• Optik tarmoqlagichlar daraxtsimon va yulduzsimon tarmoqlagichlar, shaxoblagich
  • Optik kuchaytirgichlar nima uchun qo‘llaniladi?




    Download 14,09 Kb.
    bet3/4
    Sana16.01.2024
    Hajmi14,09 Kb.
    #138669
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Optik aloqa tizimlari-fayllar.org
    1. Anketa (talabalar), 3-mavzu, conference, 12 labaratoriya ishi, Маълумотлар тузилмаси ва алгоритмлар узб, Abduvositaka, Saralash algoritmlari, Akademik yozuv 2 Omonboyev Rashidbek 12, kontakt hodisalar, golosariy, Operatsion tizimlar uz, 1 - lesson (internet), 2-маруза мавзуси Симулятор, dars tahlili, 6666666666666666666666666666666666666
    3. Optik kuchaytirgichlar nima uchun qo‘llaniladi?
    Ajralmaydigan optik ulashni keng tarqalgan usullaridan biri shishadan tayyorlangan trubka yordamida ulash hisoblanadi (11.4-rasm). Bunday ulashda kiritiluvchi so‘nish qiymati 0,29 dBni tashkil etadi.
    Dumaloq ariqchali–plastina yordamida tolalarni ulash (11.5-rasm) usulida kiritiladigan so‘nish sathi 0,5 dB ni tashkil etadi [4]. Tola oxirlari aniq markazlashtirilib, so‘ng yopishtiriladi yoki payvandlanadi.

    /
    Ajralmaydigan optik ulashda optik tolalarni doimiy ulash, payvandlashdan keng foydalaniladi. hozirda payvandlash qurilmalari, amaliyoti takomillashib bormoqda. Natijada payvandlashli ulash usuli qo‘llanilganda kiritiluvchi so‘nish qiymatlari bir modali va ko‘p modali tolalar uchun 0,04-0,1 dB ni tashkil etadi.


    Ko‘p modali tolalarda payvandlashli ulash sifatiga ta’sir qiluvchi, tolani o‘ziga bog‘liq bo‘lgan omillar mavjud. Bu omillarga tola diametrlarini, sonli aperturalarini va sindirish ko‘rsatkichlarini mos kelmasligi, o‘zakni qobiq markazida joylashmasligi kiradi.
    Bir modali tolalarda (dispersiyasi siljimagan holda) payvandlash sifatiga ta’sir qiluvchi asosiy omil bu tolalarni moda maydoni diametrlarini mos kelmasligi hisoblanadi.
    Shuningdek, bo‘ylama va burchakli siljishlar, o‘zakni ifloslanishi va deformatsiyasi ham payvandlash sifatiga ta’sir qiluvchi omillardir. Bu omillarni ta’siri malakali texniklar, tola oxirlarini aniq markazlashtiruvchi avtomatik tenglashtiruvchi qurilmalarni va zamonaviy payvandlash qurilmalarni ishlatish hisobiga minimumga yetkazilishi mumkin [6].

    Optik tarmoqlagichlar daraxtsimon va yulduzsimon tarmoqlagichlar, shaxoblagich
    TOA tizimlarini eng muhim passiv elementlaridan biri optik tarmoqlagich (coupler) hisoblanadi. Tarmoqlagichlar kabelli televideniyening taqsimlangan tolali-koaksial tarmoqlarini qurishda, shuningdek davlatlararo to‘liq optik tarmoqlarni loyixalashtirishda keng qo‘llaniladi. Ikkala holda ham tarmoqlagichlar qo‘llanilmaganda, tarmoq juda qimmatga tushardi [1]. Tarmoqlagichlar yorug‘lik oqimlarni bir necha yo‘nalishlarga ajratadi yoki bir necha oqimlarni bitta yo‘nalishga birlashtiradi.
    Splitter (cplitter)-odatda bir kirish va bir necha chiqishdan iborat qurilma. U signallarni ikki yo‘nalishda uzatish uchun yoki oqimni ikki yoki undan ortiq qurilmalarga va foydalanuvchilarga taqsimlash uchun ishlatilinishi mumkin.
    Kombayner (combiner)-odatda bitta chiqish va ikki yoki undan ortiq kirishiga ega qurilma. U bir yo‘nalishli yoki ikki yo‘nalishli operatsiyalarni bajarish uchun qo‘llanilishi mumkin [6].
    Tarmoqlagichning asosiy turlari quyidagilardir: daraxtsimon tarmoqlagich; yulduzsimon tarmoqlagich; shaxoblagich.
    Daraxtsimon tarmoqlagich (tree coupler) signal oqimini bitta kirishga qabul qilib, uni bir necha chiqishlarga taqsimlovchi va bunga teskari vazifani bajaruvchi qurilma. U signalni manbadan bir necha foydalanuvchilarga taqsimlash uchun qo‘llaniladi (16.1,a-rasm). Odatda daraxtsimon tarmoqlagichlarda quvvat hamma chiqishlarga teng taqsimlanadi. Daraxtsimon tarmoqlagichni hozirgi modelida chiqishlar soni 2 dan 32 gacha bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina daraxtsimon tarmoqlagichlar signallarni birlashtirish vazifasini ham bajarishi mumkin.
    Yulduzsimon tarmoqlagichda(star coupler) kirish va chiqishlar soni bir xil. Optik signal n kirishlardan biriga tushadi va n chiqishlar o‘rtasida teng taqsimlanadi. 2x2 va 4x4 yulduzsimon tarmoqlagichlar keng tarqalgan. Aralashtirib yubormaslik uchun kirishlar lotin xarflari va chiqishlar son bilan belgilangan (16.1,b-rasm). Yulduzsimon tarmoqlagichlar barcha chiqishlar o‘rtasida quvvatni teng darajada taqsimlaydi.
    Shaxoblagich (otvetvitel) (tap) - bu chiqishlariga quvvat teng taqsimlanmaydigan, daraxtsimon tarmoqlagichni umumlashganidir (16.1,v-rasm). Ular 1x2, 1x3, 1x4, 1x5, 1x6, 1x8, 1x16, 1x32 tuzilishli bo‘lishi mumkin. Chiqish quvvatini ma’lum bir qismi (50% dan kam) shaxoblantirgich kanaliga (kanallariga) boradi, katta qismi esa magistral kanalda qoladi. Chiqishlari quvvatni kamayishi tartibida raqamlanadi [1].
    Optik tarmoqlagichlar celektiv (to‘lqin uzunligiga sezgir) va noselektiv (to‘lqin uzunligiga sezgir bo‘lmagan)ga bo‘linadi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan optik tarmoqlagichlar noselektiv elementlarga kiradi.


    Download 14,09 Kb.
    1   2   3   4




    Download 14,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Optik kuchaytirgichlar nima uchun qo‘llaniladi?

    Download 14,09 Kb.