|
Optik aloqa asoslari
|
bet | 51/160 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #136728 |
Bog'liq Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)Yll
./©000000
0 О О
0 — kovaklar q — elektronlar
rasm. Bir tomonlama geteroo‘tishli lazer:
tuzilishi (a); energetik diagrammasi (b); geteroo‘tuzilma
bo‘ylab sindirish ko‘rsatkichining taqsimoti (d)
110
www.ziyouz.com kutubxonasi
Agar sindirish ko‘rsatkichlari
п2>П\>п3
(3.16)
shartni qanoatlantirsa, yorug‘lik nurining 1-va 2-qatIamlar chegarasiga tushish burchagi 012 ning qiymati quyidagi tenglama bilan aniqlanadigan kritik qiymatdan katta bo‘ladi (3.17-rasm):
0k=arcsin(H2/H1).
(3.17)
Shunga o‘xshash holat 2- va 3-qatlamlar chegarasida ham kuzatiladi. Shunday qilib, agar aktiv qatlamning sindirish ko‘rsat- kichi uni yon tomonlardan o‘rab turgan qatlamlarning sindirish ko‘rsatkichlaridan katta bo‘lsa, ya’ni (3.12) tengsizlik bajarilsa, elektromagnit nurlanish qatlamlar chegarasi tekisligiga parallel ravishda tarqaladi.
3-qatlam (GaAl^As)
2-aktiv qatlam (p-GaAs)
1-qatlam (n-GaAs)
3.17-rasm. Geteroo‘tishli tuzilmalarda to‘lqin uzatish
Natijada, to‘lqin uzatish hodisasi nurlanishning aktiv sohadan aktiv bo‘lmagan qo'shni sohalarga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi, ya’ni optik yo‘qotishlami kamaytirishga ko‘maklashadi. Sindirish ko‘rsat- kichining o‘tishdagi o‘zgarishi 10 foizgacha bo‘lganida, nurlanishning cheklanishi yorqin namoyon bo‘ladi.
Bunga faqat geteroo‘tishlar yordamida erishish mumkin. Gomotuzilishli lazerlarda aktiv sohaning sindirish ko‘rsatkichi qo‘shni sohalaming sindirish ko‘rsatkichlaridan atigi 0,1—1 foizga farq qilishi mumkin. Shu sababdan bir tomonlama geteroo‘tishli lazerlarda nurlanishning keskin cheklanishiga faqat geteroo‘tish chegarasidagina (2- va 3-qatlamlar orasidagina) erishiladi.
Yuqorida zikr etilgan ikkala omilning birgalikdagi ta’siri damlash bo‘sag‘a toki qiymatning 20...100 kA/sm2 dan 7...40kA/sm2 gacha kamayishiga va bir vaqtning o‘zida energetik diagramma og‘ish
111
www.ziyouz.com kutubxonasi
burchagining tangensi bilan aniqlanuvchi differensial kvant sa- maradorlikning 15—20 foizdan 35—50 foizgacha ortishiga olib keladi. Bir tomonlama geteroo'tishli tuzilmalar impulsli injeksion lazerlarda keng qo‘llaniladi. LPI va ILPI turidagi lazer diodlarida chastotalar ketma-ketligining oralig‘i 10 kHz ga teng bo‘lganida nurlanishning impuls quwati 1..25 W ni tashkil etadi.
|
| |