|
Оптималлаштирилган ўқув дастури
|
bet | 173/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриHARAKATLI O`YINLAR
Nazariy ma`lumotlar:
Harakatli o`yinlarning bolalar organizmiga ta`siri, ularning sog`lom jismoniy rivojlanishida, chiniqishida, qaddi-qomatini tiklanishida, harakat faoliyatining o`sishi, ishchanlik hamda jismoniy ko`nikma, malaka va sifatlarining rivojlanishi; harakatli o`yinlarning tarbiya va ta`lim jarayonidagi roli, o`yin qoidalari va ularga rioya qilish, o`qituvchi hamda ona boshiga ko`maklashish.
O`quvchilarga qo`yiladigan talablar:
Harakatli o`yinlarning tartib - qoidalarini bilish; to`plar, arg`amchi, zambarak va boshqa jihozlarni to`g`ri va aniq ishlata bilish.
"Sinfdaman!", "Boy o`g`li", "Topchi, kimning ovozi", "Bolalarda tartib qat`iy", "Tez joyingizga!", "Oq ayiqlar", "Tezda saflan!", "Qutqar", "Insiz quyon", "Nina, ip va tuguncha", "Charxpalak", "Karnaymi, surnaymi?", "Kim uzoqqa otadi?", "Tulkilar va na`matak", "Qurbaqa va laylak", "Mergan ovchi", "Musiqaga jo`r bo`lib yurish", "Botqoqliqdan o`tish", "Ovchilar", "Qirq tosh", "Qafasdagi qushlar", "Pohta-pochta", "Do`ngdan-do`ngga sakrash", "Meni qutqar!", "Signalga quloq sol!", "Uh chopar ot", "Kim kiyadi?", "Hushyor posbon", "Tulki", "Durra", "Olib qochar", "To`pni boshdan oshirib uzat", "To`pni oyoqlar orasidan uzatish", "Bo`sh joy", "Joyga tez qaytish", "G`ozlar va oqqushlar", "Ikki tovuq", "Yo`lakchalar ustidan sakrash", "Masofani kim sakrab o`tadi?", "Man qilingan mashq", "Simsiz telefon", "Beshtosh" va boshqa o`yinlar ishtirokida (1-sinfdagi) harakat sifatlari va fazilatlarni tarbiyalash va rivojlantirish.
RAQS ELEMENTLARI
Milliy musiqa ritmlarini ijro etish: «Andijon polkasi», «Lazgi», «Qadamlarda sakrab oldinga va o`ng tomonlarga yurish». Qo`l va oyoq harakatlarini musiqaga moslab borish. Ritmik gimnastika elementlari va aerobika: «Vals», «Polka qadamlari», «O`rdakchalar raqsi».
SUZISH
Erkin suzish usuli elementlarini o`rganish. 25 metrga erkin usulda suzish. «Laylak va qurbaqalar», «Baliqchi va baliqlar», «To`pli quvlashmachoq», «Dengizchi».
|
| |