• Jismoniy tarbiya daqiqasi
  • Kuni uzaytirilgan guruhda sport soati
  • Darsgacha gimnastika mashqlari




    Download 1,7 Mb.
    bet184/216
    Sana15.01.2024
    Hajmi1,7 Mb.
    #137371
    1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   216
    Bog'liq
    Оптималлаштирилган ў ув дастури

    Darsgacha gimnastika mashqlari. Uning maqsadi - o`quvchilarning aqliy ish qobiliyatlari va oldilarida turgan o`quv faoliyatlariga tayyorlash hamda a`zolardagi salbiy holatlarning oldini olish, uzoq vaqt harakatsizlikda bo`lgan vaziyatni yo`qotish. Majmua mashqlari qiyin bo`lmagan 5-6 ta mashqlardan jismoniy tarbiya o`qituvchisi yoki yuqori sinf o`quvchisi, o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriq asosida qoidaga muvofiq tuziladi va mashg`ulotlar ochiq havoda o`tkaziladi.
    Jismoniy tarbiya daqiqasi. Uning maqsadi - hordiq chiqarish, o`quvchilar ish qobiliyatini oshirish. Ular birinchi darsdan boshlab sinfda o`tkaziladi. Jismoniy tarbiya daqiqalarining majmuasi 3-5 mashqdan iborat bo`lib, 2-4 daqiqa davomida fan o`qituvchisi rahbarligida olib boriladi.
    Tanaffuslar vaqtida o`tkaziladigan o`yinlar. Uning maqsadi - o`quvchilar sog`ligini mustahqamlash va faol dam olish, chiniqish, aqliy va jismoniy ish qobiliyatlarini oshirish, jismoniy mashqlarni muntazam ravishda bajarishni odatga aylantirishdan iboratdir. Qoidaga ko`ra o`yinlar toza havoda, katta tanaffuslarda tashkil etiladi. Har-xil harakatli o`yinlar qatoriga soddalashtirilgan o`yinlar ham kiritiladi. O`yinlar sinf sport yo`riqchisi bilan birgaliqda yoki navbatchi o`qituvchilar kuzatuvida (nazoratida) tashkil qilinadi.
    Kuni uzaytirilgan guruhda sport soati. Uning maqsadi - o`quvchilar sog`ligini mustahqamlash, aqliy va jismoniy zo`riqishlarning oldini olishdan iborat. Mashg`ulotlar qiyinchilik tug`dirmaydigan, o`quvchilarni jalb qila oladigan soddaroq metodlardan foydalangan holda o`tkaziladi va bir yo`la uyga berilgan topshiriqlar ham bajariladi. Bunday mashg`ulotlarni o`tkazishda mutaxassislar, maktabning jismoniy tarbiya faollari va ota-onalar ham jalb qilinadi. Mashg`ulotlar har kuni 35-45 daqiqa mobaynida o`tkaziladi.
    SAYRLAR
    Sayrlar, harakatli o`yinlar (estafetalar, atraksion namoyishlar) ni bolalarning o`zlari tanlaganlari ma`qul (shunda mazmuni, o`tish joyi aniq belgilanadi).
    Mehnat topshiriqlari bilan sayrga chiqishlar har xil qishloq xo`jalik ishlarini (Futbol maydonini tozalash, daraxtlar o`tkazish, sport maydonchalarini jihozlash va h.o.) o`z ichiga olish bilan birga bajariladi. Sport sayri - yugurish, sakrash, uloqtirish va boshqa oddiy musobaqalarni o`z ichiga oladi.
    Ekskursiya - sayr-tomoshani va o`sha ko`rilganni bilib olishdan iborat bo`ladi.

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   216




    Download 1,7 Mb.