|
Оптималлаштирилган ўқув дастури
|
bet | 102/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриNamunaviy topshiriqlar
Tabiatning kuz, qish, bahor, yoz faslidagi ko’rinishlarini, gullar, dekorativ qushlar, parrandalar, baliqlar, shahar ko’rinishlarini idrok etish. Borliqni idrok etish jarayonida tanlangan mavzuga oid ob’yektlarning xomaki rasmlarini ishlash. "Yozgi ishlar" mavzusida suhbat.
Naturadan rasm ishlash (13 soat)
Naturaga qarab tasvirlash mashg’ulotlarining vazifasi quyidagilardan iborat:
a) Naturaga qarab rasm ishlash (8 soat)
Tasvirlanadigan narsalarning shakli, ularning taqsimlari, konstruktiv tuzilishi, makondagi holati, rangini rasmda to’g’ri tasvirlash malakalarini o’stirish;
to’rtburchak, dumaloq shakllar haqida tushuncha hosil qilish;
tik, yotiq, qiya chiziqlar chizish malakalarini yanada o’stirish;
tasvirlashda yordamchi chiziqlardan foydalanishga o’rgatish; rangning och va to’q tuslarini ko’rish va aks ettira olish malakalarini rivojlantirish (masalan, to’q qizil, och qizil);
bo’yoqlar bilan ishlaganda tasvirning zirh chizig’idan chiqib ketmagan holda bo’yashga o’rgatish.
Namunaviy topshiriqlar
O’rik guli va bargi, kuzgi va bahorgi gullar, mevalar, hasharotlar, o’yinchoq mashinalar, xalq amaliy san’ati buyumlari, loydan ishlangan qush va hayvon o’yinchoqlarning o’ziga qarab rasmini ishlash.
b) Naturaga qarab haykal ishlash (5 soat)
- o’quvchilarning loy va plastilin bilan ishlay olish malakalarini yanada o’stirish;
naturadan, xotira va tasavvurdan, mavzu asosida haykalchalar ishlashga o’rgatishni davom ettirish;
narsalarning hajmi, shaklini his qila olishga o’rgatish;
odam va jonivorlarning tana qismlaridagi o’zaro mutanosibliklarni saqlagan holda haykalchalar yasash yuzasidan nazariy va amaliy tushunchalar berish;
Namunaviy topshiriqlar
O’yinchoqlardan - tulki, tuya, echki, qo’chqor qo’y haykalchalarini hamda o’yinchoq xo’roz relefini loy yoki plastilindan yasash.
|
| |