• Tirmashib chiqish va oshib otish mashqlari
  • Muvozanatni saqlash mashqlari
  • Uyga beriladigan topshiriqlar




    Download 1,7 Mb.
    bet174/216
    Sana15.01.2024
    Hajmi1,7 Mb.
    #137371
    1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   216
    Bog'liq
    Оптималлаштирилган ў ув дастури

    Uyga beriladigan topshiriqlar:
    1. Arg`amchida turli sakrashlar.
    2. 3-4 mashqni uyda mustaqil bajarish.
    3. «Sehrli nuqtalar» ni bilish va qo`llash.


    3-SINF
    Jismoniy tarbiya 68 soat
    (haftasiga 2 soat)
    GIMNASTIKA
    Nazariy ma`lumotlar:
    1. Jismoniy mashqlarning inson sog`ligini mustahkamlashda, qomatining to`g`ri rivojlanishida, jismoniy ish qobiliyatlariga ta`siri.
    2. Inson mushaklarini bo`shashtirilishining ahamiyati.
    3. Har xil nojo`ya harakatlardan shikastlanishning oldini olish usullari.
    Qomatni rostlaydigan, ertalabki badan tarbiya mashqlari majmuasini bajarishga, to`ldirma to`plar bilan (1,5-2 kg) mashq bajarishga o`rgatish. Boshni chap va o`ng tomonlarga aylantirish. Gavdani (chapga, oldinga, orqaga, o`ngga) har xil tomonga egish.
    AKROBATIKA
    Har xil dastlabki holatlardan oldinga o`mbaloq oshishlarni, g`ujanak bo`lib o`tirgan holatdan orqaga dumalash, oldinga dumalab dastlabki holatga qaytishni, sidirg`asiga 2-3 marta o`mbaloq oshishni o`rgatish.
    Dastlabki holat asosiy turish, to`xtamasdan ikki marta oldinga o`mbaloq oshishi, orqaga dumalash bilan kuraklarda tik turish, shu holatda oyoqlarni bukish, birdaniga «ko`prik» hosil qilish va bir qo`lda tayanib, yondan orqaga burilish bilan cho`qqayib tayanishga o`tish va gavdani to`g`rilab yuqoriga sakrab, yumshoq qo`nish.
    Tirmashib chiqish va oshib otish mashqlari:
    Qiya joylashtirilgan gimnastika o`rindig`i ustidan qo`llarda tortilib tirmashib chiqishda qo`l kuchini rivojlantirish, arqonga 3 usulda tirmashib chiqishni o`rgatish. Gimnastik narvonga orqa bilan qo`llarda osilib 30 soniya mobaynida turish. Qo`llarda osilib, tizzalarni yuqoriga ko`tarish. Baland turnikda tortilish (o`g`il bolalar), gimnastika o`rindig`ida tayanib, qo`llarni bukish va yozish (qiz bolalar).
    Muvozanatni saqlash mashqlari:
    1 metr balandlikdagi yakka cho`p ustida yoki gimnastik o`rindiq ustida oyoq uchida yurish, yonboshlab qadam tashlab yurish, 180° cho`qqayib o`tirish, saokrab tushish. Yurib, o`rindiq o`rtasida «qaldirg`och» hosil qilish.

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   216




    Download 1,7 Mb.