|
Оптималлаштирилган ўқув дастури
|
bet | 103/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриKompozitsion faoliyat (18 soat)
a) Rangtasvir kompozitsiyasi (6 soat)
- o’quvchilarda ijodiy qobiliyat va badiiy didni o’stirish;
o’quvchilarda tasviriy san’atdan maxsus bilimlarni tarkib topdirish;
chizish va mo’yqalam bilan ishlash malakalarini o’stirish;
qog’oz yuzasida kompozitsiya elementlarini maqsadga muvofiq joylashtirishga, ularni o’lchov va rang jihatidan to’g’ri olishga o’rgatish;
bo’yoqlar yordamida rasmdagi kayfiyatni (quvonchli, ma’yuslik, tashvishli va boshqalar) ifodalay olish;
o’quvchilarda xotira va kuzatuvchanlikni o’stirish;
qog’oz yuzasini tasvir bilan mavzu mazmuniga muvofiq ravishda to’ldirish va planlilikni tasvirlashga o’rgatish.
Namunaviy topshiriqlar
"Shamol esyabdi", "Momaqaldiroq oldidan", "Shahrimiz ko’chalari", "Oqshom", "Qish ziynati", "Varrak uchirish musobaqasi", "Qushlar uya qurmoqda", "Daraxtlarning qishgi ko’rinishlari", "Bayram libosidagi shahar", "Yelkanli qayiqlar musobaqasi", "Kuz ne’matlari", "Hosil bayrami" mavzusida shuningdek, “Yaxshilikka yomonlik”, “Shamol botir” nomli ertaklar syujetlari asosida rasm ishlash. Navro’z-bahor bayrami. “Qanotli do’stlar” mavzusida mustaqil ravishda va jamoa tarzida rasmlar ishlash.
b) Dekorativ kompozitsiya (6 soat)
- dekorativ kompozitsiyalarda ritmning mohiyati, buyum bilan uning bezagi o’rtasidagi bog’liqlik haqida dastlabki tushunchalar hosil qilish;
o’quvchilarni birinchi sinfdagiga nisbatan yo’lsimon va to’rtburchak shaklidagi naqshlarning xususiyatlari bilan chuqurroq tanishtirish;
naqsh ishlash yuzasidan badiiy ijodiy qobiliyatlarni yanada o’stirish;
o’zbek xalq amaliy san’atining eng muhim xususiyatlari bilan tanishtirish;
dekorativ kompozitsiyaning umumiy shaklini hisobga olib, rasmni qog’oz betida to’g’ri joylashtirish yuzasidan bilim va malakalarni mustahkamlash;
o’zbek xalq amaliy san’ati an’analariga rioya qilgan holda dekorativ ishlarga mos rang tanlashga o’rgatish;
mo’yqalam va bo’yoqlar bilan ishlash malakalarini o’stirish;
bu sinflarda o’quvchilarga iliq va sovuq ranglar, rang tuslari, xromatik va axromatik ranglar, ularning nomlari va tuslari haqida tushuncha berish.
|
| |