• Kompozitsion faoliyat
  • b) Naturaga qarab haykal ishlash




    Download 1,7 Mb.
    bet95/216
    Sana15.01.2024
    Hajmi1,7 Mb.
    #137371
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   216
    Bog'liq
    Оптималлаштирилган ў ув дастури

    b) Naturaga qarab haykal ishlash darslarida o’quvchilar naturani ko’ra bilish, uning shaklini, hajmini, tuzilishi va o’lchov nisbatlarini to’g’ri olishga o’rgatadi. Haykallarni alohida-alohida va yaxlit loy bo’laklaridan ishlash yo’llarini ham o’rganadilar. Bunday darslarda o’quvchilar hajmi va relefli haykallar ishlaydilar.
    Haykaltaroshlik ishlarida natura hajmdor qilib tasvirlanayotganligi tufayli ish jarayonida turli tomonlarga aylantirib turiladi. Dars o’tkazilayotgan xonada naturaning shakli yaqqol ko’rinib turishi maqsadga muvofiqdir.


    Kompozitsion faoliyat
    Kompozitsion faoliyat bo’limi quyidagi qismlardan tashkil topadi:
    a) rangtasvir kompozitsiyasi;
    b) dekorativ kompozitsiya;
    v) haykaltaroshlik kompozitsiyasi.
    a) Rangtasvir kompozitsiyasi mavzu asosida, xotira va tasavvurdan rasmlar ishlash tarzida tashkil etiladi. Bunda tanlangan mavzuga ko’ra, uning elementlari qog’oz yuzasida bir-biriga bog’liq holda joylashib, yaxlit kompozitsiyani hosil qiladi.
    Kompozitsiyada asar yaratishning muayyan qoidasini simmetriya, nosimmetriya, muvozanat, detallarning o’lchovi, shakli, rangi kabilarga rioya qilinadi.
    Rangtasvir kompozitsiyasi mashg’ulotlari asosan tevarak-atrofdagi hayotni aks ettiruvchi mavzularda rasm ishlashga asoslanadi. O’quvchilar mashg’ulotning bu turida rasmni naturadan emas, balki xayoldan va tasavvurdan ishlaydilar.
    Rangtasvir kompozitsiyasi mashg’ulotlarining asosiy vazifalari o’quvchilarga narsalarning shakli, rangi, ularning tuzilishi haqidagi tushunchalar berish, eng qiziq mavzu tanlay olish, qog’ozda rasmini to’g’ri joylashtirishga o’rgatish kabilardan iboratdir.
    Kompozitsiya qonuniyatlarini o’quvchilar ongiga yetkazishda tasviriy san’at asarlarining reproduksiyalaridan foydalanish va ularni tahlil qilishning ahamiyati katta.
    Adabiy asarlarga illustrasiyalar ishlash esa o’quvchilarning eng qiziqarli mashg’ulotlaridan bo’lib, unda bolalar ertak, hikoya, masaldagi qahramonlarning obrazlarini o’z rasmlarida ifodalashga harakat qiladilar.
    Zamonaviy mavzulardagi asarlarga yoki dostonlarga hamda ertaklarga kompozitsiya ishlash uchun avvalo, bolalar mavzuga oid odam, hayvon rasmlari va ba’zi bir narsalarning o’ziga qarab rasmini chizib oladilar.

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   216




    Download 1,7 Mb.