|
Оптималлаштирилган ўқув дастури
|
bet | 169/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриJismoniy tarbiya 66 soat
(haftasiga 2 soat)
GIMNASTIKA
1-usul. Buyumlarsiz mashqlar: asosan beriladigan mashqlar qomatni to`g`ri shakllantirish, qo`llarni har tomonga ko`tarish, gavdani oldinga, orqaga, yonga egish; oyoqlarda o`tirib turish va oyoqlar uchida sakrash.
2-usul. Buyumlar bilan mashqlar: gimnastik tayoqchalar, arg`amchilar, bayroqchalar, katta va kichik to`plar bilan gimnastik narvonlar oldida bajariladi.
Tirmashib chiqish, osilish va tayanishlar.
1. Tirmashib chiqish:
a) gimnastik narvon qiya qo`yilgan gimnastik o`rindiq ustida yuqoriga tirmashib chiqish va pastga tushish (tizzalarda turib chiqish).
b) yonga oyoq-qo`llar yordamida gimnastik narvonga tayangan holda chiqish va pastga tushish.
s) arqonga yoki uzun tayoqqa erkin usulda tirmashib chiqish.
2. Osilish:
a) gimnastik narvonda o`tirib, qo`llarda osilib turish;
b) osilib turib, tizzalarni bukib ko`tarish.
s) past turnikka bir oyoqda, ikki oyoqda osilib turish.
3. Tayanish.
Gimnastik o`rindiq ustida, qo`llarga tayanib, gavdani oldinga egib, oyoqlarni orqaga ko`tarish.
Tayanib sakrash.
Turgan joyda yuqoriga qayishib sakrash, pastga yumshoq tushib to`xtash.
Gimnastik o`rindiq ustidan pastga, to`shakka sakrab tushish.
3. O`rindiqdan tayanib sakrab o`tish.
Muvozanat saqlash.
Gimnastika o`rindig`i, yakka cho`p ustida mashqlar bajarish: oyoq uchida qo`l holatlarini o`zgartirib yurishlar, 180° ga burilish va pastga sakrab tushish, turgan joydan yuqoriga sakrab oyoq uchida yumshoq tushish.
Sport zalidagi 5 ta to`siqlardan o`tish.
1 .Uzunasiga qo`yilgan 2 ta gimnastika to`shagi ustida chalqancha yotib, qo`llarni yuqoriga uzatgan holda yonga qorinda yumalab turish.
2. Gimnastik o`rindiq usti (reykasi)dan qo`llarni yonga uzatib yurib o`tish.
Qorinda yotgan holda gimnastik o`rindig`ida siljish.
Uzunasiga qo`yilgan 3 ta gimnastik to`shak ustida yotib oldinga qo`l va oyoq bilan emaklab yurish.
5. Gimnastika narvoniga qo`l va oyoqlar yordamida tirmashib chiqib, gimnastik to`shak ustiga sakrab tushish.
|
| |