|
Оптималлаштирилган ўқув дастури
|
bet | 143/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриMusiqa savodi
Quyi sinfda olingan bilim va malakalarga asoslanib,aytim mashqlari va qo`shiqlarini nota bilan kuylash Ton va yarim ton haqida o`quvchilar bilimini mustahkamlash. Lad haqidagi bilim va malakalarni mustahkamlash. Major va minor uchtovushliklar va tovushqatorlarini jo`rlik va jo`rsiz eshitish hamda taqqoslab aniqlash, so`ng kuylash.4/4 o`lchovini aytim mashqlari va asarlar misolida o`rganish.
3/4 va 4/4 o`lchovlarini kuchli va kuchsiz hissalarga taqqoslash yo`li bilan farqini ajratish.CHORAK, yarim va butun notalarni hamda shu o`lchovdagi pauzalarni bilish.
2/4,3/4,4/4 o`lchovli mashq va qo`shiqlarni tinglash va kuylash.
Musiqa tavsiflarini raqs harakatlarida ifodalash («Yali-yali», «Qashqarcha», «Ufori», «Andijon polkasi»).
Urma cholg`u asboblarida, chapakda yoki barmoq uchi bilan chertib, musiqa usuliga ritmik jo`r bo`lish.
2-CHORAK (7 soat)
Mavzu. «Bayram va marosim qo`shiqlari»
Musiqa tinglash
1. «Shodiyona» Cholg`u kuylari turkumidan namunalar.
2. «Surnay navosi» An`anaviy cholg`u kuyi.
3. «Dilhiroj» O`zbek halq kuyi.
4. «Norim-norim» An`anaviy cholg`u kuyi.
5. «Duchava» An`anaviy cholg`u kuyi.
6. «Ramazon» Aytimlardan namunalar.
7. «Yangi tanovar» M.Mirzayev musiqasi.
8. «Alla» lardan namunalar.
9. «Yor-yor» lardan namunalar.
10 «Dorbozi» An`anaviy cholg`u kuyi.
Jamoa bo`lib kuylash
1. «O`zbekistonim» Q.Ota she`ri, L.Mujdaboyeva musiqasi.
2. « Kitobim qo`limda» P.Mo`min she`ri, N.Norxo`jayev musiqasi.
3. «Dakang xo`roz» A.Mansurov musiqasi.
4. «Men oftobning qiziman» A.Nosirov she`ri, Sh.Yormatov musiqasi.
5. «Yaxshi bola» P.Mo`min she`ri, I.Hamroyev musiqasi.
6. «Archa qo`shig`i» A.Bo`riboyev she`ri, A.Muhamedov musiqasi.
Musiqa savodi
Do major-Sol major va lya minor-mi minor tonliklarini qiyoslab tinglash va kuylash misolida tonlik haqida umumiy tushuncha hosil qilish. Ularni turli ritmik tuzilishda (tovush cho`zimlarining almashishi, punkti ritm va turli o`lchovlarda) kuylash. Mazkur tonliklarda vokal mashqlarda hamda qo`shiq va kuylarning notaga qarb taktlab kuylash.
Qo`shiqlar misolida 6/8 o`lchovi bilan tanishish. Mazku o`lchovda mashq va qo`shiq («Chamanda gul») kuylash.
|
| |