|
Optik aloqa asoslari
|
bet | 85/160 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #136728 |
Bog'liq Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)4 diapazon
0
-0,6 -0,4 -0,2 0 0,2 0,4 0,6
rasm. Max-Tsender interferometri turidagi eiektrooptik
modulyatorning uzatish funksiyasi
Quyidagi sxemada ikki turdagi elektrodlar — elektr maydonini modulyasiyalovchi yuguruvchi to‘lqin va bunday modulyator uzatish funksiyasining ishchi nuqtasini siljituvchi statik elektr maydoni hosil qiluvchi elektrodlar ko‘rsatilgan. Bunday ta’sirlashuv modulyator chiqishida signal modulyatsiya chuqurligini 20 db gacha oshirib beruvchi susayish koeffitsiyentiga erishish imkonini beradi. Bunda modulyatsiyalovchi kuchlanish optik eltuvchi harakatini bitta yelkada sekinlatadigan, boshqa yelkada esa tezlashtiradigan qilib qo‘yiladi. '
Bu hoi kuchlanish amplitudasi Um ni integral sxema uchun yaroqli sathgacha kamaytirish imkonini beradi.
196
4yoffi
wuBxonser
Modulyator tuzilishini maqbullashtirish va integral optik texno- logiyaning yutuqlari bu turdagi modulyatorning turli xil qurilmalarda va eng awalo SDH vaWDM tizimlarida keng qo‘llash imkonini beradi.
Akustooptik modulyatorlar
Tovush to'lqini optik muhitda sindirish ko‘rsatkichini davriy qonuniyat bilan o‘zgartiruvchi va difraksiya panjarasi vazifasini o‘tovchi tuzilma hosil qiladi.
Bu hodisaga asoslangan optik modulyatorlarda Breg yoki Raman — Nat difraksiyalarining hosil bo‘lish shartlaridan foydalaniladi. Chunonchi, birinchi holda bu shart quyidagi munosabat bilan aniqlanadi:
2Xab sine = rn'k, (6.14)
bunda Xab — panjara doimiysi vazifasini o‘tovchi kattalik; 9 — yorug‘lik nurining davriy panjarali kristall yon sirtiga tushish burchagi; m — qaytarish tartibi; X — yorug‘likning akustooptik yacheyka materialidagi to‘lqin uzunligi.
Axborot eltuvchisini modulyatsiyalash jarayoni bu holda ampli- tuda bo‘yicha modulyatsiyalangan tovush to‘lqini vositasida amalga oshiriladi. Bu to‘lqinning akustooptik material bilan ta’sirlashuvi, modulyatorning chiqish to‘lqini — difraksiyalangan to'lqin inten- sivligi (jadalligi)ni modulyatsiyalaydi. Modulatorning tezkorligi tovush signalining yorug'lik tutami ko‘ndalang kesimidan o‘tish vaqti bilan aniqlanadi va 10~7s tartibga ega.
Akustooptik modulyatorning ish prinsipi ba’zi optik jihatdan shaffof materiallarda (masalan, litiy niobatida) sindirish ko‘rsat- kichining bosimga bog'liqligidan foydalanishga asoslangan. Bu bosim modulyatorning asosiy, element! vazifasini o‘tovchi, akustooptik yacheyka yaratish uchun ishlatiladigan akustooptik material sirtiga yopishtirilgan pezokristall tomonidan generatsiyalangan akustik to‘lqinlar tufayli vujudga keladi (6.9-rasm).
Akustooptik modulyatorlar yetarli darajada oddiy va ishonchli • qurilmalardan hisoblanadi. Shunga qaramasdan ular muayyan kamchiliklarga ham ega. Bu kamchiliklar quyidagilardan iborat:
197
www.ziyouz.com kutubxonasi
L
/
/
Ultratovush manbayi
bo 'Igan
pyezokristall
rasm. Yorug‘lik nurining akustooptik modulyatordan
o‘tish sxemasi
uzatish funksiyasining nochiziqligi;
modulyatsiya chuqurligining modulyatsiya chastotasining ortishi bilan kamayishi. Bu hoi ulardan yuqori tezlikli modulya- tsiyalash sxemalarida foydalanishni chegaralaydi; .
modulyatsiyalangan lazer nurlanishi chastotasining modu- lyatsiyalovchi akustik chastota kattaligi qadar siljishi;
difraksiyalangan va tushuvchi yorug'lik tutamlari intensivlik- larining nisbati bilan aniqlanadigan difraksiya samaradorligining unchalik katta emasligi (bu samaradorlikni akustik signal quwatini oshirish hisobiga ta’minlash mumkin).
198
www.ziyouz.com kutubxonasi
|
| |