• VOLEYBOL Nazariy ma`lumotlar
  • O`quv mezonlari
  • Uyga beriladigan topshiriqlar




    Download 1,7 Mb.
    bet194/216
    Sana15.01.2024
    Hajmi1,7 Mb.
    #137371
    1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   216
    Bog'liq
    Оптималлаштирилган ў ув дастури

    Uyga beriladigan topshiriqlar:
    1. Joyida turib tovonlarni orqaga siltab yugurish:
    90 soniyaga -"5" ball, 60 soniyaga - "4" ball, 30 soniyaga - "3" (o`g`il bolalar uchun) baho qo`yiladi. 60 soniyaga -"5" ball, 45 soniyaga - "4" ball, 30 soniyaga - "3" (qizlar uchun) ball qo`yiladi.
    2. 45° burchak hosil qilib tayangan holatda qo`llarni bukib yozish:
    10 martaga - "5" ball, 8 martaga - "4" ball, 6 martaga -"3" (o`g`il bolalar uchun) ball qo`yiladi. 7 martaga - "5" ball, 5 martaga - "4" ball, 3 martaga- "3" (qizlar uchun) ball qo`yiladi.
    Bir oyoqda tizzalarni ko`krakka tortib, har bir oyoqda o`rtacha sakrashlar: 6 marta -o`g`il bolalarga, 4 marta - qizlar uchun.
    VOLEYBOL
    Nazariy ma`lumotlar:
    Voleybol o`yini qoidalarini bilish, hakamlik qilishni bilish, voleybol o`yinining organizmga ijobiy ta`siri.
    O`quvchilarga qo`yiladigan talablar:
    Voleybol o`yinida turish holatini va joylarni o`zgartirish qoidalarini o`rgatish. Katta qadamlab chapga, o`ngga, orqaga, oldinga tezlik bilan yurish qoidalarini o`rgatish. To`pni yuqoridan uzatish malakasini mustahkamlash. Pastdan kelgan to`pni ikki qo`lda qaytarishni o`rgatish. Voleybol setkasi ustidan, 4-6 metr masofada turib, pastdan to`g`riga to`pni bir qo`lda ushlab, ikkinchi qo`l bilan urib o`tkazishni o`rgatish. Ikki tomonlama o`yin vaqtida to`pni yuqoridan, pastdan qabul qilish va qaytarish qoidalarini bilish.
    O`quv mezonlari:
    1. Turgan joyda yuqoriga sakrashni baholash. O`g`il bolalarga 40 sm balandlikka sakraganligi uchun - "5", 35-39 smga - "4", 29- 34 smga - "3" ball qo`yiladi.
    Qiz bolalarga 38 smga - "5", 33-37 smga -"4", 29-32 smga - "3" ball qo`yiladi.
    2. Setka yonida, ikki tomonda turgan o`quvchining bir-birlariga to`pni setka ustidan barmoqlar uchida oshirishini baholash. Tushirmasdan 12 marta oshirsa - "5", 10 marta oshirsa - "4", 8 marta oshirsa - "3" ball qo`yiladi.
    3. To`pni pastdan ikki qo`lda qaytarishni baholash.
    4. Qoidasiga rioya qilgan holda 4-6 metr masofadan turib pastdan to`g`riga qarab to`pni uloqtirish.

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   216




    Download 1,7 Mb.