|
Оптималлаштирилган ўқув дастури
|
bet | 165/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриMalakalar:
- umumrivojlantiruvchi mashqlarni buyumlar (arg`amchi, gantel, to`ldirma to`plar, tayoqcha, gardishlar) bilan va buyumlarsiz bajara olish;
- to`ldirma to`p ustidan yoki 40-60 sm balandlikdagi to`siq ustidan yugurib kelib oldinga o`mboloq oshish mashqlarini bajara olish;
- gimnastika devoriga osilgan holatda oyoqlarni ko`tarib tushirish (burchak hosil qilish);
- 4-5 metr arqonga qo`llar bilan 3 usulda (vaqtga qarab) tirmashib chiqish (o`g`il bolalar);
- 110 sm li xari (kozyol)dan yugurib kelib oyoqlarni kerib sakrab o`tish (qizlar uchun) ;
muvozanat saqlash mashqlarini bajara olish;
100 metrga masofa bo`ylab yugurish, marraga yetib kelish texnik usullarini bajara olish;
qo`l to`pida: to`pni darvozaga 3 qadamdan tayanch hosil qilib, darvozaga zarb bilan otish hamda chalg`itish mashqlarini bajara olish;
- futbolda: aldamchi harakat (fint), guruhli taktika bilan harakatlanish texnik usullarini bajara olish;
- futbol bo`yicha o`yin mashqlarini va mezon talablarini bajarish;
milliy kurash usulida oyoqlar yordamida, oyoqlar ichidan ko`tarib tashlash, himoyalanish, yonboshdan tashlash, texnik tayyorgarlik mashqlarini bajara olish;
belbog`li kurash usulida sondan oshirib tashlash, himoyalanish, qarshi usul, musobaqa qoidalari va taktik tayyorgarlik mashqlarini bajara olish.
9-sinf
Bilimlar:
- maktab dasturi bo`yicha o`tkaziladigan musobaqa qoidalarini, hakamlikni bilish;
- estafeta bosqichlarida bir tekis tezlikda yugurish, 60, 100 va 1000, 1500 metr masofalarga yugurishni bilish;
- kurash bo`yicha o`quv-mashq bellashuvlarida ishtirok etish;
- basketbolda: himoyaning zona va shaxsiy harakatlanish turlarini bilish (2x3, 3x2, 2x1x2 1x2x2);
- suzishda 50-100 metr masofaga qatnashib, o`quv me`yorlarining natijasini topshirish;
- guruh bo`lib turnik va badiy gimnastikadan chiqishlar uyushtirish.
|
| |