• VOLEYBOL Nazariy ma`lumotlar
  • O`quvchilarga qo`yiladigan talablar
  • Uyga beriladigan topshiriqlar
  • Uyga beriladigan topshiriqlar




    Download 1,7 Mb.
    bet181/216
    Sana15.01.2024
    Hajmi1,7 Mb.
    #137371
    1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   216
    Bog'liq
    Оптималлаштирилган ў ув дастури

    Uyga beriladigan topshiriqlar:
    1. Arg`amchida to`xtamasdan 30 marta sakrash.
    2. Sakrab turib, tizzalarni ko`tarib ko`krakka yetkazish (2 marta takrorlash).
    3. Qo`llar bilan devorga 45° tayanib ularni bukib yozish:
    12 marta- 10 marta -8 marta - o`g`il bolalar uchun;
    10 marta - 8 marta - 6 marta - qiz bolalar uchun.


    VOLEYBOL
    Nazariy ma`lumotlar:
    1. Maktabda o`tkaziladigan voleybol haqida tushuncha va uning ahamiyati.
    2. Voleybol o`yinida turish holatini, o`yin qoidasini, o`rin o`zgartirish qoidalarini o`rganish. Jismoniy mashqlarni a`zolarga ijobiy yoki salbiy ta`siri haqida tushuncha berish. O`yinchilarning asosiy burchi va huquqlari.
    O`quvchilarga qo`yiladigan talablar:
    Ikki qo`l bilan yuqoridan kelgan to`pni bir-biriga uzatishni bajarish. O`yinchilarning asosiy burchi va huquqlarini, o`ynash qoidalarini bilish.
    To`pni pastdan uzatishni bajarish.
    O`quv mezonlari:
    1. Devor oldida to`rt devorga otib, devordan qaytgan to`pni ikki qo`lda qoidasiga rioya qilgan holda qaytarish; to`pni devorga urishda to`xtamasdan ikki qo`lda qaytarishni baholash: 10 martagacha - «5», 8 martagacha - «4», 5 martagacha tushirmasdan qaytarganga - «3» ball qo`yiladi,
    2. O`quvchi to`pni turgan joyida, yuqoriga otib, ikki qo`lida, «qo`l uchida» qoidasiga rioya qilgan holda o`ynashi va bir-biriga to`pni uzatishlar baholanadi.
    Uyga beriladigan topshiriqlar:
    1. Ertalabki gigienik gimnastika mashqlaridan 8-10 tasini bajarish.
    2. Umumrivojlantiruvchi mashqlardan, asosan, ko`proq yelka, qo`l mashqlarini bajarish.
    3. Arg`amchi (gardish), gimnastika tayoqchasi, kichik gantellar bilan mashqlarni mustaqil bajarish.
    4. Jismoniy kuchli mashqlarni bajarish.
    5. Ko`proq balandlikka sakrash mashqlarini bajarish.
    6. 1 daqiqa arg`amchida sakrash.
    7. Polga tayanib yotgan holda, qo`llarni 20 martagacha bukish va yozish.
    QO`L TO`PI

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   216




    Download 1,7 Mb.