• Muvozanat saqlash mashqlari.
  • Gimnastik sakrash mashqlari.
  • O`quvchilarga qo`yiladigan talablar
  • Uyga beriladigan topshiriqlar




    Download 1,7 Mb.
    bet171/216
    Sana15.01.2024
    Hajmi1,7 Mb.
    #137371
    1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   216
    Bog'liq
    Оптималлаштирилган ў ув дастури

    Uyga beriladigan topshiriqlar:
    1. Arg`amchilarda turli sakrashlar.
    2. Mustaqil bajarish uchun 2-3 mashq tuzish.
    3. «Sehrli nuqtalar»ni bilish va qo`llash.


    2-SINF
    Jismoniy tarbiya
    68 soat (haftasiga 2 soat)
    GIMNASTIKA
    Umumrivojlantiruvchi mashqlar.
    Qomatni to`g`ri shakllantirish uchun qo`l, oyoq mashqlarini bajarishda turli holatlarni to`g`ri bajarish. Caf mashqlarini bajarish. Mashqlar majmuasini buyumsiz va buyumlar bilan bajarish. Gimnastik narvon yonida, gimnastik tayoqchalar, arg`amchilar, qichik to`plar, qum solingan xaltachalar bilan mashq bajarish.
    AKROBATIKA
    G`ujanak bo`lib o`tirish, oldinga o`mbaloq oshish, kuraklarda tik turish, yon tomonga o`mbaloq oshish, «ko`prik» hosil qilish, qorin bilan yotgan holda ikki oyoq uchini qo`l bilan ushlab, kerishish. Bir oyoqda turib, qo`llarni yonga uzatib muvozanatni saqlash, «qaldirg`och», yarim shpagat turish.


    Muvozanat saqlash mashqlari.
    Yakka cho`p va gimnastik o`rindiq ustida oyoq uchida yurish, 180° ga burilib yonboshlab qadamlab yurish, qo`yilgan to`plar ustidan xatlab yurish, sakrab tushish.
    Boshga qumli xaltacha qo`yib, qo`llarni yonga uzatib o`rindiq ustidan yurish.


    Gimnastik sakrash mashqlari.
    Turgan joyda 30 sm balandlikdagi o`rindiq ustidan pastga yumshoqgina sakrab tushish. Gimnastik ko`prikcha ustidan oyoq uchida tizzalarni bukmasdan sakrash, 2-3 metr naridan qadamlab kelib, ko`prikcha ustidan yuqoriga sakrash va to`shakka yumshoq kelib tushish.
    Sport zalida 5 tadan iborat to`siqlardan o`tish mashqlari.
    1-sinfda ko`rsatilgan 5 to`siqdan o`tish mashqlarini takrorlash.
    Quvnoq o`yinlar.
    AKROBATIKA mashqlari elementlari bilan estafeta o`tkazish.
    Arg`amchi va gardishlar bilan "Mashqni ko`r, eslab qol va bajar", "Man qilingan harakat". O`qituvchi ko`rsatgan 8-10-12- mashqlarni bajarish.
    O`quvchilarga qo`yiladigan talablar:
    1. Dars vaqtida olgan bilim va egallagan malakalarini, uyga bergan vazifalarini, ertalabki gimnastika mashqlarini bajara olish.
    2. Arg`amchi bilan sakrash.

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   216




    Download 1,7 Mb.