• Namunaviy topshiriqlar
  • 2 – sinf Borliqni idrok etish
  • v) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi




    Download 1,7 Mb.
    bet101/216
    Sana15.01.2024
    Hajmi1,7 Mb.
    #137371
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   216
    Bog'liq
    Оптималлаштирилган ў ув дастури

    v) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi (6 soat)
    - o’quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni o’stirish;

    • loy va plastilin bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;

    • narsalarning hajmi, shaklini his qilish hamda ularni tasvirlash, chamalash qobiliyatlarini o’stirish;

    • ma’lum bir mazmunni haykaltaroshlikning ifodalilik vositalari yordamida tasvirlashga o’rgatish.

    Namunaviy topshiriqlar
    "Tovuq va jo’jalar", "O’rdak va o’rdakchalar" mavzusida kompozitsiyalar ishlash. "Sabzavot va mevalar", "Ajdarho", "O’yinchoq toychoq", puflab chalinadigan "O’yinchoq hushtak" mavzularida dekorativ haykallar ishlash.
    Foydalanish uchun tavsiya etiladigan tasviriy san’at
    asarlarining ro’yxati:
    N. Karaxan “Oltin kuz”; B. Jalolov “Usta ayol”; I. Haydarov “Oltin kuz”; O’. Tansiqboev “Tog’da kuz”; “O’zbekistonda mart”; “Yusufxona”; “Jonajon o’lka”; K. Bogoduxov “Qorasuvda bahor”; P. Temirov “Bibixonim hovlisida bahor”; Z. Inog’omov “Bahor”; “Choyga”.


    2 – sinf
    Borliqni idrok etish (3 soat)
    Borliqni idrok etish mashg’ulotlarining vazifalari quyidagilardan iborat:

    • o’quvchilarning borliq haqidagi tasavvurlarini boyitish hamda chuqurlashtirish, yil fasllaridagi manzara va kayfiyatga (quvonchli, g’amgin, hayolchan, tashvishli) nisbatan sezgirligini oshirish;

    • bolalarda jonajon tabiatga bo’lgan muhabbat tuyg’usini rivojlantirishga erishish; uning go’zalliklarini qadrlash tuyg’usini tarkib topdirish;

    • yil fasllarining o’ziga xos go’zalligini ko’ra bilishga o’rgatish;

    • hayvonot olamining turli-tumanligi bilan tanishtirish.

    O’quvchilarning borliq haqidagi tasavvurlari va tushunchalarini boyitish maqsadida turli fasllarda tabiat qo’yniga sayrlar tashkil etiladi. Sinfda yil fasllariga doir slaydalar, reproduksiyalar ko’rsatiladi. Kuzatilgan tabiat manzaralarini xotiradan rasmlarini chizadilar. Tabiatni kuzatish jarayonida bolalarning e’tibori odamlar, daraxtlar, uylar, bulutlar, hayvonlar, qushlar va ularning o’ziga xos shaklga ega ekanligiga, qaratiladi. Hayvonlar, qushlar, baliqlarning slayd va suratlarini kuzatish orqali ularning rasmlari chizdiriladi. Bular o’z navbatida o’quvchilarning mavzu asosida rasm chizish borasidagi tasavvurlari, tushunchalarini boyitib boradi.

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   216




    Download 1,7 Mb.