|
Оптималлаштирилган ўқув дастури
|
bet | 166/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриKo`nikmalar:
saf mashqlarida: ketma-ket qatorda turgan joyida yurishdan oldinga yurishga o`tish, shuning o`zini guruh bo`lib bajarish, bo`lib-bo`lib (10 kishi) bajarish;
30-100 metrgacha bo`laklarda qisqa masofadan yugurish, burilib turib yugurish usullarini bajarish;
to`g`riga harakatlanib va burilish bo`yicha yugurishda estafeta tayoqchasini uzatish usullarini bajarish;
basketbolda: himoyada faol harakat qilish, to`pni yaqin va o`rta masofadan sakrab savatga tashlash (o`g`il bolalar);
joyida turib hamda o`rta masofadan to`pni halqaga tashlash texnikasini bajarish (qiz bolalar);
qo`l to`pida: joyni almashtirib to`pni uzatish, “8” bo`lib hujumda harakat qilish, zona bo`lib himoya qilish texnikalarini bajarish;
voleybolda: to`r ustida sakrab yon tomondan orqa bilan uzatishlarni, to`rga tegib qaytgan to`pni qabul qilish va uzatish, to`pni sakrab turib uzatish mashq usullarini bajarish;
kurashda: harakat sifatlarini rivojlantirish uchun beriladigan mashqlarni bajarish;
suzishda: 200 metrli masofaga har xil tezlikda va turli usullarda suzib o`tish.
Malakalar:
5 metrli arqonga qo`llar yordamida tirmashib chiqish (vaqtga qarab), mashqni 90° burchak hosil qilib bajara olish;
muvozanat saqlash mashqlarini bajara olish;
qo`shpoyada (brus) tayanch holatda tebranishdan, orqaga tebranish bilan o`ng va chap tomondan sakrab qo`nish (tushish) usullarini bajara olish;
qo`shpoyada tayangan holatda qo`llarda siljish, qo`llarni bukib-yozish;
4x100 metrga bosqichli estafeta yugurishni, 600-800 metr masofaga uch martadan (100 metr oralig`ida) yurish va yugurish bilan almashib harakat mashqlarini bajara olish;
10 metr kenglikdagi yo`lakcha bo`ylab to`liq yugurib kelib, to`pni uzoqqa uloqtira olish;
- yengil atletika bo`yicha mezonlarni topshirish;
basketbolda: o`yin elementlariga xos har xil mashq usullarini bajara olish;
qo`l to`pida: aralash himoya, asta-sekin hujum qilish, o`yin texnik va taktik usullarini bajara olish;
voleybolda: maydonning 4 va 2-zonasidan hujumga o`tib to`pni zarb bilan urish, to`pni yuqoridan raqib tomonga uloqtirish, to`r yonida tepadan kelayotgan to`pga to`siq qo`yish texnik usullarini bajara olish;
o`rganilgan mashqlarni o`yin davomida qo`llay olish va o`yinga hakamlik qila olish;
- futbol bo`yicha o`yin mashqlarini va mezon talablarini bajarish;
kurashda: milliy kurash usulida qo`llar bilan qo`lidan ushlab yelkadan tashlash, himoyalanish, qarshi usul, ikki oyog`ining oldidan oyoq yordamida ko`tarib tashlash, yenglaridan ushlab, yelkadan oshirib tashlash texnik usullarini bajara olish;
belbog`li kurash usulida yonbosh, himoyalanish, qarshi harakat va taktik tayyorgarlik usullarini bajara olish;
raqs elementlarida: tasma, (uzunligi 5 metr) har xil yo`nalishda, yuqoriga pastga, orqaga, chapga, o`ngga, ilon izi, tik va yonbosh, turli balandlikda va burama (spiral) usullarni bajara olish;
- 50-100 metr masofaga suzish.
|
| |