• San’atni idrok etish
  • Naturaga qarab tasvirlash Naturaga qarab tasvirlash ikki turga bo’linadi: a) naturaga qarab rasm ishlash; b) naturaga qarab haykal ishlash. a) Naturaga qarab rasm ishlash
  • Оптималлаштирилган ўқув дастури




    Download 1,7 Mb.
    bet94/216
    Sana15.01.2024
    Hajmi1,7 Mb.
    #137371
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   216
    Bog'liq
    Оптималлаштирилган ў ув дастури

    Borliqni idrok etish
    Borliqni idrok etish mashg’ulotlarida kompozitsiyaga oid tegishli muhim ob’ektlarni yaxshilab kuzatadilar.
    Borliqni to’laqonli idrok etish, tevarak-atrofni, hayotdagi voqea va hodisalarni bevosita kuzatish asosida olingan taassurotlar, tushunchalar hamda atrof-muhitga nisbatan estetik munosabatda bo’lish bilan bog’liqdir.
    Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar o’simliklar, hayvonlar, qushlar, baliqlarni kuzatadilar, tabiatning turli fasllardagi ko’rinishlari, kayfiyati haqida tasavvurga ega bo’ladilar va ularni tasvirlaydilar.


    San’atni idrok etish
    Mazkur bo’limning maqsadi o’quvchilar tomonidan san’at asarlarini ongli idrok etish va baholash, uning jamiyat va odamlar hayotidagi ahamiyatini tushunishga yordam berishdan iborat.
    Badiiy obrazni idrok etish malakalarini rivojlantirish-san’at asarlarini o’rganishning asosidir. O’quvchilar asar haqida mulohaza yuritib, idrok etishni, uning mazmunini maxsus terminlarni qo’llagan holda so’zlab berishni bilishlari lozim.
    San’atni idrok etishga 1-4 sinflarda maxsus soatlar ajratilmaydi. U rangtasvir kompozitsiyasi, naturaga qarab tasvirlash mashg’ulotlarida amalga oshiriladi. 3-sinfdan boshlab esa san’atni idrok etish bo’yicha maxsus darslar tashkil etiladi.
    Naturaga qarab tasvirlash
    Naturaga qarab tasvirlash ikki turga bo’linadi:
    a) naturaga qarab rasm ishlash; b) naturaga qarab haykal ishlash.
    a) Naturaga qarab rasm ishlash o’quvchilarda narsa va hodisalarning hajmi va fazoda joylashuvi, ularning bir muncha tirik belgilari haqida tasavvurga ega bo’lish imkonini beradi, tasvirlash malakalarini o’stiradi.
    Naturaga qarab rasm chizish vazifalari 1-2 dars davomida va qisqa muddatli (5-15 daqiqa davomida bajaradigan lavha va chizgilar) bo’lishi mumkin. Xomaki ish va chizgilar darsning muayyan mavzusidan kelib chiqib, darsning boshlanish qismi, o’rtasi yoki oxirida bajarilishi mumkin. O’quvchilarning ko’rib, eslab qolish qobiliyatini, makon haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish uchun ularga eslab va tasavvur qilib rasm chizish bo’yicha ko’proq vazifa berish kerak bo’ladi.



    Download 1,7 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   216




    Download 1,7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Оптималлаштирилган ўқув дастури

    Download 1,7 Mb.