|
O`quvchilarga qo`yilgan talablar
|
bet | 196/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриO`quvchilarga qo`yilgan talablar:
Jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish (futbol) jarayonida o`z-o`zini nazorat qilish asoslarini bilish, to`pni olib yurish va to`pni oyoq yuzasining ichki tomoni bilan tepishni bilish. To`pni tepish texnikasini bajarish. "Bo`sh o`rinni tanlash" taktik harakati.
O`quv mezonlari:
1. 30 metr ga yugurish: 5,0 - 5,2 - 5,5 soniya.
2. Baland turniqda tortilish: 7-6-5 marta.
3. Turgan joyda uzunlikka sakrash: 170-160-140 sm.
4. To`p bilan janglyor qilish: 8 - 6 - 5 marta.
5. 4 x 10 metrga moqisimon yugurish: 10,5 - 10,8 -11,3 soniya.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Ertalabki gigienik gimnastika (10 mashq).
2. Turgan joyda arg`amchida 70 marta sakrash.
3. 9-10 daqiqa davomida asta-sekin yugurish.
4. To`p bilan oyoqda janglyorlikni bajarish.
5. O`rindiqda qo`llarda tayanib yotgan holda qo`llarni bukish va yozish (20 marta).
6. Kuch, tezlikni, sakrovchanlikni va boshqa rivojlantirishga yo`naltirilgan mashqlarni bajarish.
HARAKATLI O`YINLAR
Nazariy ma`lumotlar:
Harakatli o`yinlarni bolalarning turmush faoliyatiga yordam beradigan aqliy va irodaviy xislatlarini tarbiyalashda qo`llash, ularda turli o`yinlarga, jismoniy mashqlarga, kun tartibiga rioya qilishga qiziqishni uyg`otish.
Harakatli o`yinlarni mustaqil ravishda tashkil qilish va o`tkazish uchun zarur bilim va malakalar hosil qilish.
O`quvchilarga qo`yilgan talablar:
Maktab kun tartibida - jismoniy tarbiya darslarida, sinfdan tashqari paytlarda harakatli o`yinlarni mustaqil tashkil qilishda va o`tkazishda ishtirok etish, harakatli o`yinlarni hamda sport o`yinlariga tayyorlovchi o`yinlarda qoidalarga rioya qilgan holda ishtirok etish, yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqish, turniqda osilishni aniq mezonlari bo`yicha topshirish.
Harakatli o`yinlar va estafetalar:
"Man etilgan o`yinlar", "Mashqni bajar va eslab qol", "Oq suyak", "Soqqa", "Chirgizak", "Otishma", "Qirqtosh", "Chirkash", "Matematik o`yin", "Doira bo`ylab estafeta", "To`rtta ustun", "Bo`ron", "Balandllikka va uzunlikka sakrash estafetasi", "Futbol estafetasi", "Chavandozlar", "Tun va kun", "Cho`pon", "Ommaviy to`p", "Basketbol estafetasi", "Qo`l to`pi estafetasi", "Nomerni chaqirish", "Bo`sh o`rin", "Qovun polizida", "Sehrli kataklar", "Chizmadan shakl yasash estafetasi" va boshqa o`yinlar.
|
| |