|
Milliy raqs elementlarini uyg`unlashtirish
|
bet | 206/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриMilliy raqs elementlarini uyg`unlashtirish.
"Hayot", "Munojot", "Gulsara" va boshqalar. Ritmik gimnastika. Badiiy gimnastika elementlari.
Muvozanat saqlash mashqlari (120 sm balandlikdagi yakka cho`pda).
Yakka cho`pga tayanib turgan holatdan sakrab tayanishga va burilish bilan sonlarga o`tirishga o`tish. Shu holatdan bir oyoq tizzasida tayanib o`rnidan turish, qo`llar yonga ochiladi va oldinga "polka", "galop" qadamlari bilan siljish, "qaldirgoch" va 2-3 qadam yugurib borib oyoqda siltanib, boshqasida depsinib, kerishib sakrab tushish (bu mashqlarni gimnastik o`rindiqda ham bajarish mumkin).
O`quvchilarga qo`yiladigan talablar:
1. Dars jarayonida hosil qilingan ko`nikma va bilimlarni uyda va darsda mustaqil bajara olishni bilish.
2. O`quvchilarga qo`yiladigan talab mezonlarini topshirishga tayyorlash.
O`quv mezonlari
T/r
|
Sinov mashqlari
|
Natijalar va ballar
|
O`g`il bolalar
|
Qiz bolalar
|
"5"
|
"4"
|
"3"
|
"2"
|
"1"
|
"5"
|
"4"
|
"3"
|
"2"
|
"1"
|
1.
|
Baland turniqda tortilish (marta)
|
8
|
6
|
4
|
3
|
1
|
—
|
—
|
—
|
—
|
—
|
2
|
Polda tayanib qo`llarni bukish va yozish (marta)
|
23
|
20
|
18
|
15
|
12
|
—
|
—
|
—
|
—
|
—
|
3.
|
Chalqancha yotgan holda 90° gavdani ko`tarish (1 daqiqa davomida)
|
24
|
22
|
17
|
15
|
13
|
22
|
17
|
12
|
10
|
8
|
4.
|
Arg`amchida 1 daqiqada sakrash (marta)
|
85
|
75
|
65
|
55
|
50
|
90
|
85
|
75
|
70
|
65
|
5.
|
Gardishni 1 daqiqada belda aylantirish (marta)
|
—
|
—
|
—
|
—
|
—
|
75
|
65
|
50
|
40
|
30
|
6.
|
Tik turgan holda oldindan pastga egilib tizzalarni bukmasdan, barmoqni polga tegizish (sm).
|
4
|
6
|
8
|
10
|
-
|
3
|
5
|
7
|
9
|
-
|
7.
|
Gimnastik o`rindiqqa tayanib, qo`llarni bukish va yozish (marta
|
—
|
—
|
—
|
—
|
—
|
12
|
8
|
5
|
3
|
1
|
Uyga beriladigan mashqlar:
1. Har kuni ertalab 8-10 daqiqa gimnastika mashqlar majmuini qaytarish.
2. Turnikda yoki boshqa joyga osilib tortilish 15-20 marta.
3. Polga tayanib qo`lni bukish va yozish 15-20 marta.
4. Ikki ustunga tayanib qo`lni bukish va yozish, qizlar uchun 5-6 marta.
5. Orqa bilan chalqancha yotib turib o`tirish.
- o`g`il bolalarga -20-24 martagacha;
- qizlarga - 15-16 martagacha.
6. Oyoq uchida sakrash - 5-200 marta, yuqoriga gimnastik sakrash va yumshoq tushish.
7. Har quni 300-500 metrga yugurish.
YENGIL ATLETIKA
Nazariy ma`lumotlar:
Shaxsni har tomonlama kamol toptirishda jismoniy tarbiyaning ahamiyati. Tezkorlik, kuchni o`stiruvchi mashqlarni mustaqil bajarish, mashqlarni bajarishda o`z o`rtoqlari xavfsizligini ta`minlash qoidalari. Tamaki va spirtli ichimliklarni iste`mol qilishning zarari. Shikastlanish vaqtida birinchi yordam ko`rsatish.
O`quvchilarga qo`yiladigan talablar:
Shaxsni har tomonlama kamol toptirishda jismoniy tarbiyaning ahamiyatini bilish; past va baland startdan chiqib yugurish, yugurib kelib uzunlikka sakrash, yugurib kelib balandlikka sakrash, yugurib kelib tennis to`pini masofaga aniq uloqtirish, 100 metr masofaga yugurish, yugurishda marradan kesib o`tish usullarini bajarish, mashqni bajarish vaqtida o`rtog`ini ehtiyot qilish va yordam berishni bilish, chaqqonlik, kuchlilik va chidamlilik sifatlarini rivojlantirish bo`yicha uyga berilgan vazifani bajarishni bilish, dasturdagi yugurish, sakrash va to`pni uloqtirish o`quv me`yorlarini egallash.
O`quv mezonlari:
1. 60 metrga yugurish:
- o`g`il bolalar - 9,2 - 9,7 - 10,3 soniya;
- qiz bolalar - 9,7 - 10,3 - 10,8 soniya.
2. Yugurib kelib uzunlikka sakrash:
- o`g`il bolalar - 380 - 350 - 300 sm;
- qiz bolalar - 330 - 300 - 280 sm.
3. Yugurib kelib balandlikka sakrash:
- o`g`il bolalar - 115 - 105 - 95 sm;
- qiz bolalar - 110 - 100 - 90 sm.
4. 1000 metrga yugurish:
- o`g`il bolalar - 3,50 - 4,10 - 4,40 daqiqa;
- qiz bolalar - 5,20 - 5,50 - 6,20 daqiqa.
5. 2000 metrga yugurish:
- o`g`il bolalar - 10,0 - 10,40 - 11,30 daqiqa;
- qiz bolalar - vaqt hisobga olinmaydi 100-200 metrlarga yugurish, yurish bilan almashib.
6. To`pni uloqtirish:
- o`g`il bolalar - 42 - 37 - 28 metr;
- qiz bolalar - 27 - 21 - 19 metr.
7. 4 x 10 metrga mokisimon yugurish:
- o`g`il bolalar - 10,0 - 10,3 - 10,6 soniya;
- qiz bolalar - 10,3 - 10,9 - 11,3 soniya.
Uyga beriladigan topshiriqlar:
1. Ertalabki gimnastika.
2. O`g`il bolalar 15 daqiqagacha, qiz bolalar 13 daqiqagacha bir tekis yugurish.
3. 3 daqiqa davomida arg`amchida sakrash (o`ng, chap, ikki oyoqda).
4. 10 soniya davomida devorga tayanib turgan holda (3-4 marta) qadamni tezlashtirib yugurish.
5. 20-30 metrli qiya tepaliklarga (qiya zinapoyadan) yugurish (3-4 marta).
6. Oldinga siljish bilan "qurbaqa" sakrash. O`g`il bolalarga - 15 marta, qiz bolalarga – 10 marta.
7. Bir oyoqda o`tirib turish ("to`pponcha") mashqini bajarish 8-12 marta.
8. 3-5 qadamdan yugurib kelib tennis to`pini uzoqqa uloqtirish (20-25 marta).
|
| |