uchun retrans- latsiyasiz (/,= 100 km) uzun uchastkalarda ana shu to'lqin uzunlikdagi optik uzatish manbalaridan foydalanish samaralidir. Magistral aloqa liniyalari kabellari bir modali tolalardan iborat bo‘lgani uchun ham lazer diodidan foydalanish kerak. Zero, lazer diodining yo'nalganlik diagrammasi yorug'lik diodlarnikiga qararaganda tor va bu nurlanishning tolaga kiritishni osonlashtiradi.
3.3-jadvalda Rossiyaning «Nolatex» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan lazer diodlarining asosiy parametrlari berilgan. 3.4-jadvalda esa 1-shaffoflik darchasida qo‘llaniladigan lazer diodlarining asosiy parametrlari keltirilgan.
3.3-jadval
|
|
| |