|
Umumrivojlantiruvchi mashqlar
|
bet | 198/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриUmumrivojlantiruvchi mashqlar:
Buyumlarsiz mashqlar bajarish, egilishlar, burilishlar, o`tirib-turishlar, sakrashlar, aylanma harakatlar, raqs qadamlari. Buyumlar (arg`amchi, to`plar, gimnastik tayoqcha, gantellar, gardishlar va o`rindiqlar) bilan mashqlar. Gimnastik devorda mashqlar bajarish. Juft bo`lib mashqlar bajarish.
AKROBATIKA
Kuraklarda tik turish, oldinga o`mbaloq oshish, bo`sh va qo`llarda tik turish (sherigi yordamida). "Ko`prik" holatidan burilib cho`qqayib tayanish holatiga otish.
Mashqlar majmuasi. O`g`il bolalar - D.H -A.T. sakrab oldinga ikki marta o`mbaloq oshish - bosh va qo`llarda tik turish - cho`qqayib tayanish holatiga qaytish va orqaga o`mbaloq oshish, yuqoriga sakrab qo`llarni yonga kerish. Qiz bolalar: D.H.- cho`qqayib tayanib o`tirish.
- Ikki marta oldinga o`mbaloq oshib, orqaga dumalash bilan kuraklarda tik turish;
- oldinga dumalash bilan chalqancha yotish va shu holatda oyoq va qo`llarni bukib, "ko`priq" hosil qilish, o`ngga yoki chapga burilib, cho`qqayib tayanish holatiga qaytish va yuqoriga sakrab A.T qabul qilish.
Osilish va tayanishlar
Gimnastik narvonga osilib siljishlar, gorizontal tortilgan arqonga osilib siljishlar, past turnikda osilib turgan holatda, bir oyoqda depsinib, ikkinchi oyoqda siltanib, to`ntarilib tayanchga ko`tarilish, turnikda tayangan holatda qo`llarda siljishlar, qo`llarda sakrab oldinga, orqaga sakrab tushish. Qo`shpoyada tayangan holatda, qo`llarni bukish va yozish, tebranish va oldinga tebranish bilan oyoqlarni oldinga kerib o`tirish.
3-4 metrli arqonga tirmashib chiqish (qiz bolalar uchun), 5 metrli arqonga vaqtga qarab tirmashib chiqish (o`g`il bolalar uchun).
Tayanib sakrashlar. Balandligi 115 sm gacha bo`lgan yonlamasiga qo`yilgan kon (ot) yoki xaridan oyoqlarni bukib sakrash. Uzunasiga qo`yilgan xaridan yugurib kelib, oyoqlarni kerib sakrash, 6-sinfda berilgan yordamchi mashqlarni bajarish.
Muvozanat saqlash mashqlari (yakka cho`pda yoki gimnastik o`rindiq ustida). Yakka cho`pda tayanib turgan holatdan uning ustiga tayanib, oyoqlarni kerib, minib o`tirishga o`tish. Yakka cho`p ustida oyoq uchlarida yurish. O`rindiqda va yakka cho`p ustida ohista yugurish.
Yakka cho`p ustida sakrab qadam bilan siljishlar (180° ga burilish, tashlanib yurish, bir va ikki oyoqda sakrab siljishlar, oyoq joylarini almashtirish va sakrab siljishlar).
Yakka cho`p ustidan yuqoriga sakrab kerishib, oyoqlarni kerib sakrab tushish. Xuddi shuni 90° ga burilib bajarish.
|
| |