• Rangshunoslik
  • Оптималлаштирилган ўқув дастури




    Download 1,7 Mb.
    bet100/216
    Sana15.01.2024
    Hajmi1,7 Mb.
    #137371
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   216
    Bog'liq
    Оптималлаштирилган ў ув дастури

    Namunaviy topshiriqlar
    "Kuz sahovati", "Bahorgi ishlar", "Kapalaklar raqsi", "O’rik gulladi", "Elkanli qayiqlar", "Kuzgi shudgor", "Qahraton qish", "Varrak uchirish", "Ikki echki", "Sholg’om", "Mosh boshqa maqtanmaydi" nomli hikoyalar asosida rasm ishlash.
    b) Dekorativ kompozitsiya (6 soat)
    - o’quvchilarning tasviriy malaklarini o’stirish; yo’lsimon naqshlarning xususiyati bilan tanishtirish;

    • bo’yoqni suv bilan eritish va u bilan kerakli yuzalarni tekis bo’yash;

    • mo’yqalamning uchi bilan ishlashga o’rgatish; naqsh unsurlarining takrorlanishi yoki qaytarilishi (shakli va rangi jihatidan) to’g’risida ma’lumot berish; ertak va hikoyalarning mazmuniga mos holda rasm ishlash yuzasidan dastlabki tushunchalar berish va amaliy ishlarni bajarishga o’rgatish;

    • o’quvchilarda shakl va rangni sezish hislarini o’stirish;

    • naqshlarning go’zalligini his qilishni rivojlantirish; tabiiy materiallar va rangli qog’ozlardan kesish, qirqish va yopishtirish orqali turli dekorativ bezaklar, naqshlar tuzishga o’rgatish.

    Rangshunoslik yuzasidan esa quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

    • o’quvchilarni asosiy va hosila ranglar bilan tanishtirish; asosiy va hosila ranglar haqida tushuncha berish, asosiy ranglarning tuslarini (masalan, och qizil, qizg’ish, to’q qizil va h.k.) suv bilan aralashtirish orqali rang hosil qilishga o’rgatish;

    • asosiy ranglarni o’zaro aralashtirish orqali hosila ranglarni (yashil, binafsha, zarg’aldoq ranglar) topa bilish malakalarini rivojlantirish;

    • asosiy va hosila rang tuslarini tevarak-atrofdagi narsalardan topa bilish va nomlarini ayta bilishga o’rgatish;

    Namunaviy topshiriqlar


    Geometrik shakllardan, barglar, gullarning tasvirlaridan yo’lsimon va kvadrat shaklida naqshlar ishlash. Qog’ozdan yasalgan (bolalar uchiradigan) "Laylak"ni badiiy bezash. Tabiiy materiallardan (barglar, o’t-o’lanlar, gullar, meva va sabzavot urug’lari va h.k.) hayvon va qush tasvirlarini ishlash, naqshlar tuzish. Mo’yqalam bilan ishlash yuzasidan mashqlar bajarish.

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   216




    Download 1,7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Оптималлаштирилган ўқув дастури

    Download 1,7 Mb.