|
Оптималлаштирилган ўқув дастури
|
bet | 186/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриSPORT BAYRAMLARI
Bu tadbirlar maktabning barcha an`analariga muvofiq, ommaviy sport tadbirlari kalendari va boshqa tadbirlar bilan oldinma-keyin yilda ikki marta, o`quv yilining boshlanishi yoki yakunlanishini nishonlash arafasida va mavsumning boshida hamda yakunida, shuningdek, musobaqalarning tantanali ochilishi va yopilishida, ommaviy sport musobaqalarini o`tkazish hamda uchrashuvlar, gimnastika va sport turlaridan qatnashishlar hamda g`oliblarni mukofatlashda o`tkaziladi.
Dasturdan foydalanish bo`yicha tavsiyalar
1. Jismoniy tarbiya o`qituvchisi dastur asosida ish boshlashdan oldin, birinchi navbatda dasturning tushuntirish xatini, ya`ni, soatlar taqsimoti, o`quv me`yorlari va nazorat darslarini diqqat va e`tibor bilan o`qib chiqishi lozim.
2. sentabr oyidagi 1-2 darslardayoq quyidagi talablar bo`yicha test o`tkaziladi:
— 30 metr ga yugurish, vaqt o`lchovi soniya hisobida;
— joydan turib uzunlikka sakrash, o`lchov metr va sm larda;
— tennis koptogini uzoqqa uloqtirish, o`lchov metr va smlar hisobida;
— arg`amchida 30 soniya davomida sakrash, o`lchovi sanoq bilan.
Chorakni yakunlash davrida yuqorida ko`rsatilgan testlar o`tkazilishi shart.
JISMONIY TARBIYA O`QUV DASTURINING BO`LIMLARI BO`YIChA SOATLAR TAQSIMOTI
1-sinf (68 soat)
T/r
|
Bo`lim
|
Soat
|
1.
|
Gimnastika
|
16
|
2.
|
Yengil atietika
|
14
|
3.
|
Harakatli o`yiniar va sport o`yini elementlari
|
38
|
2-sinf (68 soat)
T/r
|
Bo`lim
|
Soat
|
1.
|
Gimnastika
|
16
|
2.
|
Yengil atletika
|
16
|
3.
|
Harakatli o`yinlar va sport o`yin elementlari
|
36
|
3-sinf (68soat)
T/r
|
Bo`lim
|
Soat
|
1.
|
Gimnastika
|
16
|
2.
|
Engil atletika
|
16
|
3.
|
Harakatli o`yinlar va sport o`yin elementlari
|
36
|
4-sinf (68soat)
T/r
|
Bo`lim
|
Soat
|
1.
|
Gimnastika
|
14
|
2.
|
Yengil atletika
|
18
|
3.
|
Harakatli o`yinlar va sport o`yin elementlari
|
12
|
4.
|
Sport o`yinlari
|
12
|
5.
|
Futbol
|
12
|
JISMONIY TARBIYA FANIDAN
5-9 SINFLAR UCHUN O`QUV DASTURI
UQTIRISH XATI
Ushbu dastur O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g`risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O`zbekiston Respublikasida umumiy o`rta ta`limni tashkil etish to`g`risida"gi qaroriga asosan, 9 yillik umumiy o`rta ta`lim bosqichida yetuk kadrlar tayyorlash bo`yicha jismoniy tarbiya konsepsiyasi hamda umumiy o`rta ta`lim maktablarida tajriba-sinovdan o`tkazilgan yangi tahrirdagi Davlat ta`lim standartiga mos ravishda tuzildi.
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yetakchi mutaxassislar, ilmiy xodimlar va maktab o`qituvchilari guruhligida umumta`lim maktablarining 1-9 sinflari uchun yangi o`quv dasturi ishlab chiqildi.
"Milliy kurash" darslarini o`tkazish bo`yicha imkoniyati va mutaxassislari bo`lgan maktablarda bu mashg`ulotlar "gimnastika" bo`limidan olib borilishi ko`zda tutilgan. Umumiy ajratilgan soatlar: 5-6 sinflarga 10 soatdan, 7-8-sinflarda 12 soatdan, 9-sinfda 14 soat.
Jismoniy tarbiya darslarini o`tkazishdan maqsad - bolalarni yoshligidanoq jismonan sog`lom, baquvvat qilib shakllantirish, mashg`ulotlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qildirishdan iborat. Mavjud shart-sharoitdan qat`iy nazar, barcha imkoniyatlardan foydalangan holda jismoniy tarbiya darslariga o`quvchilarning faol ishtirokini ta`minlash, ular organizmiga foydali yuklamalar yuklash lozim.
Shunday qilib, 1-sinfdan 9-sinfgacha maktab dasturidagi bo`limlar bo`yicha o`quv yiliga tavsiya qilinadigan o`quv soatlari quyidagicha bo`ladi:
|
| |