|
Optik signallarning qanday xususiyatlarini bilasiz?
|
bet | 1/24 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 15,81 Mb. | | #243747 |
Optik signallarning qanday xususiyatlarini bilasiz?
Optik aloqa (OA) bu axborot yorug’lik nuri ko’rinishida optik tola bo’ylab yoki ochiq fazo atmosferada uzatiladigan aloqadir.
Optik aloqada signallar 3*10^8 m/s yorug’lik tezligida hamda to’g’ri chiziqli tarqaladi. Signal tashuvchilar – fotonlar hisoblanadi.
Optik signallar yordamida axborotlarni ma’lum masofalarga uzatishga mo’ljallangan, ya’ni optik signallarni shakllantirishni, qayta ishlashni, uzatishni ta’minlovchi optik qurilmalar va optik uzatish liniyasi yig’indisiga optik aloqa tizimi (OAT) deb ataladi.
Optik aloqa tizimlari elektr tizimlardan qanday xususiyatlari bilan farqlanadi?
optik tolani montaj qilish va xizmat ko‘rsatishning murak- kabligi. Elektr kabelli tizimlarga nisbatan optik kabelli tizimlarni qurish, undan texnik foydalanish, o‘lchov va montaj ishlari mu- rakkab bo‘hb, juda yuqori malakani talab etadi;
Optik tola
dielektrik materiallar — Icvars, ko'p tarkibli shisha, polimerlardan
tayyorlanganligi uchun u elektromagnit nurlanishni induksiyalash
xususiyatiga ega, atrofidagi mis kabelli tizim va elektr qurilmalarning
(elektr uzatish liniyalari, elektrodvigatelli uskuna va boshqalar)
tashqi elektromagnit shovqinlariga ta’sirchan emas. Shuningdek,
ko'p tolali optik kabellarda ko'p juftli mis kabellarga xos elektro
magnit nurlanishlarning o'zaro ta’siri kabi muammolar yuzaga
kelmaydi.
Optik kabellarning bu afzalligi tufayli ishlab chiqarish korxona-
lari, boshqaruv markazlari, samolyot va kema kabi transport
vositalarida foydalangan ma’quldir. Chunki shu kabi kichik joylarda
ham energetik qurilmalar, ham avtomatika va teleboshqaruv
tizimlari, ham ko'p sonli abonent qurilmalaridan iborat tarmoq-
langan aloqa tarmoqlari joylashgan bo'ladi. Bunday holatda
elektromagnit va o'zaro shovqinlar yuzaga keladi. Optik kabellarning
esa bunday shovqinlarga ta’sirchan emasligi aytib o'tildi.
An’anaviy elektr aloqa tizimlarida axborot eltuvchi vazifasini
eiektromagnit to'lqinlar axborotni uzatuvchi muhit xizmatini esa
elektr o'tkazgich simlar o'taydi. Bu hol ushbu turdagi aloqa tizimi
ning halaqitlar (tashqi elektr va magnit maydonlarining ta’siri)ga
bardoshüligini ta’minlash choralarini ko'rishni talab etadi va natijada
aloqa hniyalarining o'lchamlari va vaznining ortishiga olib keladi.
Tolali optik aloqa (TOA) tizimining tuzilish prinsipini tushuntiring.
|
| |