Оптималлаштирилган ўқув дастури




Download 1,7 Mb.
bet168/216
Sana15.01.2024
Hajmi1,7 Mb.
#137371
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   216
Bog'liq
Оптималлаштирилган ў ув дастури

Jami:



68



9



9



6



8



6



8



6



9



7



Futbol o`yini usullari va texnik elementlarini o`rgatishda bolalar bilan mashg`ulotlarni tashkil qilish shakllari katta ahamiyatga ega. Birinchi bosqichda (4-sinf) o`quvchilar bilan ishlashning asosiy metodi guruh bo`lib o`rgatishga qaratiladi. Futbol bo`yicha o`quv darslarida qo`llaniladigan barcha mashqlarni shartli ravishda uch guruhga bo`lish mumkin: maxsus-tayyorgarlik, umumiy tayyorgarlik, musobaqa. Uning yordamida yoshlarni har tomonlama jismoniy rivojlantirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal etish mumkin.


O`qituvchi 1-4 sinflarda jismoniy tarbiya darslarida shunday pedagogik vazifani qo`yadiki, bu vazifa harakatli o`yinlar, gimnastik mashqlar va yengil atletikani kompleks qo`llash asosida hal etiladi.
Xalq milliy o`yinlari alohida ahamiyatga ega bo`lib, ular o`quvchilarda asosiy harakat malakalarini shakllantiradi, o`sib kelayotgan yosh avlodni shakllantirishga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Xalq milliy o`yinlaridan samarali foydalanish va ularni tashkil qilish uchun yetarli miqdorda qo`llanmalar bo`lishi kerak.
Shulardan kelib chiqqan holda, o`qituvchilar oldiga quyidagi vazifalarni qo`yish maqsadga muvofiqdir:
— xalq milliy o`yinlari va ulardan foydalanish metodikasiga doir o`zlarining bilim darajalarini oshirish;
— o`quvchilar bilan xalq milliy o`yinlarini o`tkazish va tashkil qilish uchun maktabda zarur sharoitni yaratishga erishish;
— bolalarda xalq milliy o`yinlariga qiziqishni uyg`otish va ularni mustaqil ravishda tashkil qilishni o`rgatish.
Dasturga «Suzish» bo`limi kiritilgan bo`lib, bu bo`limga alohida soat ajratilmagan, biroq maqtabda suzishga sharoit bo`lsa, unga birinchi sinfdan boshlab o`rgatiladi. Soat esa, dasturning asosiy turlari (harakatli o`yinlar, gimnastika, yengil atletika, sport o`yinlari) hisobidan olib boriladi. Mashg`ulot haftasiga ikki marta o`tkaziladi. Suzish darsiga borayotgan o`quvchilarda sovun, mochalka, sochiq, suzish uchun maxsus kiyim bo`lishi kerak. Darsni o`tib bo`lgandan keyin barcha o`quvchilarning hammasi bor yo`qligini tekshirib chiqish kerak.
Suzish turi bo`yicha o`tkaziladigan mashg`ulotga suzishni o`rgatish metodikasini biladigan hamda suvda cho`kishdan saqlab qolish usullarini egallagan mutaxassis jalb qilinishi kerak. Mashg`ulot vaqtida vrach (yoki hamshira) bo`lmog`i, shuningdek, o`quvchi favqulodda jarohatlangan taqdirda birinchi yordam ko`rsatish uchun tibbiy aptechka bo`lmog`i zarur.
Suzish bo`yicha birinchi darslarni quruqliqda o`tqazib, shundan so`ng suvga tushirib, qirg`oqda topshiriq berib o`rgatiladi. Havzaning tozaligi, yechinish xonalarining ozodaligi va gigienik talablarga javob berishi faqatgina o`qituvchi (trener) va tibbiyot xodimlarining nazorat qilib turishlariga bog`liq. Suv havzasi muntazam ravishda xlor aralashmasi va mis kuporosi bilan tozalanib, uning suvi bir-ikki haftada almashtirilib turilishi zarur. Tibbiyot xodimlari tuman sanitariya-epidimologiya stansiyasi xodimlari bilan hamkorlikda suv havzasiga infeksiya tushmasligi uchun belgilangan miqdorda, muntazam suvni tekshirib turishlari lozim. Maktab ma`muriyati esa bu masalada suv havzasi xodimlariga har tomonlama yordam ko`rsatishlari kerak.
Dasturga 1-4 sinflarda milliy raqs elementlari kiritilgan. Bu bo`limga har darsda 10 dan 30 daqiqagacha, sharoitga qarab vaqt ajratilishi kerak.
Masalan: 1-4 sinflarga quyidagi raqs elementlari kiritilgan: "Vohay bola", "Chittigul", "Andijon polkasi", "Lazgi", "Gulnoz", "Sho`x qizlar", "Askariy", "Duloncha" va boshqalar.
Dasturning ushbu bo`limini o`tkazish uchun o`qituvchi, albatta, tayyorgarlik ko`rishi lozim – musiqa kassetaga yozilgan bo`lishi, qizlardan yordamchi (solist) tanlanishi, mashg`ulot paytida o`quvchilar vaqtida rag`batlantirilib, to`g`ri baholanishi zarur.
Yuqorida bayon etilgan dasturning tushuntirish xatidan shu narsa ma`lumki, ya`ni 1-4 sinf o`quvchilarining qanday narsalarga va qanday o`rgatish vazifalarini aniqlab olish zarur.
1-SINF. Bolalarni yakama-yakka bittadan, juft-juft ikkitadan bo`lib, qisqa masofalarga yurish va yugurishlarini aniq bajarishga o`rgatish. Kalta arqonlar, arg`amchilardan sakrashni, baland bo`lmagan to`siqlardan «chuqurcha»ga sakrashni, aniq nishonga uloqtirishni o`rgatish. Turli to`siqlardan, gimnastik o`rindiqdan va shuningdek, devorlarga tirmashib chiqib, oshib o`tishga o`rgatish. Yurish-yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlari mujassamlangan harakatli o`yinlarda ishtirok etish. Suvda o`z-o`zini tuta bilishni o`rgatish. Milliy raqs harakatlarini o`rgatish va raqsga tushish. Ertalabki oddiy gimnastik mashqlarni mustaqil bajara olishga o`rgatish.
2-SINF. 20-30 metr masofaga to`g`ri yo`lakdan tez yugurishni; sekin va bir maromda 100-150 metr masofaga hamda yurish va yugurishni 200 metrga; to`pni uzoq va aniq masofalarga uloqtirishni; arg`amchida 30 ga qadar sakrashni, joydan va yugurib kelib uzunlikka sakrashlarni; 25 metr masofaga suzishni; «Andijon polkasi», «Lazgi», «Yalla» musiqalariga raqs tushishni; jamoa hisobida harakatli o`yinlarda qatnashishni bilish va uddalash lozim. Mustaqil ravishda ertalabki gimnastikani bajarish zarur.
3-SINF. Quyidagilarni bajara olishni bilishi kerak: 30-40 metrga yugurish, asta yugurib, me`yoriy tezlikda 200 metr masofali bo`limlarda (100-200 metr yurib-yugurib) 2-3 marta bajarish, sakrash chuqurchasini chetidan yugurib kelib depsinib uzunlikka sakrash; tepaliqdan (50-60 sm) sakrab tushishlar, to`pni uzoqqa va aniq nishonga joydan turib uloqtirish; arg`amchida 60-80 marta sakrash; harakatli o`yinlarda sinf bilan qatnashish, o`yin qoidalari asosini bilish; erkin holatda 25-50 metrga suvdan suzib o`tish; milliy raqslarning asosiy harakatlarini bilish; «Gulnoz», «Sho`x qizlar», «Lazgi», «Yalla», «Qari navo», «Paxtaoy» va hokazo. Ertalabki gigienik gimnastikani bajarish.
4-SINF. Jismoniy tarbiya dasrlarida o`z-o`zini muhofaza qilish qoidalarini bilish barobarida quyidagilarni bajarishi lozim:
— to`g`ri yo`lakdan chaqqon yugurishni, guruh bilan birga 60 metrli masofaga yugurishni, sekin-asta yugurib 200 metrli masofani 3-4 marta (dam olib) me`yorli tezlikda yugurishni, uzunlikka va balandlikka yugurib kelib sakrashni, to`pni uzoq masofaga aniq nishonga 3-4 qadam tashlab uloqtirishni, mokisimon yugurishda berilgan topshiriqni bajarishni, to`pni ilib olib uloqtirishni, to`p bilan harakatlanishni, futbol va sport o`yinlari elementlarining soddalashgan elementlarini almashtirib bajarishni, harakatli o`yinlarni jamoa ishtirokida ona boshi yoki sardor sifatida bajarishni, ertalabki majmuali gimnastikani bajarishni.


1-SINF

Download 1,7 Mb.
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   216




Download 1,7 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Оптималлаштирилган ўқув дастури

Download 1,7 Mb.