• Grafika (qalamtasvir)
  • Amaliy va dizayn san’ati
  • Оптималлаштирилган ўқув дастури




    Download 1,7 Mb.
    bet97/216
    Sana15.01.2024
    Hajmi1,7 Mb.
    #137371
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   216
    Bog'liq
    Оптималлаштирилган ў ув дастури

    Rangtasvir yo’nalishi dasturdagi eng salmoqli qism bo’lib, unda o’quvchilar tasviriy faoliyatning oddiy ko’rinishlari (nuqtaga qarab tasvirlash)dan tortib, murakkab shakllari (eskizlar asosida tematik kartina, dastgoh rangtasviri namunasini yaratish)da o’zlarini sinab ko’radilar; manzara va portret janrlarida rang orqali kayfiyatni ifodalash, miniatyura usulida illyustrativ kompozitsiyalar ishlashni amalda bajaradilar; turli oqim yo’nalishida ishlangan asarlarning talqinini o’rganadilar va amaliy mashqlar bajaradilar; rangshunoslik va uning texnologik jarayonlariga oid nazariy va amaliy bilimlarini boyitadilar.
    Grafika (qalamtasvir) yo’nalishidagi mashg’ulotlar ham keng qamrovli materiallarni o’qitishni nazarda tutadi. Eng muhimi, o’quvchilarda qalamtasvir badiiy ijodning barcha turlarining asosi ekanligini amaliy-tasviriy faoliyatda his etishga imkon yaratadi.
    Haykaltaroshlik mashg’ulotlarining salmog’i boshlang’ich sinfdagiga nisbatan kamaygan bo’lsada, uning mazmuni, shakl va kompozitsion «yuklamalari» ancha murakkablashganligi bois o’qituvchidan har bir darsga puhta tayyorgarlik ko’rishni talab etadi.
    Dasturda haykaltaroshlik mashg’ulotlari mavzularining umumiyligi (rangtasvirda portret, qalamtasvirda portret, haykaltaroshlikda portret), o’zaro bog’liqligi bilan bir qatorda xususiyligi (haykaltaroshlikda lirizm va dramatizm), uning o’ziga xos turlari (dastgoh, monument, xiyobonlar uchun ishlanadigan dekorativ haykallar, hajmli haykaltaroshlik, yarim qabariq ((relef) haykaltaroshlik), haykaltaroshlikning ifodaviy vositalari kabi komponentlariga alohida e’tibor berish lozim.
    Me’morlik san’atiga oid materiallarni o’tishda ham kompleks yondashuv talab etiladi. 5-sinfda asosan me’morlik tarixiga oid materiallar, 6-7-sinflarda me’moriy ko’rinishlar aks ettirilgan manzara, me’moriy mavzuda tarixiy xarakter kasb etuvchi kompozitsiyalar va nihoyat, me’morlik obidalarining elementlarini yasash va ularni yaxlit kompozitsion ansamblga yig’ish.
    Amaliy va dizayn san’ati o’z mazmuni, mohiyatiga ko’ra bir yo’nalishga birlashtirildi. Boisi, dizayn san’ati bo’yicha dasturda berilgan mavzu va topshiriqlarda (milliy zamonaviy libos eskizi, interer eskizi) amaliy san’at elementlaridan foydalanish ko’zda tutilgan.
    Dizayn san’ati nisbatan yangi san’at turi. Shuning uchun o’ziga xos terminologiyasini o’quvchilarga tushuntirib berish lozim. Zero, dizayn turmushning barcha jabhalarida mavjud. Shu jihatdan dizayn san’ati bo’yicha nazariy va amaliy mashg’ulotlar o’quvchilarda yuksak madaniyatni shakllantirib boradi.

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   216




    Download 1,7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Оптималлаштирилган ўқув дастури

    Download 1,7 Mb.